Maxsus pedogogika 2016. indd


 Jarayonni kuzatish bosqichi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

3. Jarayonni kuzatish bosqichi. 

Ushbu bosqichda:

 



inklyuziv  ta’limga  tayyorlanayotgan  bolaning  aqliy  va 

nutqiy rivojlanishi;

 



inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolaning sog‘lom tengqurlari 



orasida uyg‘un ta’lim olishi (jamoada o‘zini erkin va qulay 

tutishi,  o‘quv  materiallarni  qabul  qilishi  va  uzatishi,  shu 

bilan birga bolaga bo‘lgan maxsus ta’limiy-rivojlantiruvchi 

jarayonning to‘laqonli amalga oshirilishi)kuzatiladi.



4. Natijalarni tahlil qilish bosqichi. Ushbu bosqichda nati-

jalar tahliliga ko‘ra bola tegishli muassasalarga yuborilishi yoki 

ta’lim  (inklyuziv,  maxsus-korreksion,  integrasion)  mazmuni 

va muassasa moddiy-texnika hamda metodik negizining bola 

imkoniyatiga  moslashtirilishi  yuzasidan  tadbirlar  amalga  os-

hirilishi ko‘zda tutiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun 

ta’lim  jarayoni  xoh  inklyuziv,  xoh  integrasion,  xoh  korrek-

sion tashkil etilgan bo‘lsin, unda do‘stona muhitning yaratili-

shi tarbiyachi va o‘qituvchining kasbiy mahoratiga va muas-

sasa infrastrukturasining bolalardagi turfa imkoniyatlarga mos-

lashtirilganligiga bevosita bog‘liqdir. O‘qituvchi va tarbiyachi 

faoliyati  ta’lim  jarayonining  boshqaruvchisi,  yo‘naltiruvchisi 

va hokazo sifatida mazmun kasb etar ekan, eshitishida muam-

mosi bo‘lgan o‘quvchi bevosita ishtirokchi sifatida ta’lim ja-

rayonida o‘zining “shaxs” mavqeini anglamog‘i lozim.

 



Bola shahsini har tomonlama kamol toptirish hamda uni 

jamiyatdagi  hayotga  tayyorlash  zamonaviy  maktablar  ol-

dida turgan asosiy vazifadir. So‘zlashuv, nutq ushbu vazi-

falarni hal etilishida markaziy o‘rinni egallaydi. Ma’lumki, 

til  vositasi  yordamida  inson  muloqotga  kirishadi,  ushbu 

muloqot  jarayonida  axborot  oladi,  fikr  almashadi,  bilim, 

ko‘nikma  va  malakalarni  egallaydi.  Inson  hayotida  ana 

shunday zaruriy ahamiyatni kasb etuvchi tilni o‘zlashtirish 

faqatgina kommunikasiya sharoitida amalga oshiriladi.

 



  Eshitishning  inson  hayotida  o‘ta  muhim  ahamiyat  kasb 

etishi uning so‘zlashuv nutqini rivojlantirish omili ekanligi 

bilan asoslanadi.

 



Zaif  eshituvchi  bolada  inson  uchun  o‘ta  zarur  bo‘lgan 

analizator eshitish faoliyatining to‘liq emas, qisman buz-

ilishi yuzaga kelgan. 

 



Ushbu me’yordan chetga chiqish nutqning mustaqil ravish-

da biroz shakllanishigagina imkon beradi: bola atrofdagilar

nutqini qanday eshitsa, shunday o‘zlashtiradi. Zaif eshitu-

vchi bolaning nutqi rivojlana olmasdan qolib, balki buzili-

shi ham ana shundan.

 



Masalan,  lug‘at  zahirasining  kamligi  bilan  bir  qa-

torda,  so‘zlarning  boshqa  ma’nolarda  ko‘llanilishi,  

grammatik  tizimning  rivojlana  olmasligi  bilan  bir  qa-

torda  ular  ma’nolarining  noto‘g‘ri  tushunishi  kuza-

tiladi.  Bunday  yo‘l  bilan  nutqni  egallashning  o‘ta 

chekkalanganligi  bolaning  tushuncha  va  tasavvurlari

(nutqning keyingi  idroki hamda tushunilishi)da  o‘zgacha 

aks  etadi.  Bularning  barchasi  bolaning  bilish  faoliyati 

rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi:taqqoslash, tahlil qilish, um-

umlashtirish, diqqatni chetga tortishlar zaif eshituvchi bo-

lalarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

Dunyoga kelgan har bir go‘dak yashash, tarbiya va ta’lim 

olish  huquqiga  egadir.  Ushbu  huquqqa  ham  sog‘lom,  ham 

nogiron  bolalar  toifasidan  sanaluvchi  eshitishida  muam-

molar  bo‘lgan  bolalar  ham  egadirlar.  Qayd  etilgan  fikr  qator 

xalqaro  va  hukumatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  me’yoriy 

hamda  huquqiy  hujjatlarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Maktabga-

cha  davr  –  rivojlanishida  eshitishida  muammolari  bo‘lgan 

bolalarni  sog‘lom  rivojlanayotgan  bolalar  jamoasiga  samarali 

uyg‘unlashuvi uchun eng maqbul davr hisoblanadi.

Maktabgacha va ilk maktab yoshidagi eshitishida muam-

molari  bo‘lgan  bolalarning  inklyuziv  ta’limini  amalga  os-

hirishda oilaviy tarbiya katta ahamiyat kasb etishi, ularni bar-

cha  sharoitlar  yaratilgan  umumta’lim  muassasasiga  joy-

lash  bilan  kifoyalanib  bo‘lmasligini  ta’kidlashimiz  lozim. 

Ota-onalar  yoki  bola  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanuvshilar, 

oila  a’zolari  zaif  eshituvchi bolaning  uyda  bo‘lgan  vaqtlarida 

inklyuziv ta’limda ishtirok etuvchi pedagog xodimlar ishining 




80

81

davomshilari  sanalib,  ushbu  mutaxassislarning  rahbarligi  os-



tida inklyuziv ta’lim va tarbiya borasidagi kelgusi barcha ish-

lar uchun zamin hozirlaydilar. Bolaning so‘zlashuv nutqini 

rivojlantirish  hamda  kommunikativ  malakalarini  shakllan-

tirish bo‘yicha ishlar tashxis qo‘yilgan va ovoz kuchaytirgish 

asbob  bilan  ta’minlangan  ilk  kunlardan  boshlanishi  samarali 

natija beradi.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish