Go‘daklik davri (2 oylikdan 1 yoshgacha).
Aqli zaif bolaning rivojlanishi uning birinchi yosh davri-
danoq normal bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Ko‘pchilik
oligofren bolalarda bo‘ynini tutish, o‘tirish, turish, yurish kabi
holatlarning rivojlanishi kechikib qoladi. Aqli zaif bolalarning
tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqishining pastligi, ko‘p narsalarga
befarqligi kuzatiladi. Normal bola bir oylikka to‘lgash katta
yoshdagi kishining yuziga, rangdor va yaltiroq narsalarga uzoq
vaqt tikilib turadi. Shuningdek, odamlar bir erdan ikkinchi
yer ga siljigan vaqtida ularni ko‘zi bilan kuzatib turadi. Aqli
za if bolalarda esa bu holatlar rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning
u chun bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq ularda ko‘rish
va eshitish qobiliyatini o‘stirish zarur. Ko‘rish qobiliyati bi-
lan eshitish qobiliyatini o‘stirish – bolalarda umumiy o‘sishi
uchun, tevarak-atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lishi uchun,
gu-gulashi va harakat qilishi uchun katta ahamiyatga ega-
dir. Bu davrda bolalarni turli ovozlarga, kattalarning nutqiga,
shaqildoq ning, musiqa asbobining ovoziga quloq sola bilishini
rivojlantirib borish kerak.
Aqli zaif bola birinchi yashash davrida tanish va begona
kishilarni ajrata olmaydi. Bu davrda bola osib qo‘yilgan sha-
qildoqni ushlab olishga, Uni mahkam tutib turish uchun qo‘lini
uzatishga harakat qiladi. Aqli zaif bolada bu jarayonlar ushbu
davrda rivojlanmagan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning nutqi nor-
mal rivojlanib bormaydi. Bolaning tili chiqishiga yaqinlashib
qolishi shunda namoyon bo‘ladiki, bola tez-tez har xil so‘z
bo‘g‘inlarini talaffuz qila boshlaydi. Ularni anchagacha tak-
rorlayveradi.
Aqli zaif bolalarda bu jarayonlar kechikib rivojlanadi. Aqli
zaif bolalarda artikulyasiya apparati va fonematik eshituvning
rivojlanmaganligi bola nutqining rivojlanishi kechikishiga sa-
bab bo‘ladi. Bolalar bu yosh davrida emaklashlari, o‘tirishlari,
narsalarni ushlab turishlari lozim. Aqli zaif bolalarda harakat
qilish passiv bo‘lib, ular normal tengdoshlariga nisbatan kech
emaklaydilar, yuradilar. Aqli zaif bolalar harakatining passivligi
ularni jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kattalarn-
ing rivojlantiruvchi ta’sirlari amalga oshmaydi. Yaqin rivojlanish
zonasi kengaymaydi. Jismoniy imkoniyatlarning va psixik jaray-
onlarning shakllanishidagi senzetiv davr o‘tib ketadi. Chunki
bolalarning harakati, emaklashi tana muskullarining o‘sishiga va
harakatlarning uyg‘unlashuviga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |