Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


Ommaviy axborot vositalari



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Ommaviy axborot vositalari.
Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’lumotlar 
tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniya 
hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot 
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi 
istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan 
boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24-aprelda “Axborot 
olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish 
to‘g‘risida” hamda 1997-yil 26-dekabrda “Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida” 
qonunlar 
qabul 
qilindi. 
Davlat 
organlari, 
muassasalar, 
tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga 
tazyiq o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar 
bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining 
erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. 
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni 
ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990-yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop 
etilgan bo‘lsa, 2008-yilda 870 dan ziyod nomda gazeta va jurnallar chop etildi, 4 
ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat 
teleradiostudiyalari va ularning hududiy bo‘linmalari, 100 dan ortiq elektron 
axborot vositalari faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy 
teleradiokompaniyasi tomonidan 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, 
tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) tilda ko‘rsatuv va eshittirishlar 
tayyorlanmoqda. Ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar 
12 tilda – (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda) chop etiladi. 


117
6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, 
hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, 
mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular, davlat 
tomonidan nashr etiladigan, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va 
xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va 
jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996-yilda O‘zbekiston AQShda 
joylashgan kompyuter tizimi “Internet” bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini 
qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda global tarmoqda 
Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgan.
Bugungi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni 
tashkil etmoqda. Mustaqillikdan oldin bu raqam atigi 48 soatni tashkil etardi. 
Yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 %, radiokanallarning esa 85 % 
nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil etadi. Bugungi kunda yer usti 
raqamli televideniesi tarmog‘ini kengaytirish ishlari yakunlandi. Bu esa barcha 
aholi punktlarini to‘liq yuqori sifatli raqamli teleuzatish bilan qamrab olish 
imkonini berdi. 
Tunu 
kun 
uzluksiz 
ishlaydigan 
“O‘zbekiston 24” yangiliklar 
teleradiokanali, shuningdek, Xalqaro press-klub faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda 118 ta nashriyot, 1760 ta matbaa 
korxonasi, minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning 
say-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 mln nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan 
hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish 
masalalariga alohida e’tibor berildi. Davlat hokimiyatini tashkil etishning 
ma’muriy-buyruqbozlik usullari barham topdi.


118

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish