tirish mashqlarini kiritish maqsadga muvofiq.
68
69
●
madaniy-gigienik malakalarni shakllatirish;
●
harakatlarni rivojlantirish;
●
jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yu-
zasidan korreksion ishni tashkil etish;
●
jismonii tarbiya bilan bog‘liq holda bolalar nutqini
o‘stirish.
Jismoniy tarbiya quyidagi vositalar ko‘magida amalga os-
hiriladi:
●
bolalarning kun tartibi;
●
to‘g‘ri ovqatlanish;
●
jismoniy mashqlar;
●
harakatli o‘yinlar;
Mashg‘ulotlarda harakatlar bilan birgalikda eshituv qobili-
yatini rivojlantirish maqsadida, tovushli signallarni farqlashga
va idrok etayotgan tovushlarga mos harakatlarni bajarishga
o‘rgatiladi. Bolalar baraban, doira tovushlarining ohangiga va
maromiga mos ravishda harakatlarni bajarishga o‘rgatiladi.
Borliqni idrok etish jarayoni harakat va faoliyat bilan
bog‘liqdir, shuning uchun bolalar harakatlarining rivojlanib
borishi ularning aqliy o‘sishiga ko‘maklashadi. Jismoniy tar-
biyalash jarayonida tarbiyachi bolalarning so‘zlashuv muloqoti
uchun zarur bo‘lgan nutqni (har tomonlama, yahlit ravishda)
idrok etilgan holda shakllantiradi. Tarbiyachining so‘zlari, be-
rayotgan ko‘rsatmalarining barchasi yozuvli kartochkalarga
bosma harflarda tuchiriladi hamda bola tomonidan ko‘rib-
eshitgan holda og‘zaki nutq va kartochkadagi yozuvlar qabul
qilinadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida tarbiyachi bolalarga
so‘zashuv nutq vositasida muomalada bo‘lishni o‘rgatadi. Jis-
moniy tarbiya dasturida har bir o‘quv yilida o‘zlashtirilishi
zarur bo‘lgan harakatlarni rivojlantirishga oid lug‘at boyligi
belgilangan.
Har bir o‘rgatiladigan yangi jismoniy harakat bolalar-
ga nutqsiz ko‘rsatilib, bolalar harakatlarni taqlid qilib baja-
radilar. Harakatlar o‘zlashtirilgandan so‘ng, mashq nutqiy
ko‘rsatma bilan uyg‘unlashtiriladi, so‘ng nutqiy ko‘rsatmaga
muvofiq harakatlarni bajarishga o‘tiladi. Keyinchalik barcha
o‘zlashtirilgan harakatlar faqat nutqiy ko‘rsatma asosida ba-
jariladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida tarbiyachi haddan ortiq
ko‘p so‘zlarni qo‘llamasligi, jismoniy mashq va vazifalarni ba-
jarish uchun zarur bo‘lgan minimal miqdordagi so‘z va iboral-
ardan foydalanishi kerak.
Bolalarga gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishini
(yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, shapga, aylanish,
sakrash), jismoniy tarbiya jihozlarining nomi va qanday mak-
sadda ishlatilishi, ularni asrash va foydalanish, shuningdek,
kiyim-kechak va poyabzalni toza saqlash qoidalari yozma nutq
(kartochka), og‘zaki-daktil va og‘zaki ravishda tushuntiriladi.
Nutqiy material avval passiv lug‘atga, tushunish uchun key-
inggi bosqichlarda faol lug‘atga kiritilishi kerak.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda sport mashg‘ulotlariga
kiziqish va ishtiyoqni, sport natijalariga, sportchilarning yu-
tuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlar bolalar sog‘ligining mustahkamlanishi-
ga hizmat qilishi uchun o‘yin va jismoniy tarbiya mashqlarini
o‘tkazish paytida bolalarda yaxshi kayfiyatni vujudga keltirish
kerak. Ijobiy his-tuyg‘ular fiziologik jarayonlar: nafas olish,
yurak faoliyati, moddalar almashinuvining normal kechishiga
yordam beradi. Bolalarning yaxshi kayfiyati aksariyat hollarda
tarbiyachining bolalarga bo‘lgan munosobatiga va muomalasiga
bog‘liq. Jismoniy tarbiya vazifalarining to‘laqonli bajarilishi bo-
lalar ta’lim-tarbiyasining samarali olib borilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: