Aralash rinolaliya
. Rinolaliyaning bu turi burun rezonansining patologik
kamayganligi holida havoning burundan chiqib ketishi bilan izohlanadi, oqibatda
barcha nutq tovushlarining artikulyatsion va akustik tomondan buzilishi kuzatiladi.
Ovoz tembri ahamiyatli darajada o‘zgaradi.
Aralash rinolaliyada ham ochiq, ham yopiq rinolaliyaning belgilari birga
qo‘shilgan holda namoyon bo‘ladi. Bunda burun yo‘li to‘silib qolgani holda tanglay-
halqum pardasida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Burun tovushlari yopiq rinolaliyadagi
singari, boshqa tovushlar esa ochiq rinolaliyadagi kabi talaffuz qilinadi. Aralash
rinolaliya ham organik, ham funksional xarakterda bo‘lishi mumkin. Organik
xarakterdagi aralash rinolaliyaga yumshoq tanglayning kaltaligi yoki falajligi sabab
bo‘lsa, funksional aralash rinolaliyaga tanglay-halqum yorig‘ining funksiyasi o‘zgarishi
natijasida burun yo‘lining to‘silib turishi sabab bo‘ladi.
Davolashdan oldin qaysi bir kamchilik ovoz tembrini ko‘proq buzib, manqalikka
ko‘proq sabab bo‘layotganini aniqlash zarur. Masalan, bemor burun tovushlari bilan
unli tovushlarni boshqa tovushlarga qaraganda yanada ko‘proq manqalanib talaffuz
qilayotgan bo‘lsa, demak, unda yopiq rinolaliya ustun bo‘ladi va davolash chorasini
Shunga qarab belgilanadi.
Rinolaliyani bartaraf etishda operatsiyagacha bo‘lgan logopedik ish tizimi
Ochiq rinolaliyada yaqin vaqtlargacha operatsiya davrigacha bo‘ladigan logopedik
ta’sir deyarli qo‘llanmas, undan foydalanish haqida esa juda ehtiyotkorlik bilan
mulohaza yuritilar edi.
Operatsiya davrida anatomik nuqson qisman yoki to‘liq bartaraf qilinadi, ammo
nutq uchun kerakli samara aksariyat hollarda yuz bermaydi. Uranoplastika
operatsiyasining nisbatan kech o‘tkazilishi, uning nutq taraqqiyotiga ta’sirining yetarli
darajada bo‘lmasligi, operatsiyadan so‘ng bo‘ladigan logopedik ta’sir muddatining
cho‘zilishi va yana bir qator sabablar operatsiyadan keyin bo‘ladigan logopedik ta’sir
muddatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi hamda logopedik
ishlarning operatsiyagacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan qulay, samarali
usullarni izlashga da’vat qildi. Rinolaliyadagi nutq nuqsonini nafaqat tanglay yoriqligini
mavjudligi bilan, og‘iz bo‘shlig‘ida tilning noto‘g‘ri rinolaliya holati va butun
artikulyatsion apparat muskullari harakati munosabati buzilishi bilan izohlanishidan
kelib chiqadigan bo‘lsak, shu narsani taxmin qilish mumkinki, keyingi ikki nuqson
(og‘iz bo‘shlig‘ida tilning noto‘g‘ri holati va artikulyatsion apparat muskullari orasidagi
o‘zaro munosabatning buzilishi) kompensatsiyasi operatsiyagacha amalga oshirilishi
mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, nutqning yaxshilanishi uchun zamin yaratadi. Shunday
qilib, operatsiyagacha bo‘lgan davrda ham to‘g‘ri nutqning shakllanishiga asos yaratish
mumkin. Operatsiyagacha bo‘lgan davrda logopedik ta’sir tadbirlari psixologik o‘ziga
xoslikka ega bo‘lgan bemorlarda anatomik nuqson mavjud bo‘lgan sharoitlarda amalga
oshiriladi. Shuning uchun ham logopedik ishlarda to‘g‘rinolaliya tG‘ғri nutqni
shakllantirish va shaxs rivojlanishining korreksiyasi inobatga olinadi.
Rinolalikda to‘g‘ri nutqni shakllantirish (to‘g‘ri talaffuz ustida ishlash) og‘izdan
nafas olishni tarbiyalash bilan bir vaqtda nutq tovushlarining to‘laqonli
artikulyatsiyasini yaratish jarayonida amalga oshiriladi.
A.G. Ippalitova metodikasiga ko‘ra logopedik ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki davrga
bo‘linadi.
I.
Do'stlaringiz bilan baham: |