Sud hokimiyati
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bob,
106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi Konstitutsiyaning 107-moddasiga
binoan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, fuqarolik va jinoyat ishlari
bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari
bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan
iborat. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda sudning vazifalari ham aniq belgilab
qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari
to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va
erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sud yo‘li bilan himoya qilinadi.
O‘tgan
yillar
mobaynida
mamlakatimizda
huquqiy
davlatni
shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining
mutlaqo yangi Konsepsiyasi amalda joriy qilindi. Sudlarning jinoiy, fuqarolik va
xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi amalga oshirildi. Qonunchilikka
asoslangan holda sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tarzida ko‘rib chiqish
institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni qamoqda saqlash
muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi, ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning
qat’iy muddatlari belgilandi.
1991–1995-yillarda sud hokimiyati tizimini isloh qilishning milliy
strategiyasi belgilab olindi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi,
shuningdek, jahon tajribasini hisobga olib, birinchi marta mamlakatimizda
98
Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Sud hokimiyatining tarkibiy qismi sifatida
xo‘jalik sudlari tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar
to‘g‘risida”gi qonunlari, Xo‘jalik-protsessual kodeksi (1993), Jinoyat va
Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar (1994),
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi, “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi
(1995) va boshqa qonunlari qabul qilindi.
1996-1999-yillarda mavjud tajriba va qonunchilikni tahlil qilish asosida
sud hokimiyati tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini
demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini
ta’minlash va buning uchun advokatura mavqeini ko‘tarishga qaratilgan
tadbirlar amalga oshirildi.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996),
Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari, “Advokatura to‘g‘risida”gi
qonun (1997), yangi Xo‘jalik-protsessual kodeksi, “Advokatlik faoliyatining
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonuni (1998),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik
sudlari tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik sudlari
qarorlari ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va boshqa bir
qator farmonlari qabul qilindi. O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi tashkil
etildi.
2000-2004-yillarda
sudlarni
ixtisoslashtirish,
jinoiy
jazolarni
liberallashtirish, odil sudlov sifatini oshirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini
qisqartirish, fuqarolik va jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishning apellatsiya tartibini
joriy etish, kassatsiya tartibini isloh qilish, sud qarorlari ijrosini ta’minlashni
takomillashtirishning
huquqiy
mexanizmlari
yaratildi.
Ushbu
yillarda
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi (2000),
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Jinoiy
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
99
Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2001)
qonunlari,
Prezidentning
“O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya
etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi va boshqa bir
qator
farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiktsiya sudlarining moddiy-texnika
ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2005-yil
1-avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi
farmoniga ko‘ra 2008-yil 1-yanvardan o‘lim jazosi jinoiy jazo turi sifatida bekor
qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish
jazosi kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 21-oktabr farmoniga ko‘ra
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72
soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini
qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7
oyga, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish
muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirildi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab
qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga
o‘tkazildi, viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini
nazorat tartibida ko‘rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va
prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlari bekor
qilindi; xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq
tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning
100
tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish
huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishlarida belgilangan
vazifalar doirasida 2017-yilning birinchi yarim yilligining o‘zidayoq keng
miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining
samaradorligi va sifatini yuksaltirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar
lavozimlariga
tayinlash
tizimini
yanada
takomillashtirish
maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritildi (7-modda). Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy
hamda iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy
organiga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Mazkur
konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy
sudlar tuzildi. Asosiy Qonunimizga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sud-huquq
tizimida yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
tashkil etildi hamda uning qonuniy asoslari yaratildi. Bugungi kunda ushbu
kengash to‘laqonli faoliyat yuritmoqda.
Harakatlar strategiyasi talablarini bajarish maqsadida jinoyat qonunchiligi
jazo tizimidan “qamoq” jazosi chiqarib tashlandi va majburiy jamoat ishlari jazo
turi kiritildi. Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali
jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Majburiy
jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan
muddatga tayinlanadi.
Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi, ya’ni tuman va viloyat
sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy
xo‘jalik sudlari sudya lavozimlarini – 70 yoshgacha bo‘lishi belgilandi. Sud
101
hokimiyati nufuziga va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay va
xavfsizlik, shuningdek, moddiy-texnika jihatidan jihozlanish talablariga javob
beradigan 2018 – 2021-yillar uchun mo‘ljallangan sudlarning namunaviy
binolarini qurish dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish Davlat dasturidan
o‘rin olganligini ta’kidlash joiz.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida (2020 yil) qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga
qarshi kurashish sohalarida quyidagilar ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi:
sud mustaqilligini tо‘liq ta’minlash;
sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslarni yangidan qabul
qilish, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg‘or standartlarni
joriy etish;
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi
bosqichga kо‘tarish;
korrupsiya illatini oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga
kо‘tarish;
fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson
huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qо‘yish
1
.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 107-moddasi 1-qismiga
kiritilgan о‘zgartirishlarga kо‘ra, endilikda О‘zbekiston Respublikasida sud
tizimi – О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi; О‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi,
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bо‘yicha
tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bо‘yicha tuman, shahar
sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy
sudlardan iborat bо‘lishi belgilab qо‘yildi.
1
www.prezident.uz/uz/pages/infografika
102
Bungacha sud tizimida tuman ma’muriy sudlari ham mavjud bо‘lgan
bо‘lsa, endilikda har bir viloyatda bitta tumanlararo ma’muriy sud tashkil
etiladi. Shuningdek, viloyat miqyosidagi fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlar,
jinoyat ishlari bо‘yicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar alohida bо‘lgan bо‘lsa,
endi ushbu sudlar yagona umumyurisdiksiya sudlariga birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |