Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon



Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Krishan CHANDAR 
 
 
 
MUSAFFO OSMON 
Qissa
 
 
Jamilaning nopok qilmishidan ruhan ezilgan Ishoq Khandalaga jo‘nadi: u o‘sha yerda o‘lmoqchi edi. 
Khandalada u eng qimmatli mehmonxona — “Atirgul oteli”ning bir kottejini ijaraga oldi. Yetti kunga. 
Bu yerning jannatvash muhitida u yetti kun huzur-halovatda yashaydi, so‘ng o‘ladi. 
Ishoq Bombaydan chiqib ketayotganida shu qarorga kelgan edi. U Bombayda, Jamilaning uyi 
ro‘parasidagi o‘zining torgina xonadonida o‘lishni xohlamadi; shahar tashqarisiga qatnovchi poezd 
g‘ildiraklari ostida jon taslim qilishni ham istamadi; bandargohning yog‘ bosgan sassiq suviga cho‘kib 
o‘lishga ham uning xohishi yo‘q edi. U o‘zining o‘lishi uchun artistona nozik did bilan G’arbiy Gatning 
durdonasi bo‘lmish malohatli Khandalani tanladi. Bu yer mamlakatning eng muhtasham kurortlaridan 
biri edi. 
U bankdan o‘z hisobidagi pulning hammasini oldi-da, Khandalaga jo‘nab ketdi. Bu pul uning eng 
qimmatli otelda yetti kun huzur qilib chiroyli kun kechirishi uchun kifoya edi; bu kunlar unga xuddi 
go‘zal ohudek tuyilayotgandi; keyin sezdirmay keladigan o‘lim... Ko‘pchilik ohularning o‘limi singari 
sezilmas o‘lim; yetti kun o‘tgach, ularning dunyoga kelgani unut bo‘lib ketadi. Va lekin bu kunlar faqat 
yettita bo‘lsa ham aslo o‘z husni-latofatini yo‘qotmagay! 
Ming-ming yillar davomida bashariyat ko‘zlari tungi samo yulduzlarining go‘zalligidan farahlanib 
bahra olganlar. Agar u ko‘zlardagi farah so‘nguday bo‘lsa, go‘zallik yo‘qolardi — faqat yulduzlargina 
qolardi. Boqiy go‘zallik barham topardi. Biroq bulutlar yomg‘irlarini to‘kib bo‘lib, o‘z parvozlarini 
G’arbiy Gat tog‘i tepasida sekinlashtirganida, yer siynasidan ozuqa emgan liana tanasidagi beadad 
yaltiroq qurtlar birdaniga miltillay boshlaydilar — xuddi zulmat tun ro‘yi zaminga Somon Yo‘li 
yulduzlari shu’lalarini to‘kkandek; ayting, ana shu bir lahzalik go‘zallikka teng keladigan yana nima 
bor? Bunday lahzalar chaqmoqdek oniy shu’ladan so‘ng paydo bo‘lib, zim-ziyo tun qo‘yniga g‘arq 
bo‘ladi. Hattoki yulduzlar jamoli ham bu oniy latofatni xiralashtirishga ojizdir. 
“Mayli, mening mangu zulmat arafasidagi hayotimni ana shu yaltiroq qurtlar bezab tursin, — deb 
o‘yladi Ishoq. — Oldin yetti charog‘on lahza, keyin — mangu zimiston baqo olami”. 
U o‘z niyatini amalga oshirish uchun nufuzli serhasham “Atirgul oteli”ni tanladi. Bu otel tepalikda 
joylashgan bo‘lib, tomi qizil cherepitsa bilan yopilgan, devorlari pushti rangga bo‘yalgan edi; otelning 
kottejlari baland markaziy bino atrofini xuddi ochilgan gul barglaridek o‘rab olgan ediki, uzoqdan 
qaragan odamga bu tepalikda chindan ham mahobatli atirgul ochilib turgandek bo‘lib ko‘rinardi. 
Ishoqning kotteji chekkaroqdagi bir do‘nglikda bo‘lib, uning derazalaridan tepalik yonbag‘ridagi 
yam-yashil o‘tloqlar ham, pastda, vodiydan o‘tgan temir yo‘l ham ko‘rinib turardi. Temir yo‘lning 
nariyog‘ida to Lonavalagacha cho‘zilgan tog‘ tizmasi tikka qad ko‘targan. Temir yo‘l o‘tloqlar va 
do‘ngliklarni xuddi ilon izi singari oralab o‘tarkan, goh ko‘zga ko‘rinmay qolar, goh yana paydo bo‘lib, 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish