O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

ISBN 978-9943-13-134-7 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 
© S.Nasritdinova, M.Tursunova, U.Muxtorova, 2009
 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlab, bu boradagi islohotlarni 
bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida tadbirkorlikning har qanday turlariga ham keng yo‘l ochildi. 
Bu esa har qanday sohada bo‘lgani kabi savdo-sotiq-biznes, tadbirkorlik 
sohasi xodimlaridan ham yuksak ma’naviyatlilik, savdo va muomala 
madaniyati kabilarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shuni hisobga olganda 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” o‘quv qo‘llanmasi moliya-iqtisod soha-
sida ish yurituvchilar faoliyatining ajralmas qismidir. Hozirgi kunda 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida o‘qi-
tilmoqda. Talaba bu fanni o‘rganib, quyidagilarni o‘zlashtiradi: 

biznes etikasi va ma’naviyatining nazariy asoslari haqida tasav-
vurga ega bo‘lish, O‘zbekiston va xorijda ushbu etika va ma’naviyat 
evolutsiyasining asosiy bosqichlari va hozirgi holati haqida tushun-
chaga ega bo‘lish; 

biznes munosabatlari qay tarzda va shaklda amalga oshirilishini, 
uning tashkiliy unsurlarini bilish; 

suhbatdoshi bilan faol munosabatda bo‘lish va uni tinglay olish 
texnologiyalarini bilish; 

biznesga oid munosabatlar o‘rnatishda ishtirokchilarning fe’l-
atvorini tushuna olish; 

biznes munosabatlarida o‘z bilimini to‘g‘ri qo‘llay olish, muoma-
la madaniyatiga ega bo‘lish, hayotda va jamoada shaxslararo munosa-
batlar qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik; 

biznesga oid munosabatlarning bahs, munozara, ishtirokchilar-
ning kelishmovchilikka o‘xshash o‘ziga xos xatti-harakatlari kabi mu-
rakkab holatlarni xolis tahlil qila bilish. 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fanining maqsadi bu boradagi bi-
limlar tizimini shakllantirishdir. Bu esa shaxsga oliy o‘quv yurti, korxo-
na, turli jamoalarda kasbiy bilimlarini boyitishda, sharoitga moslashish-
da yordam beradi. Buning uchun talaba tevarak-atrofdagilar bilan muo-
malada bo‘lish, nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish, har turli sharoit-
da qanday yo‘l tutishni va harakat qilishni bilishi zarur. 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani talabaning o‘zi tanlagan soha-
da malakali mutaxassis bo‘lishiga yordam beradi. Malakali mutaxassis 
esa chuqur bilim, insoniy muomala va o‘z kasbini sevish bilan birga 
kasbiy etika va ma’naviyatga ham ega bo‘lmog‘i shart. 



“... hamma narsa davlat mulki bo‘lgan eski tuzumda xususiy mulkka 
ega bo‘lish, tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanish bizga begona 
bo‘lgan tushunchalar sifatida baholanar edi. Bugungi kunda esa xususiy 
mulk tushunchasiga nisbatan munosabat qanday o‘zgarib, u hayotimizdan 
qanchalar chuqur joy olib borayotganiga barchamiz guvohmiz”
1

Prezidentimizning yuqoridagi gaplari mamlakatimizda amalga oshi-
rilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaldagi ko‘rinishiga, shu jumladan, 
qachonlardir ko‘pchilik uchun yot bo‘lgan “biznes, biznesmen” degan 
tushunchalarga ham berilgan oddiy va sodda bahodir.
“Zero, shu yerda avvalo o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan 
shaxs va bunday shaxslardan tashkil topgan toifa o‘zini va oilasini bo-
qishga, shu bilan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z yaqinlariga va 
muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt uchun xizmat qi-
ladigan maktab, kasalxona, madaniyat va sport maskanlari barpo etish, 
bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina 
vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi. 
Bularning barchasi ma’naviy qadriyatimiz, urf-odat va an’ana-
larimizdan oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘limiz jamiyatimiz hayo-
tiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir”
2
. Shu 
nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, bugunning biznesmenlari ham 
yurtimizning gullab-yashnashi, xalq turmushining farovonlashuvi, oso-
yishtalikni asrash – mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga o‘z 
hissalarini qo‘shib kelayotirlar. Chunki biznes etikasi va ma’naviyati 
biznesmen hamisha xalq xizmatida bo‘lib, uning koriga yarashi lozimli-
gini taqozo etadi. 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani turli xil yo‘nalish va ilmiy 
maktablar bilan bog‘langanligi va ular bir masalani turli nuqtayi na-
zardan talqin qilganligi tufayli bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklarni yuza-
ga keltiradi. 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani turli xil yo‘nalish va ilmiy 
maktablar bilan bog‘langan. Mantiqan olib qaralganda etika va ma’na-
viyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Shu boisdan ham ushbu 
fanni o‘rganish did-farosati o‘tkir, ma’naviyati yuksak talabalar uchun 
uncha qiyin bo‘lmaydi, degan umiddamiz. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish