122
XULOSA
XX asrning 90-yillarida Sovet Ittifoqining yemirilishi
natijasida paydo
bo‘lgan o‘n beshta davlat qatorida O‘zbekiston ham o‘zining mustaqil taraqqiyot
yo‘lini izlay boshladi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
ma’naviy hayotidagi inqirozli holatlardan chiqish yo‘llarini izlay boshladi. 1989-
yili Islom Karimovning O‘zbekiston birinchi rahbari bo‘lishi va mamlakatda keng
qamrovli islohotlarning boshlab yuborilishi tom ma’noda O‘zbekiston
hayotida
mustaqillik sari odim tashlashiga zamin hozirladi.
1989-yil iyun oyida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo nizoning bartaraf
etilishi, 1989-yil oktabr oyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, 1990-
yili mart oyida O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi va iyun oyida
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi
O‘zbekistonning mutaqillikka erishishiga zamin hozirladi.
1991-yil
31-avgustda
O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi
xalqimizning o‘z taqdirini o‘z belgilash imkonini berdi va mustaqil taraqqiyot yo‘li
belgilab olindi.
Mustaqillikning o‘tgan qariyb 30 yili davomida mamlakat ichki va
siyosatida
amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekiston aholisi ijtimoiy hayoti yaxshilanishi,
bozor iqtisodiyotiga o‘tishi natijasida xususiy mulkning paydo bo‘lishi
mamlaktada mulkdorlar sinfining shakllanishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan keng qamrovli ma’naviy
sohadagi islohotlar o‘tkazila boshlandi. Boisi, xalqni yangi yo‘ldan boshlab borish,
uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo‘nalishga burish, kuchlarni
uyg‘unlashtirish uchun mafkura zarur edi. Mamlakatda
ijtimoiy adolatni tiklash,
xavfsizlik, ijtimoiy muhofazani amalga oshirish, millati, dini va e’tiqodidan qat’i
nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini, sha’ni, qadr-qimmatini himoya
qilish davlat oldidagi muhim vazifalardan edi.
123
2016-yil 4-dekabrda Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti etib saylanishi, uning siymosida “Yangi O‘zbekiston”ni
taraqqiy ettirish,
xalqimizni baxtli-saodatli qilishdek muqaddas vazifani amalga oshirish, milliy
tiklanishdan milliy yuksalishga erishish yo‘lida muhim islohotlarni amalga oshira
boshladi.
O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi davri
mobaynida mamlakatda keng
ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga
xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal,
Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini
qarata
boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari
xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy
Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga jamiyat ahlining mamlаkatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan
munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi
har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari
butun mamlakatni qamrab
olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniyedagi har
kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z
hissasini qo‘shmoqda.
Xulosa o‘rnida eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
bunday keskin o‘zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari
o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. O‘zbekiston
hukumati o‘z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat
O‘zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq
topgan Markaziy Osiyo uchun
manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston hukumati
tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat O‘zbekiston
uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham
muhim ahamiyat kasb etadi.