ayollarda tanglayning alohida yoriqliklari ikki marotaba ko‘p kuzatiladi. Ko‘p
uchraydigan patologiya shakllari bo‘lib, yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklar
hisoblanadi.
Nutqqa burunli ottenkani beruvchi tanglayni tug‘ma nuqsonlariga quyidagilar
kiritiladi:
1)
tanglay va labning tug‘ma yoriqliklari;
2)
shilliq qavat osti yoriqliklari;
3)
tanglayning tug‘ma rivojlanmasligi;
4)
yuzning tug‘ma assimetriyasi.
Amaliyotda ko‘proq lab va tanglaydagi yoriqliklar kuzatiladi.
Tanglay yoriqliklari shakllari favqulodda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi
nutq buzilishigi olib keladi.
Lab yoriqliklari labning qisman va to‘liq yoriqliklariga ajratiladi. Qisman lab
yoriqligi faqat lab chetida bo‘ladi, ya’ni nuqson pastki burun tirqishiga yetib
bormaydi. Agar yoriqlik burun tirqishining pastki sohasini, ba’zan burun yo‘lini
oldingi uchini qamrab olgan bo‘lsa, yoriqlik to‘liq hisoblanadi.
Tanglaydagi tug‘ma yoriqliklarning bo‘lishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir
qiladi. Nuqson qanchalik keng bo‘lsa, bola Shunchalik ko‘p rivojlanishida
buzilishlarga ega bo‘ladi. Tanglayning qo‘pol nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar
anamnezida ularga ko‘krak tutishni iloji bG‘lmagani qayd qilinadi. Emizishga
uringanda sut nafas yo‘liga tushib, bolani nafasi ichiga tushib ketadi. Bolalarni
qoshiqchadan ovqatlantirishga o‘tilgan, bu usulda ham ovqat rivojlanib yetmagan
tanglayga, burun bo‘shlig‘iga, burun-halqumga, nafas yo‘llariga tushib, u yerda shilliq
qavatlarni shamollash va ta’sirlanish holatlariga olib kelgan. Yuqorida
aytganimizdek, tug‘ma tanglay yoriqliklari bor bolalar surish harakatlarini bajara
olmaydilar, natijada ularda tug‘ma surish refleksi so‘nib boradi, butun yuz
muskulaturasi rivojlanishi susayadi.
Tanglay
yoriqligining
mavjudligi bolaning
fiziologik
nafas olishini
yomonlashtiradi. Tug‘ma yoriqligi bor bolalar o‘z nuqsoniga instinktiv ravishda
moslanishga majbur bo‘ladilar. Bu moslanish tilning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos
joylashuvida namoyon bo‘ladi. Rinolaliyadagi tanglay nuqsonlari butun
artikulyatsion apparat muskullarni noto‘g‘ri muskuliy bog‘liqligini keltirib
chiqaradi. Rinolaliyada nutq apparati muskullari anatomik jihatdan saqlangan bo‘lsa
ham, harakatlar o‘zlarining sustligi, tormozlanganligi bilan ajralib turadi.
Ko‘pincha, rinolaliya eshitishning zaiflashuvi kuzatiladi. Bu narsa ovqatni
yevstaxiev trubalariga tushib, u yerda eshitish traktida shamollash jarayonlarini keltirib
chiqarishi bilan bog‘liqdir. Eshitishni pasayishi turli xil darajada bo‘lishi mumkin (L.
Ya. Derbanyuk 1966, V. V. Messina 1971, V. S. Dmitrev, R. L. Lando 1969).
SHu tariqa, tug‘ma lab va tanglay yoriqlari mavjudligida u yoki bu dara-jada
bolaning ovqatlanishi, uning fiziologik va nutqiy nafasi buziladi, yuz
muskulaturasining faoliyati xarakteri o‘zgaradi, eshitish qobiliyatining pasayishi kelib
chiqadi, tilning og‘iz bo‘shlig‘ida noto‘g‘ri holati stabillashadi. Tabiiyki, bularning
hammasi bola nutqining shakllanishiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: