Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari
. Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.
108
Vatanimiz tarixi shundan guvohlik beradiki, O‘zbekiston jamiyatida jamoa
bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. “Mahalla” so‘zi arabcha
“mahallun” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy
mavzelari degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy
birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bir mahallada
istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas,
balki ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an’analar,
umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog‘liqdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular
ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”,
deb belgilab qo‘yildi.
1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan,
qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari –
qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi
boshqarish organlari – mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq
ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning o‘zaro
bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Har
ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishga davlat
homiylik qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti “Respublika “Mahalla”
xayriya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 12-sentabrdagi hamda
“Mahalla” xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida” 1992-yil 8-
oktabrda chiqargan farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat
homiyligida Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, viloyat, shahar, tuman
109
“Mahalla” jamg‘armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yurituvchi
“Mahalla” gazetasi (1994-yil) ta’sis etildi. Davlatning “Mahalla” jamg‘armalari
orqali ko‘rsatayotgan homiyligi mahalla qo‘mitalarining o‘z hududlarida
istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga
moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga
katta ko‘mak bo‘lmoqda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari, vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-fevralda imzolangan Farmonida mahalla institutini
yanada takomillashtirishning bir qator ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator
boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. “Mahalla
iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini samarali
ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar
yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini, hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim
muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini
kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar
yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilish amaliyoti joriy
etildi, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha
maslahatchi lavozimi tashkil etildi.
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari takomillashtirildi, oilalarni
mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inlari
huzurida “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi.
110
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
isloh etish, uni demokratlashtirish, rivojlangan davlatlar va xalqaro huquq
normalariga muvofiq holda ularning huquqiy asoslarini rivojlantirilishi bu
organlarni fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishini to‘liq ta’minlaydi.
Bu sohadagi islohotlar “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”
tamoyilini hayotda o‘z aksini topayotganligini anglatadi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha
Milliy markaz kiradi. 1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I
sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
lavozimi ta’sis etildi. Dastlab Ombudsman (shvedcha, ombudsman – biron kishi
manfaatlarining vakili) xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va
Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bordi.
O‘zbekistonda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari 1997-yil 24-
aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson
huquqlari vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunda belgilab berildi. Mazkur
qonunga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) –
mansabdor shaxs bo‘lib, unga O‘zbekistonda davlat organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to‘g‘risidagi
amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament
nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli
vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan
hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va respublika
aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida 1996-yil
31-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish
111
to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tashkil etildi.
Mustaqillik
yillarida
mamlakatimizda
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |