O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


 Biznes etikasi va ma’naviyatining interaktiv tomoni



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

3.3. Biznes etikasi va ma’naviyatining interaktiv tomoni 
Biznes etikasi va ma’naviyatining interaktiv tomoni kishilarning 
hamkorligi, ularning hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy biznes etikasi va ma’naviyatda muloqotning interaktiv tomoni-
ga har qanday ijtimoiy-psixologik tahlilning dastlabki manbayi deb 
qaraydigan maxsus yo‘nalish shakllangan. Bu yo‘nalish G.Midning 
nomi bilan bog‘liq bo‘lib, ramziy interaksionalizm nomi bilan yuritiladi. 
Kishi “men”ining ijtimoiy tabiatini aniqlab, Mid shunday xulosaga 
kelgan, ya’ni “men”ning shakllanishi kishilarning bir-birining fikriga 
bildirilgan munosabat emas, balki ijtimoiy hamkorlik natijasidir. Ham-
korlik faoliyati jarayonida shaxs shakllanadi, o‘zini anglaydi, u nafaqat 
kishilarning oynadagi aksi, balki ularning hamkoriga aylanadi.
Hamkorlik tipologiyasi va imkoniyatlar haqida K.Tomas va R. 
Kilmennlar yozgan. Ular nizom holatlarning quyidagi beshta asosiy 
usullarini farqlaydi: 

moslashish, yon berish; 

bosh tortish; 

raqobat, unga qarshi kurashish; 

hamkorlik; 

murosa. 


28 
Tasnifning asosini ikki mustaqil bo‘lgan parametr tashkil qiladi: 
1. Shaxsiy manfaatlarni amalga oshirish darajasi, o‘z maqsadlariga 
erishish. 
2. Boshqa tomon manfaatlari hisobga olinadigan va amalga oshadi-
gan o‘lcham. Agar uni grafik shaklda tasavvur qilsak, unda Tomas- Kil-
menn to‘rini hosil qilamiz. U muayyan mojaroni aniqlashga va oqilona 
harakat shaklini topishga yordam beradi. Bunday fe’l-atvor uslublarini
batafsil ko‘rib chiqamiz.
Bosh tortish 
(qochib yurish, ketish). Individ o‘z huquqini himoya 
qilishni xohlamasa, qaror qabul qilish uchun hamkorlik qilmasa, o‘z 
pozitsiyasini aniq namoyon qilmasa, bahsdan bosh tortsa, xatti-harakat-
ning mazkur shakli tanlanadi. Bu usul masalani yechish mas’uliyatidan
voz kechish an’anasiga ega. Agar mojaroning yechimi individ uchun 
ahamiyatsiz bo‘lsa, shart-sharoit murakkab bo‘lib, mojaro yechimi ko‘p 
kuchni talab qilsa, individning irodasi yetmasa, bunday harakat yuzaga 
kelishi mumkin. 
Raqobat 
(qarama-qarshilik). Bunda individ o‘z manfaatlariga eri-
shish uchun faol kurash olib boradi, ko‘zlangan maqsadlariga yerishish 
yo‘lida barcha vositalarni ishlatadi, masalan, kuch ishlatish, hokimlik 
tomonidan bosim o‘tkazish, muxolifga boshqa vositalar yordamida ta’sir 
qilish. Shart-sharoit individ tomonidan juda muhim deb qabul qilinadi.
 
Bu yerda g‘alaba qozonish yoki mag‘lub bo‘lish masalasi hal qilinadi. 
Shuning uchun muxoliflarga nisbatan jiddiy pozitsiya tanlanadi va 
boshqa ishtirokchilar qarshilik ko‘rsatsa, ularga qarshi ayovsiz kurash 
olib boriladi.

Moslashish, yon berish
. Individning harakatida muxolifga nisbatan 
bo‘lgan munosabatni saqlash yoki uni tiklash nazarda tutiladi. Bu ish o‘z 
manfaati evaziga tushunmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bun-
day yondashuvda individning ulushi kam yoki kelishmovchilik pred-
meti unga nisbatan muxolif uchun muhimroq bo‘ladi. Agar muxolif 
bilan bo‘lgan nizoda individ uchun o‘zaro munosabat uncha muhim 
bo‘lmasa, muxolif bilan bo‘lgan aloqa individ uchun kerak bo‘lsa, agar 
individning g‘alabaga qurbi etmasa, kuchi oz bo‘lsa bunday harakat
mojaroda qo‘llaniladi. 
Hamkorlikda individ barcha ishtirokchilarni koniqtiruvchi yechim-
ni izlashda faol ishtirok etadi. Shu bilan birga, u o‘zining manfaatlarini 
ham esdan chiqarmaydi. Ochiqchasiga fikr almashish, umumiy qaror 
qabul qilishda nizo ishtirokchilarining manfaatlari nazarda tutiladi. Maz-
kur shakl ijobiy va barcha tomonlarning ishtirokini talab qiladi. Agar 


29 
muxoliflarning vaqti bo‘lsa, muammoning yechimi barcha ishtirokchilar 
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa unda, masalalarni har tomonlama 
muhokama qilib, barcha ishtirokchilarning manfaatlarini e’tiborga olib, 
umumiy yechimga kelsa bo‘ladi.
Murosada ishtirokchilar harakatlari o‘zaro kelishuvlar hisobiga 
yechimning topilishiga, har ikki tomonlarni qoniqtiruvchi oraliq yechim-
ni ishlab chiqishga qaratilgan. Bunda hech kim ko‘p narsa yutmaydi va 
hech narsa yo‘qotmaydi. Muxoliflar bir xil kuchga ega bo‘lib, bir-birini 
inkor qiluvchi manfaatlari bor bo‘lsa, yaxshiroq qaror qabul qilishga 
vaqti bo‘lmasa, ularni ma’lum vaqt ichida oraliq yechim qoniqtirsa, 
bunday harakat usuli ishlatiladi. Konfrontatsiya raqobat va hamkorlik 
jarayonida qaror qabul qilish uchun muhim shart bo‘lib qoladi. Nizoning 
yechimi uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf qilishga qaratilganligi 
hisobga olinsa, unda mazkur masalani yechishda hamkorlik usuli to‘liq 
qoniqtiradi. Bosh tortish va moslashishda mojaroning yechimi kechikti-
riladi, o‘zi esa yashirin shaklga o‘tkaziladi. Murosa nizoning faqat qis-
man yechishga yordam beradi, chunki o‘zaro yo‘l berishlar mavjud 
bo‘lib, sabablari to‘laligicha bartaraf etilmagan. 
Ba’zi holatlarda oqilona va nazoratdagi konfrontatsiya nizoning 
yechimi nuqtayi nazaridan yon berish va bosh tortish usulidan sama-
raliroq deb qabul qilingan. Biroq bunday qarashlarni ayrim kishilar 
qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu bilan birga, bunda boshqa tomon mag‘lu-
biyatga uchrashligini ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Bu esa nizolarni 
hal qilishda eng murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Shuni 
e’tiborga olish kerakki, mag‘lubiyat yangi nizolar uchun asos bo‘lib 
qolmasligi va u boshqa nizolarning kengayib borishiga turtki bermasligi 
kerak. Nizoning butunlay hal qilish strategiyasining mohiyati tomonlar-
ning ixtiyoriy ravishda hamkorlik qilishga roziligi doirasida nizo 
sabablarini topib, uni bartaraf etishdan iborat. Bunday strategiya barcha 
uchun foydalidir. Birinchidan, u muxoliflarni sheriklarga aylantiradi. 
Ikkinchidan, nizoli muammo chetga surib qo‘yilmay, butunlay bartaraf 
etiladi. Uchinchidan, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar boshqa strategiya-
lardan olingan yutuqlardan ancha ustun turadi. Mojaro bu strategiya 
doirasida oddiy bir me’yoriy voqelik sifatida qabul qilinadi. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish