Maxsus pedogogika 2016. indd


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning estetik tarbiyasi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning estetik tarbiyasi

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari bolalar ning 

qobiliyatlaridan  qat’i  nazar  san’atning  barcha  turlari  bilan 

tanishtirishlari va badiiy qobiliyatning har tomonlama rivojla-

nishini ta’minlashlari zarur.

 Bolalarning badiiy ijodiyoti tasviriy san’at, musiqa, badiiy 

so‘z,  teatr  kabi  rang-barang  turlarni  o‘z  ishiga  oladi.  Eshit-

ishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  bilish  jarayonidagi  o‘ziga 

xosliklar va eshituvning keskin pasayishi estetik tarbiya jaray-

onini murakkablashtiradi.

A.A.Venger,  A.P.Gozova,  T.V.Rozanova  N.M.  Solovev-

larning psixologik tadqiqotlari, kar bolalarning ko‘rish va tak-

til–vibrasiyani idrok qilish qobiliyatlari eshitadigan tengdosh-

larga nisbatan orqada qolishi – eshitmaslik va og‘zaki nutqn-

ing  kechikib  rivojlanishining  oqibati  ekanligini  ko‘rsatadi. 

Xarakatlanish,  xususan  mayda  qo‘l  motorikasining  orqada 

qolishi oqibatida rasm solish malakalari kechikib rivojlanadi. 

Eshituv  idrokining  cheklanganligi  bolalarni  musiqani  san’at 

janri sifatida anglash imkoniyatidan mahrum qiladi hamda kar 

va zaif eshituvchi maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy 

tarbiyasi o‘ziga xos ravishda kechishiga olib keladi.

Maktabgacha surdopedagogika fani estetik tarbiyaning qu-

yidagi vazifalarini belgilaydi: 

 



bolalarda estetik idrok, 

 



estetik his –tuyg‘ular va tushunchalarni rivojlantirish; 

 



badiiy  didni  tarbiyalash,  badiiy  qobiliyatni  rivojlantirish, 

o‘z fikrlarini va his-tuyg‘ularini san’at vositasida ifodalash 

ehtiyojini  tarbiyalash;  estetik  tarbiya  bilan  bog‘liq  holda 

nutqni rivojlantirish.

Eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  estetik  tarbiyasi 

nutqni rivojlantirish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi. Har 

bir mashg‘ulotda surdopedagog va tarbiyachi nutqiy muloqotni 

tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan lug‘atni, shuningdek alohida 

mashg‘ulot turi uchun zarur bo‘lgan so‘zlar zahirasini shakllan-

tiradilar. Masalan, tasviriy faoliyat bilan bog‘liq mashg‘ulotlar 

amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda ishlatiladigan material-

larning  (loy,  qog‘oz elim),  harakatlarning  (yasash,  chizish, 

bo‘yash, qirqish, elimlash), jihozlarning (qalam, mo‘yqalam, 

flomaster) nomlarini anglatuvshi so‘zlar hamda «Shar rasmini 

chiz»,  «Men  shar  rasmini  chizdim»,  «Shar  rasmini  chizish 

mumkin» kabi iboralar beriladi. Bundan tashqari tasviriy faoli-

yatni baholash uchun chiroyli, xunuk, yorqin, uyg‘un, puxta 

kabi tushunchalar beriladi. Zarur so‘zlar bolalarga og‘zaki rav-

ishda va yozma jadvallarda etqaziladi hamda ularning amaliy 

faoliyati jarayonida mustahkamlanadi.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar o‘zlari idrok qila 

oladigan  rang-barang  tasviriy  san’at  asarlari  bilan  tanishtiri-

ladi. Bolalar bilan birgalikda rasmni tomosha qilgan tarbiyachi 

ularga zavqlanishni namoyon qiladi, faoliyatni qanday so‘zlar 

bilan  baholashni  o‘rgatadi  va  shunday  qilib  bolalar  nutqini 

rivojlantiradi.

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuv-

chi  bolalar  adabiy  asarlari  bilan  tanishtiriladilar,  ertaklar 

o‘qiydilar, topishmoq topadilar, she’rlar yodlaydilar. Surdope-

dagog, va tarbiyachi hikoya va ertaklarning mazmunini emo-

sional  so‘zlab  berarkan,  bolalarni  qahramonlar  olamiga  olib 

kiradilar, ularda ijobiy his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu tariqa, 

bolalarning nutqi yangi so‘z va iboralar bilan boyitiladi, borliq 

haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.




74

75


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish