Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
— Siz kemaning mashina bo‘limida hech bo‘lganmisiz? — deb so‘radi u Ishoqdan. 
— Yo‘q, hech qachon. 
— Men ham ko‘rishni xohlayman! — dedi Jamila sevinib ketib. 
— Yo‘q, Bebi, u yerda hammayoq mazut, moy, sariying iflos bo‘ladi. 
— Bo‘lsa bo‘lar! — dedi Jamila injiqlik qilib. — Men mashinalarni ko‘rmoqchiman. 
Mo‘ltoniy, iloj qancha, degandek qo‘llarini yoydi. Jamila xuddi go‘dak boladay shirin kuldi va chapak 
chalib yubordi. 
Jamilaning bo‘yi Shakuntala bilan Sanjananikidan sal pastroq edi; garchi uning qaddi-qomati 
to‘lishishga moyildek ko‘rinsa ham, bu qiz Ishoqqa bag‘oyat yoqimtoy bo‘lib ko‘rindi. Ayniqsa, uning 
go‘dak bolalardek sho‘x kulishi va mashina bo‘limini ko‘rishga astoydil ishtiyoqi Ishoqni rom qilgan 
edi. 
* * * 
Agar palubadagi lyuk oldida turib pastga, kemaning qursog‘iga joylashgan mashina bo‘limiga 
qaralsa, u naq do‘zax bo‘lib ko‘rinadi. U yoqdan do‘zaxiy jazirama va dim havo tinmay ufurib turardi. 
Pastda, juda chuqurlikda hammayog‘iga moy surilganidan yaraqlab turuvchi g‘oyatda murakkab qop-
qora mashinalarning sharpasi ko‘zga tashlanadi. U yerdagi qora jomakorlar kiygan olovkorlar 
palubada turgan odamlarga xuddi mitti qo‘g‘irchoqlardek bo‘lib ko‘rinishadi. Mashina bo‘limiga 
tushuvchi aylanma zina bir-biriga chalkashib ketgan turli xil quvurlar va jumboqli mexanizmlar 
orqasidan o‘tgan. 
— O, bu yer juda ham issiq ekan, — dedi Ishoq. 
— Kayutaning issig‘i ham bundan qolishmaydi! — deb e’tiroz bildirdi Shakuntala. 
— Qani, tushdik bo‘lmasa. 
Zina juda tor edi, agar ikkita odam to‘qnash kelgudek bo‘lsa, bir-birining yonidan zo‘rg‘a qiynalib 
o‘tardi. Buning ustiga, zina pastga tushgan sari yana ham torayib borardi. 
Qizlar pastga ko‘z tashlab cho‘chib ketishdi va orqalariga tisarilishdi — bunday tor zinadan yakka-
yakka bo‘lib tushish qo‘rqinchli edi. Garchi janob Moti Ram Mo‘ltoniy, qizlarni mehmon qilish, 
shampan vinosi bilan siylash uchun jonini ayamasa ham, ularga o‘z kechmishlari haqida maroqlanib 
hikoya qilishga suyagi yo‘q bo‘lsa ham, lekin ularga yordam qo‘lini cho‘zishga mutlaqo jur’at eta 
olmasdiki, buni Ishoq bir qarashdayoq sezdi. Haqiqatan ham, Mo‘ltoniy hammadan keyinda turib olib, 
xonimlarni zinadan tushishga undar, sarilaringizni temir tutqichga tekkizmang, mazut dog‘i yuqishi 
mumkin, deb ogohlantirardi. 
Xo‘sh, qizlar nima qilishsin? Qo‘llari va sarilarini iflos qilmaslikka urinsinlarmi yo bu noqulay zinadan 
tushayotganda qoqilib ketib yiqilmaslik tashvishini qilsinlarmi? Boz ustiga, vahimaga tushib, oh-voh 
qilishlari ham kerak bo‘ladi hali! Tag‘in, hammasi birvarakayiga! Yo‘q, bu sira mumkin emas! 
Umuman olganda, mumkin. Bu qizlarning har bittasi zinadan hech qiynalmay chopib tushishi va 
shunday osonlik bilan yuqoriga chopib chiqishi hech gapmas. Navnihol, kuchli, sog‘lom qizlar uchun 
buning hech qiyin yeri yo‘q, lekin axir o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini erkaklarga namoyish 
qilinsa, uyat bo‘lmaydimi? Axir sharmandalik-ku, bu! Qolaversa, qizlarning bunaqa qilig‘i erkaklarga 
ham yoqmaydi... Unda qanday tushishsin zinadan? Xonimlar taraddudda turib qolishdi. Shunda Ishoq 
Sanjanaga qo‘lini uzatib, dedi: 
— Ijozatingiz bilan, sizga yordamlashay! 
Sanjana dam oh-voh qilib, dam chiyillab, zinaning birinchi pog‘onasiga qadam qo‘ydi. Shakuntala 
bilan Jamila unga ergashdilar. Ular orqasidan Mo‘ltoniy pillapoyaga qadam qo‘ydi. U Ishoqning 
Sanjanani qo‘ltiqlab olganini ko‘rib, qattiq xijolat bo‘ldi va go‘yo burnini artmoqchi bo‘lganday, 
cho‘ntagidan ro‘molchasini olib, uyalganidan cho‘g‘day qizargan yuzini to‘sdi. Pastda zina toraya 
boshlagan yerda Ishoq har bitta qizni birin-ketin belidan quchib, uchoviga ham ko‘maklashdi. Bu hol 
boyagina birgalikda shampan vinosi ichgan qizlar bilan o‘zi o‘rtasida beixtiyor g‘alati yaqinlik tuyg‘usini 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish