Maxsus pedogogika 2016. indd


§6. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni maxsus



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

§6. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni maxsus 

maktabgacha muassasalarga saralash

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  maxsus  muassasalarga 

saralashga  quyidagilarga  e’tibor  beriladi:  maxsus  bog‘chaga 

qabul qilinadigan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli 

zaif  bo‘lishi:  ijtimoiy  va  maishiy  jihatdan  bolalar  jamoasiga 

oson  kirishib  ketadigan:  tengdoshlar  jamoasida  xavfsiz  zarur 

elementlar, bilimga ega bo‘lishlari,  unga  qaratilib so‘zlangan 

nutqni tushunishi va o‘zining nutqi bo‘lishi, shuningdek, so-

matik jihatdan sog‘lom bo‘lishlari kerak.

Ma’lumki,  bolaning  psixik  rivojlanishida  asosiy  rolni 

yashash sharoiti o‘ynaydi. Unga bog‘liq bolaning rivojlanishida 

bolalar jamoasi katta ahamiyatga ega. Jamoada, tengdoshlari 

bilan munosabat orqali bolaning bilim doirasi kengayadi, un-

ing xarakteri va xulqi shakllanadi.

Ammo,  bolalar  jamoasining  ta’siri  bola  psixik  jamoada 

bo‘lsagina ta’sir qiladi.

Bizga ma’lumki, agar aqli zaif bola normal rivojlanayotgan 

tengdoshlari  jamoasiga  tuchib  qolsa,  unda  o‘ziga  ishonmas-

lik  paydo  bo‘ladi,  atrofdagilarga  befarq  bo‘lib  qoladi  .  Un-

ing xarakteri va xulqida salbiy sifatlar paydo bo‘ladi. Bundan 

tashqari,  pedagogik  tomondan  maktabgacha  tarbiya  yoshi-

dagi aqli zaif bola nuqsoniga befarq qarash bu nuqsonlarning 

chuqurlashishiga olib keladi.

Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar maktabgacha 

tarbiya  yoshida,  ya’ni  2  yoshdan  kichik  emas  –  6  yoshdan 

katta bo‘lishlari kerak emas.

Ma’lumki, aqli zaif bola rivojlanishida normal bola rivojla-

nishidagi bosqichlarni bosib o‘tadi. Bola o‘sa borishi bilan uning

psixik  funksiyalarida  sifat  o‘zgarishlari  yuz  beradi.  Shuning 

uchun yasli yoshidagi aqli zaif bola – bog‘cha yoshidagi aqli 

zaif boladan, bog‘cha yoshidagi aqli zaif bola – maktab yoshi-

dagi aqli zaif boladan farq qiladi. Shu sababli qabul qilingan 

yosh davrlari aqli zaif bolalar uchun ham tegishli hisoblanadi. 

Aqli zaif bolaning hayoti – go‘daklik, yasli, bog‘cha, maktab 




30

31

davrlariga bo‘linadi. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bo-



lalar ijtimoiy-maishiy adaptasiyaga ega bo‘lishlari kerak.

Maxsus muassasaga qabul qilingan bola aqli zaif katta bo-

lalar  jamoasining  a’zosi  bo‘lib  qoladi.  Jamoadagi  hayot  un-

dan maishiy mustaqillikni, o‘z istak-xohishlarini, harakatlarini 

boshqalarga moslashtirishni talab qiladi.

Albatta, aqli zaif bola uchun bu talablar murakkab hisobla-

nadi. Chunki aqli zaiflik bola rivojlanishidagi barcha tomon-

larga, uning shaxsiga ta’sir qiladi. Bularning hammasi o‘z nav-

batida maishiy malakalarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.

Maxsus bog‘chalarga aqli zaif bolalar ko‘pincha oilalardan 

kelishadi. Oilada bolani doimo «baxtsiz», «kasal» deb hisoblashar-

di, shuning uchun u ota-onasining alohida g‘amxo‘rlik ob’ekti 

bo‘lib  qoladi.  Unga  kattalar  tomonidan  talablar  qo‘yilmasligi 

aqli zaif bolani xudbin qilib qo‘yishi mumkin. Maxsus bog‘chaga 

qabul qilinadigan bolalarga qo‘yiladigan talablarni 2 guruhga – 

maishiy va sosial (ijtimoiy) guruhlarga bo‘lish mumkin.

Maishiy talablarga quyidagilar kiradi:

1. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan aqli zaif bolada mo-

torika  saqlangan bo‘lishi  lozim, ya’ni jismoniy  rivojlanishida 

nuqsonlar bo‘lishiga qaramay, aqli zaif bola mustaqil ravishda 

predmetni olishi va ushlashi, u bilan sodda manipulyasiyalar 

qilishni bilishi, yaxshi yurishi, o‘tirishi, yozishi, turishi, chay-

nashi, yutishni bilishi kerak.

2. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalarda maishiy 

faoliyat shakllangan bo‘lishi lozim.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish