Maxsus pedogogika 2016. indd


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi

Maxsus bolalar bog‘chasida tashkil etilgan kundalik hayot 

davomida  bolalarda  mehnat  qilish  ehtiyoji,  jamoada  ishlash 

istagi tarkib toptiriladi. Mehnat tarbiyasining mazmuni eshit-

ishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘chasi dasturida aks ettiril-

gan. Unda ta’limning birinchi yilidan boshlab bolalarda shakl-

lanishi zarur bo‘lgan mehnat ko‘nikmalari va malakalari, bola-

lar muloqotida shakllanadigan zarur lug‘at hajmi ko‘rsatilgan. 

Maxsus  bolalar  bog‘chasida  tarbiyalanuvchilar  yoshiga  xos 

holda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabi-

atdagi mehnat, qo‘l mehnatiga jalb etiladi.

Maxsus  maktabgacha  muassasalarda  eshitishda  nuqsoni 

bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal 

etishga qaratiladi:

1. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va mustaqil harakatlar ko‘-

nik malarini tarbiyalash;

2. Mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

3. Kattalarning mehnati bilan tanishtirish va mehnat ahliga 

hurmat xissini tarbiyalash;

4.  Mehnat  tarbiyasi  bilan  bogliq  holda  nutqni  rivojlanti-

rish.


Bolalarning mehnat faoliyati ularning nutqini shakllantirish 

bilan  uyg‘unlikda  tashkil  etilishi  kerak.  Bola  unga  qaratilgan 

og‘zaki  nutqni  global  idrok  qilish  asosida  nutqiy  muloqotga 

o‘rgatiladi. Mehnat faoliyati jarayonida muloqot qilish zarurati 

paydo bo‘lib, bolani buyumlar, harakat va sifatlarning nomini 

eslab qolishga va kattalarga murojaat qilishda og‘zaki nutqdan 

foydalanishga  undaydi.  Barcha  mehnat  malakalarini  mustah-

kamlash  jarayonida  zarur  so‘zlar  va  topshiriqlar  yozuvli  jad-

vallarda ko‘rsatiladi. O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish malakalarini 

va nutqiy materialni mustahkamlashda o‘yin usullaridan keng 

foydalaniladi. Bunda bolalarga topshiriq, qo‘g‘irchoqlar berila-

di hamda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, «Qo‘g‘irshoq 

uyg‘ondi» o‘yinida bolalar tarbiyachi bilan birgalikda qo‘g‘irchoq 

harakatlarini ifodalovshi so‘zlarini og‘zaki qaytaradilar.

Mehnat mashg‘ulotlarida tarbiyachi ravon, aniq, tushunar-

li, grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqdan foydalanadi, bolalarn-

ing nutqiy muloqotini rag‘batlantiradi.

Tushunchalarni  mustahkamlash  uchun  tarbiyachi  kichik 

matnlardan  foydalanadi.  («Navbatchi  qiz»,  «Onam  bilan», 

«Uyni tozalash», «O‘zimiz gul ekdik»). Masalan, «Navbatchi 

qiz»  matnidan  Dilnoz  navbatchi  bo‘lganida,  tushlikka  das-

turxon  tuzatganini,  likobshalar,  kosalar,  non  va  soshiqlarni 

qo‘yganini,  lekin  koshik  qo‘yishni  esdan  shikarganini  bilib 

olishadi. Bolalar ovqatga o‘tirishadi, ammo shunda qoshiqlar 

yo‘qligi  bo‘linib  qoladi.  Tarbiyachi  bilan  birgalikda  Dono 

beparvo qiz ekanligi haqida xulosa shiqariladi. Hikoyalar syu-

jeti sodda bo‘lib bolalarning hayotidan olinadi va maktabgacha 

yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasiga xizmat qiladi.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish