§14. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari va ob’ekti
Logopediya nutk faoliyati buzilishining sabablari, me-
xanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning
uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar.
«Logopediya» yunon tilida «logos» (so‘z, nutq), «peydeo»
(tarbiyalayman, o‘qitaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib,
«to‘g‘ri nutqni tarbiyalash» ma’nosini bildiradi.
Logopediyada nutq normalari va uning buzilishi tushun-
chasini farqlash muhimdir.
«Nutq normasi» deganda, nutq faoliyati jarayonidagi til
ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi.
Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik me-
xanizmlari saqlangan bo‘ladi.
Nutq kamchiliklari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhiti-
da qabul qilingan, nutq faoliyati zaiflashuviga bog‘liq holda til
me’yorlaridan chetlashuvi bilan belgilanadi.
Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq
buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir.
Logopediya fanining maqsadi: nutq kamchiligini o‘rganish,
bartaraf etish va oldini olish.
Logopediya fanining ob’ekti: nutq kamchiligiga ega bo‘lgan
shaxs.
Logopediya fanining vazifalari:
1. Nutq kamchiliklarini aniqlash, saralash, logopedik
ko‘rikdan o‘tkazish;
2. Nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash;
3. Nutq kamchiliklarini logopedik ko‘rikdan o‘tkazish me-
todlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
82
83
4. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodlari va vosita-
larini ishlab chiqish;
5. Nutq kamchiliklarini tartibga solish;
6.Nutq kamchiliklarining oldini olish metodlarini tako-
millashtirish;
7. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab
chiqish;
8. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliy logopediyaga
kiritish.
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga
oshirish kerak:
●
Fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda un-
dagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psi-
xologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar,
pedagoglar, turli ixtisosdagi shifokorlar va boshqa kishilar)
ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish.
●
Nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq
etish uchun fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy
muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash.
●
Nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish
tamoyillarini amalga oshirish.
Nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logo-
pedik bilimlar targ‘ibotini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |