Ayupova M. Yu


-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

2-bosqich.
Oralpraksisni rivojlantirish
. Diafragmal nafas olishni rivojlantirish 
bo‘yicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh tovushlar 
artikulemasiga oid artikulyatsion apparat gimnastikasi o‘tkaziladi. 
Nutqning aniqligi ko‘p jihatdan unli tovushlarning tG‘ғri talaffuziga boғliq. 
Shuning uchun unli tovushlarni talaffuz qilish vaqtida artikulyatsion organlar holati 
diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e’tibor til uchining holatiga 
qaratiladi. Uni dastlabki davrlarda barcha unli tovushlar artikulemasini tayyorlashda 
pastda ushlab turish lozim. Bu usul og‘iz bo‘shlig‘ining hajmini kattalashtirishga 
yordam beradi, hamda havo qatlamining og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tishi uchun 
imkoniyatlarni ta’minlaydi. Muskullar, paylar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sababli 
unlilar artikulyatsiyasida lablar holatining o‘zgarishi tabiiy yo‘l bilan har bir alohida 
tovush uchun tilni to‘g‘ri holatga olib keladi. Gimnastika unli tovushlar 
artikulyatsiyasini o‘rganishdan boshlanadi. Bu artikulyatsiya xarakteridagi mashqlar 1-
jadvalga kiritiladi.
Tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa og‘izdan nafas olishni shakllantirishdan 
iborat. Shuning uchun ham barcha artikulyatsion mashqlar ovozni jalb qilmasdan 
amalga oshiriladi. Bola hali o‘zi bajarayotgan mashqlar unli tovushlar artikulemalari 
hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga artikulemalar ukladini aniqlashtirish
va yaxshilash imkoniyatini beradi. SHakllanayotgan artikulyatsiyalarni rinolalik bola 
sinestetik tarzda eslab qoladi. 
Bu holatda artikulema va uning rasmi o‘rtasidagi shartli refletor munosabatlari 
o‘rnatiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin talaffuz qila boshlaydi. 
Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining aniq holati bilan, havo 
qatlamining og‘iz orqali yo‘naltirilishi bilan shakllantirib boriladi. 


Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz bajarishga 
e’tibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining paydo bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaslik lozim. 
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qo‘shimcha artikulyatsion mashqlar (bevosita 
nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi. 
Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qo‘shilganda til yuqoriga ko‘tarilganda u chap 
tarafga ketadi. Bu tilning o‘ng tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq 
ekanligidan darak beradi. Bu o‘rinda tilning o‘ng tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish 
va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun 
bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan 
chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning o‘ng tomonidagi paylarga ko‘proq 
vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar 
tilning chap tomoniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qarama-
qarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o‘ng 
tomoni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish 
so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash uchun 
shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi. 
Artikulyatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini 
yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan zo‘riqtirish haqida so‘zlab 
berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakatini his 
qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab 
qolishi lozim. 
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam 
berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli 
til ukladi amalga oshiriladi. 
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim bo‘ladi. Buning uchun quyidagi usullardan 
foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, ma’lumki, ko‘rinishdagi artikulyatsiya ukladini 
shakllantirish uchun tilni og‘izning chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning 
uchun og‘iz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz 
burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi. 
Ko‘rsatilgan usullarni ko‘rish nazorati yordamida amalga oshirish lozim (oyna 
oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda). 
Bu esa o‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga 
tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o‘zaro differensiatsiya qilishni his qilishga va 
anglashga yordam beradi. 
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulyatsiya 
organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun 
zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulyatsion 
praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shimcha mashqlar ham ko‘zda tutiladi. 
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni rivojlantirish bilan bir 
vaqtda amalga oshiriladi.


Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish