Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

 
 
 
Siyosiy partiyalar o‘z elektoratining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan 
holda asosiy vazifalaridan hisoblangan davlat hokimiyati vakillik organlarini 
shakllantirishda ishtirok etadilar hamda Oliy Majlis hamda xalq deputatlari 
Kengashlariga saylangan o‘z vakillari orqali o‘z maqsadlari va siyosiy 
platformalarini ilgari suradilar. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining har bir 
fuqarosi o‘z siyosiy irodasini o‘zi xohlagan siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, o‘sha 
siyosiy partiya orqali ifoda etishi mumkin. 
Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rni va rolining o‘sishi ularning davlat 
bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarini ta’minlashdagi rolining shuningdek, 
davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishdagi ishtiroki qamrovining 
ortishida namoyon bo‘ladi.


83
Siyosiy partiya jamiyat hayotida davlat vakillik organlarini shakllantirish 
va almashtirish mexanizmlarini yaratishda ishtirok etish kabi bir qator hayotiy 
muhim vazifalarni bajaradi. O‘z vazifalarining aksariyatini hozirgi partiyalar 
saylovda ishtirok etish va so‘ngra hokimiyat vakillik organlarida ishlash 
mexanizmlari orqali amalga oshiradilar. 
Shunday qilib, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va 
faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi 
ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik 
vazifasini o‘taydi, aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishda, fuqarolarning 
siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘ringa ega. 
3-§. Respublikada oliy davlat hokimiyat organlarining shakllanishi va 
faoliyati 
Qonun chiqaruvchi hokimiyat.
Hokimiyatlar bo‘linish prinsipining 
birinchi bo‘g‘ini bo‘lmish qonun chiqaruvchi organ xalqaro miqyosda – 
parlament deb yuritiladi. “Parlament” fransuzcha “parler” – so‘zlamoq so‘zidan 
olingan bo‘lib, parlament – rasmiy so‘zlashish joyi, notiqlik koshonasi, 
suxandonxona degan ma’nolarni anglatadi. Parlament birinchi bor XIII asrda 
Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, XVII–
XVIII asrlarda boshqa mamlakatlatlarga yoyildi.
Parlament – saylovlar asosida shakllantiriladigan vakillik va qonun 
chiqaruvchi 
organ 
bo‘lganligi 
bois, 

konstitutsiyaning 
demokratik 
xususiyatlarini yaqqol namoyon etuvchi institutdir. Saylangan vakillardan iborat 
bo‘lgan parlament butun jamiyatning rang-barang manzarasini, turli-tuman 
ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda eta oladi.
O‘zbekistonda parlament islohoti bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 
Dastlab O‘zSSR Oliy Kengashidan – mustaqil O‘zbekiston Oliy Kengashiga, 


84
so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va, nihoyat, yarimprofessional 
bir palatali parlamentdan professional ikki palatali parlamentga o‘tildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar 
mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi Oliy Kengash 
hisoblanar edi. Yuridik fanlari doktori, professor X.Odilqoriyevning fikricha, 
O‘zbekiston Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan quyidagi bir qator 
xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
-
Oliy Majlis ko‘ppartiyaviylik asosida shakllandi, deputatlik fraksiyalari 
tashkil etildi; 
-
Oliy Majlis deputatlarini shakllantirish sobiq Oliy Kengashni sinfiy 
prinsip asosida soni va o‘rnini avvaldan ko‘rsatib shakllanishidan butunlay farq 
qilib, hozirda mavjud siyosiy partiya vakillaridan iborat nomzodlar orasidan 
muqobillik asosida saylandi; 
-
Oliy Majlis tarkibidagi deputatlarning ma’lum bir qismi doimiy 
ishlashga jalb etildi; 
-
Oliy 
Majlis 
O‘zbekistonning mustaqil tashqi siyosat olib 
borayotganligini qonunchilik darajasida ifodalab beradi, jumladan, Oliy Majlis 
Parlamentlararo Ittifoq, YeXHTning Parlament Assambleyasi a’zosidir.
O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq Oliy 
Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik 
jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini 
mustahkamlashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 
asoslari 
to‘g‘risida”gi, 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi, 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston 
Respublikasi davlat ramzlari to‘g‘risida va boshqa bir qator qonunlarni qabul 
qildi.


85
Ularda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hududiy saylov okruglari 
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar 
deputatdan (O‘zbekiston SSRning 1978-yildagi Konstitutsiyasiga binoan o‘n 
ikkinchi chaqiriq Respublika Oliy Soveti deputatlarining soni 500 kishidan 
iborat edi) iborat bo‘ladi, deb belgilab qo‘yildi.
1994-yil 25-dekabr hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq 
umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish 
yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov 
okruglarida 1995-yil 8- va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Uch 
bosqichda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar deputatdan iborat 
tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazildi. 
Shu tariqa, mamlakatimizda yangi parlamentga bo‘lgan saylovlar muvaffaqiyatli 
yakunlandi. 
Oliy 
Majlisni 
demokratik 
yo‘l 
bilan 
shakllantirishning 
mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi.
1994-yil 25-dekabrdagi saylovlar asosida Oliy Kengash o‘rniga 
ko‘ppartiyaviylik asosida demokratik prinsiplarga asoslanib faoliyat yuritadigan 
bir palatali parlament – Oliy Majlis shakllantirildi. Ushbu parlament 1995–
2004-yillarda faoliyat ko‘rsatdi. Parlamentda fraksiyalar faoliyat ko‘rsata 
boshladi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda fraksiya siyosiy partiyalardan 
ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik 
palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi belgilab qo‘yildi. 
Biroq Oliy Majlis ikki chaqirig‘i o‘rtasidagi davrda siyosiy partiyalar 
fraksiyalarining faoliyatida asosiy funksiya, ya’ni yangi qonun loyihalarini ilgari 
surish vazifasi samarali bajarilmadi. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oliy 
Majlis birinchi va ikkinchi chaqiriqlarida samarali ishlamagani obyektiv omil, 
ya’ni vakillik organlarida deputatlar faoliyatining asosiy ish bilan qo‘shib olib 
borilishi bilan ham bog‘liq edi. 


86
2002-yil 12–13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Unda xalqimizning xohish-irodasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar hamda ularni 
amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi.
Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan 
iborat etib shakllantirildi. Bu o‘zgarishlar 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘z ifodasini topdi. 2003-yil 29-avgustda 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi qonunga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Shu tariqa, ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning 
konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil dekabr – 2005-yil yanvar 
oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylov o‘tkazildi. 
Jumladan, 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2005-yil 17–20-yanvar kunlari esa 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylov bo‘lib o‘tdi.
2005-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata – 
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib 
shakllantirildi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga respublikaning har bir hududidan 6 nafardan, 
jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyaning 77-moddasiga muvofiq, Senatning 
16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va 
jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan 
hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Jami bo‘lib, Senat 100 ta 
senatordan iborat bo‘ldi.


87
2004-yilgi 
saylov 
yakunlariga 
ko‘ra 
ikki 
palatali 
parlament 
shakllantirilgach, O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘z 
taraqqiyotida yangi bosqichni boshladi. Ikki palatali tizimga o‘tish zaruratining 
asosiy sabablaridan biri parlamentni kuchaytirish, jumladan qonun chiqarish 
jarayonini to‘liq professional asosga o‘tkazish, qabul qilinayotgan qonun va 
qarorlar sifatini oshirish ehtiyoji edi. Shunday qilib, yuqori palataga 
“konservativ va hududiy element” ko‘chdi, partiyalar va fuqarolarning 
tashabbuskor guruhlaridan umumxalq ovoz berishi orqali saylangan deputatlarga 
aholining turli ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining siyosiy irodasini ifodalash 
uchun ko‘plab imkoniyatlar qoldirdi. Senatorlar qonunchilik ishida qonun 
loyihasining oxirgi bosqichidagina qonunni ma’qullash yoki rad etish orqali 
ishtirok etadilar. 
2006–2007-yillardagi konstitutsiyaviy islohotlar natijasida fraksiyalarning 
roli ancha kengaytirildi. Buning shart-sharoitini qonun loyihalarini ko‘rib 
chiqish va qabul qilish davomida tortishuv va fraksiyalararo kurash 
jarayonlarining hamda Qonunchilik palatasining vakolatiga kiritilgan boshqa 
masalalarning jadal rivojlanishi tashkil qildi. 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 2-moddasiga ko‘ra, “O‘z dasturiy 
maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok 
tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik 
harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi 
mumkin. 
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki 
uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, 
shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini 
muxolifat deb e’lon qilishi mumkin”. 


88
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2004–2014-yillarda O‘zLiDeP, 
“Adolat” SDP va “Milliy tiklanish” DP fraksiyalari demokratik blokka 
birlashgan bo‘lsa, 2015-yilda shakllangan quyi palatada O‘zLiDeP va “Milliy 
tiklanish” DP fraksiyalari demokratik blokka birlashdi, O‘zbekiston XDP va 
“Adolat” SDPlar o‘zlarini muxolifatchi partiya sifatida e’lon qildi. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish