Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03


partiyalar, 
jamoat 
tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. 
Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan “Jamoat tashkilotlari 
to‘g‘risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1998-yil 28-
aprel), “Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida” 
(1992-yil 2-iyul), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunlar shular 
jumlasidandir. 
Jamoat birlashmalari haqidagi qonun-qoidalar O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining XIII bobida va “O‘zbekiston Respublikasida jamoat 
birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991-yil 15-fevral) qonunda belgilab berilgan.
Jamoat birlashmalari fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari hisoblanadi. Konstitutsiyaning 56-
moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning 
jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, 
ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi 
sifatida e’tirof etilgan. 
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi 
farmoniga muvofiq respublika yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi nodavlat 
xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. “Kamolot” 
jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni 
qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan 
iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara 
olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. 
2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi 
boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi 


112
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi 
tasdiqlandi. 2017-yil 30-iyunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV 
qurultoyida Prezident Sh.Mirziyoyevning taklifi bilan Yoshlar ittifoqi tashkil 
etildi va shu kuni yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Bugungi kunda 
Yoshlar Ittifoqining 14 ta hududiy kengashlari va 196 ta tuman (shahar) 
kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yil 14-sentabrda “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, 2017-yil 5-iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini 
oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
to‘g‘risida”gi farmonlar e’lon qilindi.
Yurtimizda 30-iyun – Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, 
Sh. Mirziyoyev yurtimizda yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar 
maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish, turli soha va tarmoqlarda 
katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o‘g‘lon” nomli Davlat 
mukofotini, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, o‘qishda, 
mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bo‘lgan yigit-qizlarimizni 
taqdirlash maqsadida «Kelajak bunyodkori» medalini ta’sis etish taklifini ham 
berdilar. 
Bu sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 
yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, 
uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit 
yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va 
bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab 
darajasida tashkil etilmaganligini davrni o‘zi isbotladi. 
2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan “Yuksalish” 
umummilliy harakati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu harakatning maqsadi 
– xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik 
nazoratining samarali tizimini shakllantirish, rejalashtirilgan, shu jumladan
Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini 


113
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalk deputatlari mahalliy 
kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish hisoblanadi. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish