Lingvokognitologiya til birliklarining zamiridagi bilim zahirasining
strukturasini tadqiq qiladi. Bilimni sistema sifatida o’rganib, uning sistem
xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Kognitiv konsept
boshqa konseptlardan
farq qiladi. Lisoniy birlik o’zi aks ettirayotgan bilim sistemasi bilan yaxlitlikda
olinganda, kognitiv konsept maqomida bo’ladi. Konsept tushunchaga, tushuncha
esa lug’aviy ma’noga o’z “qaymog’”ini beradi. Shu asosda nutqiy hodisalardan biri
( jumladan topishmoqlar) ilmiy–nazariy tahlil uchun tortiladi.
Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida
yuzaga keladigan mantiqiy
(mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar
qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o’ringa chiqadi. Ma’lumki, inson
narsa va predmet,
hodisalarni bilishda, idrok qilishda qator mantiqiy–ruhiy
harakatlarga ega bo’lgan faoliyatni amalga oshiradi.
Zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi eng asosiy metodlardan freym analizi,
kognitiv metafora va kognitiv xarita faol hisoblanadi.
Freym tahlilining asosiy maqsadi shundan iboratki, tilda berilgan tushuncha
bizning miyyamizda butun bir holat yoki vaziyat sifatida namoyon bo’lishidir bu
esa miyyamizda faqatgina bitta tushuncha kirib qolishini rad etadi.
Kognitiv metafora oddiy metaforadan farq qiladi. Oddiy metaforada
so’zlarning ahamiyati, tilshunoslikdagi fenomenona, ta’sirchanlik
va badiiy
bo’yoqdorlik muhim rol o’ynashi bilan birgalikda, bunda ikkita asosning o’zaro
bog’liqligi va odatda shoirlar va notiqlar tomonidan ko’pincha ishlatilishi alohida
ajarlib turadi va odatda so’zning ko’chma ma’nosi sifatida qaraladi. Kognitiv
metaforadagi ikkita tarmoq ya’ni nishon va manba tarmoqlari bo’lib, odatda nishon
qismi tasvirlanishi kerak bo’lgan asos bo’lsa, manba
qismi esa metaforaga oid
bo’lgan qismi bo’lib, nishon qismining mag’zini ochib beradi. Kognitiv
metaforaning turlari ham bu bobda alohida muhokama qilinadi. Uning 4 ta asosiy
turi bo’lib, ular: strukturaga oid metafora, ontologik metafora, oriyental metafora,
konteyner metafora.
Kognitiv xarita konseptning lingvistik ma’nosini ochib berishdagi
xizmatidan tashqari u nomoddiy tahlil sifatida ham qaraladi va bu tushunchaning
kaliti hisoblanadi Konseptdagi ma’noni yanada chuqurroq
tahlil qilishda va
konseptning lingvistik ko’rinishini ifodalashda tilshunoslar tomonidan taklif
qilingan kognitiv xaritani quyidagi strukturalari bor: lug’atdagi ma’nolar va
lug’atshunoslikdagi
izohlar,
paradigmatik
bog’lovchilar,
syntagmatik
bog’lovchilar, yordamchi bog’lovchilar, frazeologik bo’limlarda, tushunchaning
tabiiy konseptualligi.
Ushbu kognitiv tilshunoslikning metodlari qo’shma so’zlarda ma’no
uyg’unligini ochib berishda alohida e’tiborga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: