Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


Oliy Majlisida parlament ko‘pchiligi va parlament muxolifati



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Oliy Majlisida parlament ko‘pchiligi va parlament muxolifati 
Parlament ko‘pchiligi 
Parlament muxolifati 
parlamentda ko‘pchilik o‘rinni 
egallagan siyosiy partiya yoki 
partiyalar fraksiyalari 
yangitdan shakllantirilgan 
hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga 
yoki uning ayrim yo‘nalishlariga 
qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar 
fraksiyalari 
2009–2014-yillar 
LiDeP, ASDP, MTDP fraksiyalari 
“Demokratik blok”i 
XDP
2015-2019-yillar 
LiDeP, MTDP fraksiyalari 
“Demokratik blok”i 
XDP, ASDP fraksiyalari 
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini va parlamentarizm asoslarini 
rivojlantirishda 2010-yil noyabrda parlament tomonidan qabul qilingan 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”, shuningdek, 2010–2014-yillarda ushbu 
Konsepsiya asosida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy va qonunchilik 
islohotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2009-yil 27-dekabr va 2010-yil 10-yanvar kunlari O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman 


89
va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2010-yil 20-22-yanvarda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari saylandi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda atrof-muhit 
muhofazasi, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va ekologik barqarorlikni 
ta’minlash dolzarb masalaga aylandi. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 
O‘zbekiston ekologik harakatini yuridik jihatdan yangi bosqichga olib chiqish 
muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda 2008-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston 
Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati bir mandatli hududiy saylov 
okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
2016-yilning 11-aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining maqsadi parlament nazoratini 
tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat bo‘ldi. 
2016-yil 15-dekabrda Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis 
palatalarining Qo‘shma majlisidagi nutqida mamlakatni modernizatsiya qilish, 
jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirishni ta’minlashda muhim o‘rin va 
javobgarlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga yuklatilganligi alohida 
ta’kidlandi. Buning uchun uchta vazifani amalga oshirish zarurligi ko‘rsatildi: 
-
parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini 
shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli 
rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasida muhokamaga 
kiritish tartibini joriy etish; 


90
-
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi ijrosini barcha 
sohalarda monitoring qilish, shuningdek, bu borada xorijiy mamlakatlarning 
ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish; 
-
qonun talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan aniq 
huquqiy ta’sir choralari ko‘rish. 
Shuningdek, Senat vakillarining asosiy maqsadi va vazifasi – aholining 
barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va 
ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta’minlashdan iborat bo‘lishi 
kerakligi ham ta’kidlandi. 
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida mamlakatimizda faoliyat olib 
borayotgan 5 ta siyosiy partiyaning fraksiyalari mavjud.
Hokimiyat tizimida Senatning mavjudligi har bir vaziyatda ham 
demokratiyaning, xalq hokimiyatining rivojlanish alomatidir, chunki qonun 
loyihalarining to‘laroq muhokama etilishini, joylardagi fikr-mulohazalarni 
mukammalroq inobatga olish imkonini yaratadi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida mamlakatning oliy vakillik tarmog‘i hisoblangan parlamentni 
isloh qilish bo‘yicha ham ustuvor vazifalar belgilab berildi. Birinchi navbatda, 
Oliy Majlisning roli oshirilib, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid 
muhim vazifalarni hal etish va ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament 
nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari yanada kengaytirildi.
Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida 
Elektron parlament tizimining joriy etilishi parlamentning hokimiyatlar 
bo‘linishi tizimidagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi 
fuqarolar, mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini 
kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-
sharoitlar yaratadi. Elektron parlament fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ongi oshib 
borishida katta ahamiyat kasb etadi.


91
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, Yoshlar 
hamda Oila va ayollar masalalari bo‘yicha Parlament komissiyalari tashkil 
etilib, ular tomonidan milliy va xalqaro hamkorlik doirasidagi dolzarb 
masalalarni ochiq muhokama etishda sezilarli darajada faollikka erishildi. 
Parlament va ijroiya hokimiyatning hamkorligi kuchaytirilib, uning amaliy 
tasdig‘i sifatida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy 
vakili lavozimi ta’sis etildi va uning huquqiy maqomi belgilab berildi.
2020-yil 27-fevral kuni Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasini barqaror 
rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan 
davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi 
tuzildi va uning reglament tasdiqlandi.
Yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish 
maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar parlamenti” tuzildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekistonning xorijiy 
davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Senatning 
mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Senatda 
doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga mas’ul 
etib biriktirilib, mahalliy Kengashlarda “senatorlar xonalari” tashkil etildi. 
Shuningdek, 2020-yil martda Senat devoni tarkibida Davlat byudjeti, pul-kredit 
siyosati va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish 
boshqarmasi tashkil etildi
1

Qonun loyihalarini tayyorlash, ularni muhokama qilish, qabul qilingan 
qonunlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy Majlis huzurida 
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilgan. O‘tgan 
chaqiriqda quyi palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi bo‘yicha joylarda 
jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng 
1
Давлат ва жамият қурилиши тизимини такомиллаштиришнинг устувор йўналишлари // 
www.strategy.uz/index.php?news=1071&lang=uz2 (04/09/2020) 


92
400 dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin qoidalar fuqarolarimiz bildirgan 
takliflar asosida takomillashtirildi
1


Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish