Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “molekulyar- kinetik nazariya asoslari” boʻlimini innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻqitish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana06.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#484792
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
4. Hikmatova Nigara BMI

Har kim har kimga o‘rgatadi.
“Har kim har kimga o‘rgatadi?” usuli 
o‘quvchilarga o‘rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o‘zlashtirgach o‘rtoqlari 
bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish usulidir. 
Yuqorida nomlari yozilgan innovatsion usullarning fizika mavzularida 
qo‘llashni ko‘rib chiqamiz. 
Modellashtirish usuli – o‘qituvchi bayon qilayotgan xodisa va voqealarni 
o‘quvchi parallel holatda idrok etib, o‘z daftarida chizayotgan model orqali yangi 
mavzuni mustaxkamlaydi. Masalan, VI sinfdagi “Ichki yonuv dvigateli. Bugʻ 
trubinasi” mavzusini misol qilib ko‘rsatish mukin. Bu mavzuni o‘tishdan oldin 
o‘qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini sinfga olib kiradi va tushuntiradi. 
Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 
1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? Yonilgʻi to‘gʻridan-to‘gʻri 
dvigatelning ichida, uning silindrida yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli 
deyiladi. 
2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‘ladi? 
Dvigatel silindrdan iborat bo‘lib, uning ichida porshen yuradi, porshen tirsakli 
valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun valga salmoqli 
gʻildirak (maxovik) o‘rnatilgan. Silindrning yuqoridagi qismida ikkita klapn bo‘lib, 
ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda ochilib, 
yopilib turadi. Yonuvchi aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, svecha 
yordamida alanga oladi. Yonganda hosil bo‘lgan gazlar ikkinchi klapan orqali 
chiqarib yuboriladi. Bularning hammasi model orqali ko‘rsatib boriladi. Shunday 
qilib, dvigatelning asosiy qismlari: silindr, porshen, tirsakli shatun, val, salmoqli 
gʻildirak, klapanlar, svechalar. 
Bugʻ trubinasining modeli ham shu asosda modelga qarab tushuntiriladi, ya’ni 
oldin savollar beriladi. So‘ng shu savollar asosida javob berib boriladi. Savollar 
quyidagilardan iborat: 
1. Bugʻ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? Bugʻ yoki yuqori 
haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini porshen, shatun va tirsakli val 
yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi. 


36 
2. Eng sodda bugʻ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? 
Valga disk o‘rnatilgan bo‘lib, uning to‘gʻiniga kuraklar maxkamlangan. Kuraklar 
yaqiniga kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak, sodda bugʻ 
turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir. 
3. Bugʻ turbinasi qanday ishlaydi? Soplolarga qozondan bugʻ keladi. 
Soplolardan otilib chiqayotgan bugʻ oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va 
turbinaning diskini tez aylantirib beradi. 
4. Bugʻ turbinalari qaerlarda ishlatiladi? Ular issiqlik elektr stansiyalarida va 
kemalarda hamda teplovozlarda ishlatiladi. 
5. Bugʻ o‘rnida boshqa maxsulot ishlatish mumkinmi? Ha, bugʻ o‘rnida 
gazning yonish maxsulotidan foydalaniladigan gaz turbinalari asta-sekin tobora 
keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 
Namoyish qilish. (Demonstratsiya) usuli. Demonstratsiya – lotincha so‘z 
bo‘lib, ko‘rsataman, isbotlayman degan ma’nolarni bildiradi. 
Bu usul o‘quvchilarni bilimga qiziqtirishni so‘ndirib, o‘qishda charchatib 
zada qilib qo‘ymaslik uchun o‘quv mavzularini tajriba qilib ko‘rsatish va fizik 
asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi. 
Bu usul o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. 
Kichik guruxlarda ishlash. O‘qituvchi mexnatining murakkabligi har bir 
shaxsdagi yoki guruxdagi imkoniyatlarning rivojlanishiga sharoit yarata bilishdir. 
Eng muhimi, o‘quvchining o‘zini shaxs deb tushunishiga o‘qituvchi yordam 
berishi zarur, o‘zligini, xayotini. Dunyoni idrok etishga extiyoj uygʻotishi darkor: 
unda insoniy gʻurur tuygʻusini va uning tarkibiy qismi – o‘z xatti-xarakatlari uchun 
o‘zi, do‘stlari, maktab, jamiyat oldida ma’suliyat hissini tarbiyalash kerak. 
O‘quvchilar bilim olish yo‘lidagi mashaqqatli mexnatida muvaffaqiyat qozonishi 
uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining imkoniyatlariga ishonishi zarur. Bu yo‘ldagi 
muvaffaqiyatlar o‘qituvchining qat’iyatiga, toqatiga, o‘z vaqtida yordamga kela 
bilishiga bogʻliq. O‘quvchilarni 4 guruxga bo‘lib olish kerak. Keyin ularga nom 
berish kerak. Masalan, atom, molekula, kuch, ish yoki boshqacha nomlanadi. 


37 
O‘tiladigan mavzudagi muhim so‘zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi masalani berib, har bir guruxning 
xulosasini eshitadi. 
Massasi 2 tonna bo‘lgan samolyot 400 m balandlikda 50 m/s tezlik bilan 
uchayotgan edi. Samolyot dvigateli o‘chirilgan holda shu balandlikdan pasaya 
boradi va qo‘nayotganda uning tezligi 30 m/s bo‘ladi. Dvigatel ishlatilmagan 
tarzda samolyot uchishiga havo qarshilik kuchining bajargan ishi topilsin. 
Berilganlar: m=2t=2000kg, 
V
1
=50 m/c, V
2
=30m/c, h=400m, A=? 
Yechilishi: a) samolyotning keyingi (ikkinchi) vaziyatdagi potensial 
energiyasini nolga teng deb hisoblasak, birinchi vaziyatdagi (h balandlikdagi) 
potensial energiyasi mgh bo‘ladi. Shuning uchun, samolyotning birinchi va 
ikkinchi vaziyatlardagi mexanik energiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: b) 
samolyotning birinchi vaziyatdan ikkinchi vaziyatiga o‘tishda unga ogʻirlik 
kuchidan tashqari havoning qarshilik kuchi ham ta’sir qiladi. Bu kuchning bajargan 
ishi to‘la mexanik energiyaning o‘zgarishiga teng, ya’ni: 
V) formulalarga qo‘yib hisoblashlarni olib boramiz. 
Javob: Qarshilik kuchi – 8,6 MJ ish bajaradi. Bundagi minus (-) harakatga 
qarshilik ko‘rsatadigan kuchlarning ishi manfiy ekanligini ko‘rsatadi. 
Bundan ko‘rinadiki, bu usul guruxni gʻoyalar beradigan o‘quvchilar va ularni 
ishlab chiqadigan o‘quvchilarga bo‘lish kabi qoidalarni o‘zida mujassam etadi. Shu 
bilan bir qatorda guruxlarni o‘zaro faol xarakat qilishga undaydi. O‘qituvchi dars 
ijodkori, demak, u o‘z yo‘lini izlashi kerak. O‘qituvchi guruxdagi o‘quvchilarga 
nimani nimaga qiyoslashni o‘rgatishi zarur. Har qanday xodisani shunday o‘rgatish 
kerakki, o‘quvchilar chin ko‘ngildan, ya’ni mustaqil xulosalarga, qiyoslarga 
o‘rgansin. 
Aqliy xujum. Bu usul ijodiy hamkorlik, birga fikrlash hamjihatlik darsi, har 
kim o‘z fikrini ayta oladigan va aytishi zarur bo‘lgan erkinlik darsidir. Darsga 


38 
qancha ko‘p va yaxshi tayyorlansang, shunchalar o‘zingni eshitishga, do‘stlaringa 
gapirishga istak tugʻiladi. 
1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. 
2. Termodinamika ikkinchi qonunining ahamiyati nimada? 
3. Issiqlik miqdori temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga 
o‘tadimi? 
4. Okean suvlarining temperaturasini bir gradusga pasaytirishga erishilsa, 
qancha issiqlik miqdori ajrati bolish mumkin? 
5. Issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti n malarga bogʻliq? 
6. Termodinamikaning birinchi qonuning ahamiyati nimada? 
7. Termodinamikaning birinchi qonuni jarayonning ro‘y berish yo‘nalishini 
ko‘rsata oladimi? 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish