Maxsus pedogogika 2016. indd



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

Mehnat tarbiyasi

Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai. Barcha moddiy va 

ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoiti ham. 

Shu  bilan  birga,  inson  hayotiy  faoliyatining  asosiy  shaklidir. 

Kishi hayotining mazmuni va har bir jamiyat a’zosining vazi-

fasi, shaxs taraqqiyotining asosidir.

Axloqiy tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan biri ham meh-

natga  tayyorgarlikni  tarbiyalashdir.  Mehnatsevarlik,  mehnat 

qilishga intilish kabi sifatlarni maktabgacha yoshdagi aqli zaif 

bolalarga ham singdirib borish zarur.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarning meh-

nat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iborat: aqli zaif bo-

lalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, mehnatni qadrlash, 

mehnat  kishilarini  hurmatlash,  qadrlash,  mehnatga  qiziqish-

ni  tarbiyalash,  dastlabki  mehnat  malakasi  va  ko‘nikmalarini 

shakllantirish,  mehnatga  havas  uyg‘otish,  mehnatsevarlik, 

saranjom-sarishtalik,  tejamkorlikni  tarbiyalashdir.  Jamoaviy 

mehnatda do‘stona o‘zaro munosabatni,  jamoada  ishlay  bil-

ish, o‘zaro yordamlashishni tarbiyalash lozim.

Maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  mehnat  tar-

biyasi ikki yo‘nalishda olib boriladi. Bir tomondan, bolalarni 



38

39

kattalarning mehnati bilan, mehnatning jamiyatdagi roli bilan 



tanishtiriladi, kattalarning mehnatiga hurmat hislari tarbiyala-

nadi. Boshqa tomondan, mehnat tarbiyasi bolalarning amaliy 

faoliyatini tashkil etishda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini 

shakllantirish qo‘l  mehnati mashg‘ulotlarida, maishiy  xizmat 

va tabiatda mehnat qilishda olib boriladi.

Bolalar  bog‘chasi  dasturida  bu  umumiy  masalalar  yosh 

gruppalari bo‘yicha belgilab olinadi.

Maxsus bolalar bog‘chalarida mehnat tarbiyasiga quyidagi-

lar kiradi:

1. Qo‘l mehnati mashg‘ulotlari.

2. O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini tarbiyalash.

Qo‘l  mehnati  mashg‘ulotlari  maxsus  bolalar  bog‘chasida 

aqli zaif bolalarga ta’lim-tarbiya berishning eng muhim bo‘limi 

hisoblanadi.

Qo‘l  mehnati  bilan  ishlashga:  applikasiya,  qurish-yasash, 

tabiat materiallari bilan mashq qilishlar kiradi. Kichik yoshdagi 

aqli zaif bolalar uchun engil qo‘l mehnati bu – applikasiya yo-

pishtirishdir. Shuning uchun ko‘rsatilgan faoliyat turlari maxsus 

bog‘chalarda kichik gruppalarning birinchi yilida qo‘llaniladi. 

Keyinchalik katta gruppalarda tabiat materiallari, daraxt, fab-

rikatlar bilan ishlash va konstruktorlik mashg‘ulotlari bilan tu-

gatiladi.

Qo‘l  mehnati  mashg‘ulotlarida  aqli  zaif  bolalar  vazi-

falarini oldin namuna bo‘yicha, so‘ng mustaqil bajaradilar. 

Mashg‘ulot davomida aqli zaif bolalar qurilish materiallari: 

qum, tuproq, qor, plastilin, qog‘oz, daraxt bilan tanishadi-

lar.  Ularning  xususiyatlarini  o‘rganadilar.  Oddiy  mehnat 

qurollari bilan  engil mashqlarni qilishni o‘rganadilar.  Qo‘l 

mehnati  mashg‘ulotlari  bolalar  motorikasini  shakllantiradi 

va  mayda  qo‘l  muskullarini  rivojlantiradi.  Qo‘l  mehna-

ti  mashg‘ulotlari  aqli  zaif  bolalarning  aqliy  taraqqiyot  va 

shaxs  xususiyatlari  rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Mashg‘ulotlar aqli zaif bolalarda o‘z mehnatini sevish, tash-

kiliy  mehnatini  o‘zlashtirish  qobiliyatlarini  shakllantiradi. 

O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakasini tarbiyalaydi.

O‘z-o‘ziga  xizmat  qilish  bolalar  mehnatini  tashkil  etish 

shakl sifatida barcha gruppalarda qo‘llaniladi. U kun tartibi-

dagi  jarayonlarda:  ovqatlanish,  uyqu  oldidan  sayrga  chiqish 

va  undan  qaytgash,  kiyinib-yechinish,  uyquga  tayyorlanish, 

o‘zini va kiyim-kechakni ozoda tutish ishlarini bajarish bilan 

chambarchas bog‘liqdir.

O‘z-o‘ziga  xizmat  etish  jarayonida  bolalarda  mustaqillik, 

mehnat qilishga urinish odati, ozodalik, saranjom-sarishtalik, 

buyumlarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish xususiyatlari 

tarbiyalanadi.

Mustaqil kiyinish, yechinish, qoshiqni to‘g‘ri ushlash, un-

dan foydalanishda kichik yoshdagi aqli zaif bolalar qiynaladilar. 

Yechinish, kiyinish malakalarini shakllantirish eng oddiy meh-

nat faoliyatidan boshlanishi lozim. Buning uchun bola foyda-

lanadigan narsalar, kiyimlar mavsumga, bola razmeriga to‘g‘ri 

kelishi, qulay, oson eshiladigan, taqiladigan bo‘lishi kerak.

Aqli  zaif  bolalarni  o‘z-o‘ziga  xizmat  qilishga  o‘rgatish, 

uncha  qiyin  bo‘lmagan  harakatlardan  boshlash  kerak,  ya’ni 

paltolarni, oyoq kiyimini olib kelish va o‘z joyiga olib borib 

qo‘yish kabilar. So‘ng bu operasiyalar murakkablashtirib bori-

ladi. Tarbiyachi bolaga paypog‘ini kiyayotganida oyoqni qan-

day  tutish  kerakligini  ko‘rsatadi.  So‘ng  bola  bu  harakatlarni 

mustaqil  bajarishi  kerak  bo‘ladi.  Agarda  kichkintoy  bu  vazi-

falarni bajarishda qiynalsa, tarbiyachi unga bu vazifalarni ba-

jarishda yordam beradi.

O‘z-o‘ziga  xizmat  qilish  malakalarini  shakllantirishda 

didaktik o‘yinlar asosiy rol o‘ynaydi.

Yil o‘tgan sayin bolalar ulg‘ayadilar va bog‘cha tartiblariga 

ko‘nikib  boradilar.  Katta  gruppaga  o‘tganlaridan  so‘ng  ular 

bajaradigan  vazifalar  murakkablashib  boradi,  ya’ni  ular  o‘z-

o‘ziga xizmat qilishda – yechinish, kiyinish, tugmani taqish, 

botinka  ipini  bog‘lash.  O‘rtog‘iga  tugma  qadashda  yordam 

berish, kiyimlardagi tartibsizlik va noqulaylikni sezish, kiyim-

larni va oyoq kiyimlarini saqlashni, yuvinishda va ovqatlanish-

da kiyimlarini iflos qilmaslik, kiyimlarini o‘z joyiga taxlashni, 

joylab qo‘ya olishni bilishlari kerak. Bolalarga uyqudan oldin, 



40

41

ovqatlanishdan oldin, ertalab qo‘l va yuzni yuvish o‘rgatiladi. 



Aqli zaif bolalar yuvinish tartibini, bulardan tashqari, mustaqil 

ovqatlanishlari va tishlarini yuvishni bilishlari kerak.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish