Predmetli faoliyatning rivojlanishi
Normada rivojlanayotgan bolalar hayotining ikkinchi yilida
predmetli harakatlarni o‘zlashtirish asosida predmetli faoliyat
shakllanadi, uchinchi yilida esa bu faoliyat yetakchiga ayla-
nadi. Yetakchi faoliyat sifatida u bolaning psixik rivojlanishiga
ijobiy ta’sir etadi.
Predmetli harakatlarning barchasi ham bolaning rivojla-
nishiga bir xil ta’sir etmaydi. Idrok va tafakkurning rivojlani-
shiga, so‘ngra bolaning nutqini rivojlanishiga «moslashtirish»
va «sababli» harakatlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
«Moslashtirish harakatlari» deb, predmetlar bilan shunday
harakat qilishga aytiladiki, unda bola bir predmetni boshqa
predmetga moslab olishi yoki predmetlarning bir qismini
u ning xususiyati, belgisiga qarab boshqa predmetga moslashi
lozim. Masalan, qutini yopish uchun unga katta – kichikligi
va shakliga qarab qopqoq tanlashi lozim. Bunda idrok va ta-
fakkur rivojlanadi. Bizga ma’lum barcha didaktik o‘yinchoqlar
shunday moslashtirish harakatlari tamoyiliga asoslangan.
Qurolli harakatlar – bu harakatlar jarayonida bir predmet
boshqa predmetlarga ta’sir etish uchun foydalaniladi. Qurollar
shunday harakatlarni bajarishga yordam beradiki, bunda ular-
siz bu harakatlarni bajarish imkoni bo‘lmaydi (qoshiq, vilka,
qalam, bolg‘a, bolta, pichoq, qaychi, nina va hokazo). Ha-
rakat asboblaridan foydalanishda bolaning qo‘li uni qo‘llash
mantig‘iga bo‘ysunadi. Bola manipulyasiya qilayotgan yoki
moslashtirish harakatlarini qilishda predmetlarning xususiyat-
larini o‘z shaxsiy tajribasi asosida anglab borsa, asbobli. qurolli
harakatlardan foydalanish usulini kattalardan o‘rganishi lozim.
Qurolli harakatlarni o‘zlashtirib olish bolaning ijtimoiy muhit-
ga moslashishida muhim ahamiyatga ega.
Predmetli faoliyatning yuzaga kelishi davrida normal rivo-
jlanayotgan bolada har bir predmetning tashqi ko‘rinishigagina
emas, balki uning vazifasiga, qo‘llash usuliga qiziqish uyg‘onadi
(masalan, «bu bilan nima qilish mumkin?» – tarzida) Shu sab-
abli bolalar qo‘liga tutgan har bir predmet bilan uzoq vaqt ma-
nipulyasiya qiladilar. Bunda bolalarda predmetning nomi va
ular bilan qilinadigan harakatlarga qiziqish uyg‘onadi. Ilk yo-
shdagi aqli zaif bolalarda predmetli harakatlar shakllanmaydi.
Ularning ba’zilari o‘yinchoqlarga qiziqmaydilar. Ularni qo‘lga
olib manipulyasiya qilmaydilar. Bundan tashqari manipulyasi-
ya noadekvat harakatlar bilan almashtirilib turiladi.
«Noadekvat harakatlar» deb shunday harakatlarga aytila-
diki, bunda predmetdan foydalanishda predmetning roli bilan
undan foydalanish mantig‘iga qarshi harakat qilinadi. Masa-
lan, qo‘g‘irchoq bilan stolni taqillatish, katta mashinani kichik
garajga kirgizishga harakat qilish.
26
27
Noadekvat harakatlarning mavjudligi – aqli zaif bolaning
xarakterli xususiyatidir.
Ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqning shakllanishi uchun
zarur bo‘lgan dastlabki zaminlar: predmetlar bilan harakat qi-
lish, kattalar bilan hissiy muloqot, artikulyasiya apparatining va
fonematik eshitishning tayyorligi. Ko‘pchilik ilk yoshdagi aqli
zaif bolalarning faol nutqida birinchi so‘zlar 2 yoshdan so‘ng
paydo bo‘ladi. Jumlalar esa 3 yoshgacha paydo bo‘lmaydi.
Natijada ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutq aloqa vositasi
va bolaga ijtimoiy tajribani berish vositasi bo‘lib xizmat qila
olmaydi. Shuningdek, nutq faoliyatni boshqarish funksiyasini
ham bag‘riga olmaydi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, aqli zaif bolalardagi ba’zi
nuqsonlar predmetlar bilan harakat qilishni o‘zlashtirishdagi
orqada qolish nutqning o‘z vaqtida rivojlanmay qolganligi va
nuqsonlari, bilish jarayonidagi orqada qolishlar ikkilamchi
xarakterga ega bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning hayotini to‘g‘ri
tashkil etish, maxsus ta’limni erta boshlashda ushbu nuqson-
larning oldini olish va korreksiyalash mumkin.
Bunda bolalarni ba’zi bir uy-ro‘zg‘or buyumlari va
o‘yinchoqlardan foydalana bilishga o‘rgatish, bularning
ko‘rish, eshitish va sezish idroklarini o‘stirishni davom etti-
rish, buyumlar va ularning sifati haqida boshlang‘ich tasav-
vurlarni tarkib toptirish, taqlid qilish qobiliyatini o‘stirish;
tevarak-atrofdagilarning nutqini tushunishni takomillashtirib
borish, xatti-harakatning qaror topgan qoidalariga rioya qi-
lishga o‘rgatish zarur.
Bolaning kattalar bilan munosabatda bo‘lishi uning o‘sib
borishi uchun hal qiluvshi ahamiyatga egadir. Bolada taqlid
qilish qobiliyati o‘sib boradi. Bu esa bolaning hamma xatti-
harakatlarini takomillashtirib borishi, jumladan. gapira bosh-
lagan paytida va o‘yin faoliyatining o‘sishida juda katta aha-
miyatga egadir.
Tevarak-atrofdagilarning nutqini darrov tushunish qobili-
yati aqli zaif bolalarda sekin o‘sib boradi. Normal bola 2 yosh-
da qisqa – qisqa jumlalar bilan turli gap bo‘laklarini ishlatib,
so‘zlay boshlaydilar. Ayrim aqli zaif bolalarda esa 2 yoshda
hali nutq shakllanmagan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |