5-§. Millatlararo tinchlik va totuvlikning ta’minlanishi. Axborot
tizimini erkinlashtirish
Millatlararo tinchlik va totuvlik g‘oyasi.
“Millatlararo totuvlik” g‘oyasi
– muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi,
hamkorlikda faoliyat yuritishlarini ifodalovchi tushuncha. Millat (arabcha –
xalq) – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, umumiy til, madaniyat, urf-odat,
qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida 1600 dan ortiq millatlar bo‘lib ularning
soni bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongachani tashkil etadi. 1600
millatdan bor-yo‘g‘i 200 ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos. Bugungi
kunda dunyo davlatlarining 90 % ga yaqini polietnik, ya’ni ko‘p millatli
hisoblanadi. Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik
borasida 1995-yil 16-noyabrda YuNESKO bosh konferensiyasining 28-
sessiyasida “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi va xuddi
shu kuni jahonda Bag‘rikenglik kuni deb e’lon qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi,
kelib chiqishi, tili, dinidan qatyi nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquq
va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
“Millatlararo totuvlik” g‘oyasi mamlakatimizdagi turli millat va elatlar
o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni ifoda etuvchi mustahkam
poydevordir. Bu g‘oyaning maqsadi O‘zbekistondagi har bir millat, elat
vakillarining erkin yashashi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit
yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat
istiqomat qilib keladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval hozirgi
respublikamiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan bo‘lsa,
114
hozirgi kunda esa O‘zbekistonda 138 ta millat va elat vakillari yashamoqda.
Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tili,
konstitutsiyaviy-huquqiy tengligiga ega. O‘zbekistonda barcha millat vakillariga
teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan.
Millatlararo totuvlikni ta’minlashda Respublika Baynalmilal Milliy
madaniy markazining roli katta bo‘ldi. Respublika Baynalmilal Milliy madaniy
markazi 1992-yil 13-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. 2017-yil 19-may
Sh.Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik
aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bugungi kunda barcha milliy markazlar
“O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida faoliyat yuritmoqda.
Milliy madaniy markazlarning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi turli
millat va elat vakillarining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, milliy
qadriyatlarni
saqlash,
ularning
urf-odat va
an’analari davomiyligini
ta’minlashdan iboratdir.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat o‘zaro inoq,
totuvlikda yashab kelmoqda. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin
faoliyat yuritmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat
hayotida
faol
ishtirok
etishi
uchun
barcha
imkoniyatlar
mavjud.
Mamlakatimizda
etnik
o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo
munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 138 ta milliy madaniy markaz
yetakchi rol o‘ynayapti. Ular o‘z madaniyati, tili, hunarmandchiligini
rivojlantirib, bir-birini o‘zaro boyitishga, ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini
mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-
ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 34 ta do‘stlik jamiyati muvaffaqiyatli
faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, diniy
115
bag‘rikenglik, do‘stlik va birdamlik muhiti O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi
1
.
Millatlararo munosabatlar yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri
– aholining milliy tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil
qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin
maktab faoliyat yuritayotgani, ta’lim muassasalarimizda o‘qitish 7 tilda olib
borilayotganligi, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq
tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta
maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilida ta’lim berish yo‘lga
qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda o‘quv
mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq ta’limi vazirligiga
qarashli pedagogika institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman,
qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg‘ulotlar olib boriladigan
maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.
2021-yil 10-fevralda О‘zbekiston Respublikasining “Xalqlar dо‘stligi
kunini belgilash tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga kо‘ra 30-iyul Xalqlar
dо‘stligi kuni etib belgilandi
2
. Xalqlar dо‘stligi kunini belgilash qonuni
jamiyatda, xalqlar va davlatlar о‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo
totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan.
O‘zbekiston davlat siyosati millatchilik, irqchilik, genotsid, xalqlarni
zo‘rlik bilan chiqarib yuborish yoki boshqa joylarga ko‘chirish, o‘zga xalqlar
huquqlarining kamsitilishi va assimilatsiya siyosatini to‘liq inkor etadi.
Qayerdaki “millatlararo totuvlik” g‘oyasining ahamiyati anglab yetilmasa,
jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi hamda ular
tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim
mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
1
“Янги Ўзбекистон” газетаси, 2020 йил 31 июль, 142-сон.
2
Ўзбекистон Республикасининг “Халқлар дўстлиги кунини белгилаш тўғрисида”ги қонуни (2021 йил
10 февраль) // www.lex.uz/ Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.02.2021 й.,
03/21/672/0099-сон
116
Konfessiyalararo hamjihatlik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash
doimo respublikamiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |