O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

2.4. Muomala va faoliyat 
 
Biznes etikasi va ma’naviyatini tadqiq qilishda muomala va faoliyat 
munosabatlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu muammoga nisbatan turli 
nuqtayi nazarlar mavjud. 
Mamlakat ilm-fanida muomala va faoliyat yaxlitligi qabul qilingan. 
Muomala shaxslarning aniq munosabatidir. Bunga muvofiq, muomala 
shaxslar o‘zaro faoliyatining o‘ziga xos shaklidir. Boshqacha qilib 
aytganda, kishilar hamisha turli ijtimoiy vazifalarni bajarishda bir-biri 
bilan o‘zaro muomalada bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, shaxs o‘z fao-
liyati jarayonida boshqalar bilan muomalaga kirishadi. Uning faoliyati 
boshqalar faoliyati bilan doimo kesishadi. Ayni shu kesishgan nuqta 
shaxs faoliyati va boshqalarning munosabatlari uchun sharoit yaratadi. 
Muomala o‘zaro faoliyat ko‘rsatayotgan individlar jamoasini shakl-
lantiradi.


16 
Shunday qilib, muomala va faoliyatning bir-biri bilan bog‘liqligi 
barcha tadqiqotchilarning izlanishida tasdiqlangan. Biroq bunday bir-biri 
bilan bog‘lanishning mohiyati turli tadqiqotchilar tomonidan har xil 
talqin etiladi. 
XX asrning birinchi choragida sotsiometriya usulini ishlab chiqqan 
J. Moreni shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni diagnostika 
qilishni, ularni o‘zgartirishni, takomillashtirishni va yangilashni maqsad 
qilib qo‘ygan edi. Uning ishining ahamiyati shundaki, har bir norasmiy 
tuzilma u yoki bu ko‘rinishda rasmiy tuzilmaga, ya’ni rasmiy, biz-
nesmenlik munosabatlariga proyeksiyalanadi va shu tufayli jamoa 
faoliyatining samaradorligiga ta’sir qiladi. 
Sotsiometrik tarzda bajariladigan ish tartibi quyidagicha: 
a) jamoaning jipslashish va tarqoqlik darajasini aniqlash;
b) sotsiometrik nuqtayi nazarni, ya’ni simpatik – antipatik qarashlar 
asosida guruh a’zolarining o‘zaro munosabatini aniqlash. Bu yerda “li-
der” va “inkor etilgan”lar ikki qutbda joylashdilar; 
v) guruhlar ichidagi kichik tizimlarni aniqlash. Bu guruhchalarning 
o‘z liderlari bo‘lishi mumkin. Sotsiometriyaning ustuvor tomoni shun-
daki, u ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqot usuli sifatida kichik guruhlarda 
aniq miqdoriy o‘lchashga imkon beradi, tadqiqotlarning bajarilishi, ma-
tematik ma’lumotlarga ishlov berish oddiy usulda bo‘ladi. Uning qo‘lla-
nish doirasi cheklanganligi (asosan, ishchi jamoalarda), sotsiometriyani 
qo‘llanishda guruhning chin dildan ishtiroki va ishtiyoqi, tajriba 
muomala me’yorlari buzilgandagi salbiy natijalar bu usulning kamchi-
liklarini tashkil qiladi. 
Sotsiometrik tarzda bajariladigan ish tartibi uning indekslarining 
hisob-kitobi bilan yakunlanadi. Birinchi sotsiometrik mezon boshqa 
shaxslarning guruhdagi yakka shaxsga nisbatan aniq munosabatini ko‘r-
satadi. Individ tomonidan guruh a’zolari soniga nisbatan olingan variant-
lar soni variantlar miqdori sifati hisoblanadi. Ijobiy va salbiy mezonlar 
farqlanadi. Ijobiy mezon guruh tomonidan shaxsning qabul qilinishida, 
salbiy mezon uni guruhdan chetlashtirilganda yuzaga keladi. 
Ikkinchi sotsiometrik indeks, his-tuyg‘uli ekspansiyalilik individ-
ning guruhga bo‘lgan munosabatini, uning guruh bilan muloqot qilishga, 
muomalaga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatadi. His-tuyg‘uli ekspansiyalilik 
indeksi sotsiometrik indeksi, ya’ni guruh a’zolari soniga nisbatan olin-
gan individ tomonidan guruhga berilgan variantlar miqdori kabi hisoblab 
chiqiladi. 


17 
Har bir guruh a’zosining sotsiometrik mezoni va his-tuyg‘uli eks-
pansivligining nisbatiga qarab, uning biror bir shartli kichik guruhlarga 
oidligini bilish mumkin. Birinchi guruhga ko‘p variantlarga ega bo‘lgan 
kishilar kiradi. Ular yuqori sotsiometrik mezonga ega. Bu esa guruh 
a’zolari uchun ularning mashhurligi, liderligi, jozibadorligidan dalolat 
beradi. Ularning his-tuyg‘uli ekspansiyalilik indeksi yuqori bo‘lib, u 
guruhga qaratilgan; guruh a’zolari bilan muloqot va hamkorlik qilishga 
moyillik bildiradi. Ularni shartli ravishda “yulduzlar” deb nomlaymiz. 
Ikkinchi guruhning mezoni o‘rtacha va uni ijobiy his-tuyg‘uli ekspan-
sivlikka ega bo‘lgan kishilar tashkil qiladi Bu guruh eng ko‘p a’zolarga 
ega. Uchinchi guruhni “qora qo‘ylar” tashkil qiladi. Ularning mezoni 
past yoki salbiy bo‘lib, ekspansivligi odatda, ijobiydir. “Qora qo‘ylar”-
ning mavjudligi guruh a’zolarining bir-biriga yaqinligi haqida dalolat 
beradi. Bu guruhda “biz” degan tushuncha ustuvor bo‘ladi. Uni kuchay-
tirish uchun guruh a’zolari shunga o‘xshash guruhni yoki o‘ziga o‘xsha-
gan kishilarni izlaydilar. Ularga o‘zlarining “biz”ligini qarama-qarshi 
qo‘yib haqiqiy yoki sun’iy ravishda hosil qilingan farqlarni ko‘rsatadi. 
E’tiborlisi shundaki, agar bitta “qora qo‘ycha” guruhni tark etgan bo‘lsa 
uning o‘rniga boshqa nomzod kiritiladi. 
Yana bir o‘ziga xos guruh – bu “oq qarg‘alar”. Ularni yuqori 
sotsiometrik mezon va past his-tuyg‘uli ekspansivlik ajratib turadi. Bu 
esa guruhning shu kishiga bo‘lgan qiziqishi va bu kishining guruhga 
nisbatan qiziqishi yo‘qligi haqida dalolat beradi. Mazkur kichik guruhni 
“yulduzlar”dan farqlash lozim, chunki “oq qarg‘alar”, odatda, rahbarlik-
ka moyillik bildirmaydi, o‘zlarini vaqtincha guruh a’zolari deb hisob-
laydi va boshqa biror-bir guruh bilan norasmiy muloqot qilishga intiladi.
Guruh jipsligi muammosi, odatda, his-tuyg‘uli asosga ega bo‘lgan 
shaxslararo munosabatlar tizimi sifatidagi guruh doirasida muhokama 
qilinadi. Sotsiometrik yo‘nalishda jipslik bevosita bir-biriga nisbatan 
hurmatga asoslangan shaxslararo munosabatlar keng rivojlanganligiga 
asoslanadi. Sotsiometriya maxsus “guruh jipsligi indeksi”ni taklif etadi. 
Bu indeks o‘zaro ijobiy variantlar sonining umumiy ehtimoliy variantlar 
soniga bo‘lgan nisbat deb hisoblanadi.
)
1
(




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish