Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


-§. Millatlararo tinchlik va totuvlikning ta’minlanishi. Axborot



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

5-§. Millatlararo tinchlik va totuvlikning ta’minlanishi. Axborot 
tizimini erkinlashtirish 
Millatlararo tinchlik va totuvlik g‘oyasi.
“Millatlararo totuvlik” g‘oyasi 
muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, 
hamkorlikda faoliyat yuritishlarini ifodalovchi tushuncha. Millat (arabcha – 
xalq) – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, umumiy til, madaniyat, urf-odat, 
qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikdir. 
Ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida 1600 dan ortiq millatlar bo‘lib ularning 
soni bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongachani tashkil etadi. 1600 
millatdan bor-yo‘g‘i 200 ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos. Bugungi 
kunda dunyo davlatlarining 90 % ga yaqini polietnik, ya’ni ko‘p millatli 
hisoblanadi. Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik 
borasida 1995-yil 16-noyabrda YuNESKO bosh konferensiyasining 28-
sessiyasida “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi va xuddi 
shu kuni jahonda Bag‘rikenglik kuni deb e’lon qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, 
kelib chiqishi, tili, dinidan qatyi nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquq 
va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. 
“Millatlararo totuvlik” g‘oyasi mamlakatimizdagi turli millat va elatlar 
o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni ifoda etuvchi mustahkam 
poydevordir. Bu g‘oyaning maqsadi O‘zbekistondagi har bir millat, elat 
vakillarining erkin yashashi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit 
yaratishdan iboratdir. 
O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat 
istiqomat qilib keladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval hozirgi 
respublikamiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan bo‘lsa, 


114
hozirgi kunda esa O‘zbekistonda 138 ta millat va elat vakillari yashamoqda. 
Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tili, 
konstitutsiyaviy-huquqiy tengligiga ega. O‘zbekistonda barcha millat vakillariga 
teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan.
Millatlararo totuvlikni ta’minlashda Respublika Baynalmilal Milliy 
madaniy markazining roli katta bo‘ldi. Respublika Baynalmilal Milliy madaniy 
markazi 1992-yil 13-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. 2017-yil 19-may 
Sh.Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik 
aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bugungi kunda barcha milliy markazlar 
“O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida faoliyat yuritmoqda. 
Milliy madaniy markazlarning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi turli 
millat va elat vakillarining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, milliy 
qadriyatlarni 
saqlash, 
ularning 
urf-odat va 
an’analari davomiyligini 
ta’minlashdan iboratdir.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat o‘zaro inoq, 
totuvlikda yashab kelmoqda. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin 
faoliyat yuritmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat 
hayotida 
faol 
ishtirok 
etishi 
uchun 
barcha 
imkoniyatlar 
mavjud. 
Mamlakatimizda 
etnik 
o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo 
munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 138 ta milliy madaniy markaz 
yetakchi rol o‘ynayapti. Ular o‘z madaniyati, tili, hunarmandchiligini 
rivojlantirib, bir-birini o‘zaro boyitishga, ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini 
mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 
Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-
ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 34 ta do‘stlik jamiyati muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, diniy 


115
bag‘rikenglik, do‘stlik va birdamlik muhiti O‘zbekistonning xalqaro 
maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi
1
.
Millatlararo munosabatlar yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri 
– aholining milliy tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil 
qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin 
maktab faoliyat yuritayotgani, ta’lim muassasalarimizda o‘qitish 7 tilda olib 
borilayotganligi, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq 
tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta 
maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilida ta’lim berish yo‘lga 
qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda o‘quv 
mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq ta’limi vazirligiga 
qarashli pedagogika institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, 
qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg‘ulotlar olib boriladigan 
maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda. 
2021-yil 10-fevralda О‘zbekiston Respublikasining “Xalqlar dо‘stligi 
kunini belgilash tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga kо‘ra 30-iyul Xalqlar 
dо‘stligi kuni etib belgilandi
2
. Xalqlar dо‘stligi kunini belgilash qonuni 
jamiyatda, xalqlar va davlatlar о‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo 
totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan.
O‘zbekiston davlat siyosati millatchilik, irqchilik, genotsid, xalqlarni 
zo‘rlik bilan chiqarib yuborish yoki boshqa joylarga ko‘chirish, o‘zga xalqlar 
huquqlarining kamsitilishi va assimilatsiya siyosatini to‘liq inkor etadi. 
Qayerdaki “millatlararo totuvlik” g‘oyasining ahamiyati anglab yetilmasa
jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi hamda ular 
tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim 
mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi. 
1
“Янги Ўзбекистон” газетаси, 2020 йил 31 июль, 142-сон. 
2
Ўзбекистон Республикасининг “Халқлар дўстлиги кунини белгилаш тўғрисида”ги қонуни (2021 йил 
10 февраль) // www.lex.uz/ Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.02.2021 й., 
03/21/672/0099-сон 


116
Konfessiyalararo hamjihatlik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash 
doimo respublikamiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish