Ommaviy axborot vositalari.
Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy,
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’lumotlar
tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniya
hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi
istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan
boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24-aprelda “Axborot
olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish
to‘g‘risida” hamda 1997-yil 26-dekabrda “Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida”
qonunlar
qabul
qilindi.
Davlat
organlari,
muassasalar,
tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga
tazyiq o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar
bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining
erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni
ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990-yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop
etilgan bo‘lsa, 2008-yilda 870 dan ziyod nomda gazeta va jurnallar chop etildi, 4
ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat
teleradiostudiyalari va ularning hududiy bo‘linmalari, 100 dan ortiq elektron
axborot vositalari faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi tomonidan 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz,
tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) tilda ko‘rsatuv va eshittirishlar
tayyorlanmoqda. Ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar
12 tilda – (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda) chop etiladi.
117
6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy,
hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari,
mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular, davlat
tomonidan nashr etiladigan, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va
xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va
jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996-yilda O‘zbekiston AQShda
joylashgan kompyuter tizimi “Internet” bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini
qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda global tarmoqda
Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgan.
Bugungi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi
faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni
tashkil etmoqda. Mustaqillikdan oldin bu raqam atigi 48 soatni tashkil etardi.
Yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 %, radiokanallarning esa 85 %
nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil etadi. Bugungi kunda yer usti
raqamli televideniesi tarmog‘ini kengaytirish ishlari yakunlandi. Bu esa barcha
aholi punktlarini to‘liq yuqori sifatli raqamli teleuzatish bilan qamrab olish
imkonini berdi.
Tunu
kun
uzluksiz
ishlaydigan
“O‘zbekiston 24” yangiliklar
teleradiokanali, shuningdek, Xalqaro press-klub faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda 118 ta nashriyot, 1760 ta matbaa
korxonasi, minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning
say-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 mln nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan
hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish
masalalariga alohida e’tibor berildi. Davlat hokimiyatini tashkil etishning
ma’muriy-buyruqbozlik usullari barham topdi.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |