3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta
vazifalarni qo‘ymoqda, ya’ni bolani kelajakda jamiyatda
yashashga tayyorlashi
kerak. Bunda birinchi navbatda tez o‘zgarayotgan, yangilanib borayotgan
axborotlar bilan uygʻun holda faol ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi
o‘quvchi yoshlarda shakllantirish lozim. Shu bois,
Respublikamizda yuz
berayotgan o‘zgarishlar barcha sohani qamrab olmoqda. Davlatimiz tomonidan
xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan har bir Farmon va qarorlarda,
jumladan 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘gʻrisida”gi PF-5712-son
Farmonlari, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi
tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-3931-sonli Qarori,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi
“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim
sifatini va ilm-fan
natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-4805-sonli Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi
4884-sonli qarori ijrosi boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar 2020-yil 29-
dekabrdagi murojaatnomasida fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish
etib belgilaganlari, davlatni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida
qo‘yilgan qadam, harakatlar strategiyasining to‘rtinchi bandi aynan ta’lim sohasiga
qaratilganligi shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasining
rivojlanish
strategiyasi birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishning
yo‘nalishlari bilan belgilanadi. Yuqorida aytilgan chora-tadbirlarni
muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun aksariyat sohalarning negizida fizika asos hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar barcha sohani qamrab
olmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan davlatni rivojlantirish, xalq
farovonligini oshirish maqsadida qo‘yilgan qadam, harakatlar
strategiyasining bosh
maqsadi xalq manfaatidir. U besh banddan iborat bo‘lib to‘rtinchi bandi aynan
ta’lim sohasiga qaratilgan [2]. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish
4
strategiyasi birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishning
yo‘nalishlari bilan belgilanadi. Yuqorida aytilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun aksariyat sohalarning negizida fizika asos hisoblanadi.
Yurtimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda iqtidorlilarni ragʻbatlantirish va
qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk
kelajak yaratish yo‘lidagi maqsadlarimiz, hatti-harakatlarimizning pirovard natijasi
bevosita ta’lim tizimidagi islohatlarimizga bogʻliqdir. Ta’lim tizimini rivojlantirish
va kelajak avlodni tarbiyalash ta’lim tizimini qayta shakllantirishning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [1].
O‘quv-tarbiyaviy ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida insoniyat
taraqqiyot bosqichlarida bir qator dasturlar va qonunlar qabul qilinganligini shu
sohaning rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi.
Ta’lim strukturasini bu zaylda o‘zgartirishning o‘zi, o‘qituvchilarni
zamonaviy bilimlar tizimi, zaruriy hayotiy malaka va ko‘nikmalar bilan ta’minlash
uchun yetarli imkon bermaydi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxatlar umumiyoʻrta
ta’lim muassasalaridagi va oliy ta’lim muassasalarida fizikani oʻqitish
mazmuni
yangilanishi ta’limda pedagogik texnalogiya va axborot texnologiyalardan keng
foydalanishga erishish dolzarb muammodir. Davlat ta’lim standartlarida
koʻrsatilgan fizika fanini har tomonlama mukammal oʻqishga oʻquvchi talabalar
bilimini chuqurlashtirishga ularning koʻnikma va malakalarni
rivojlantirishga
xizmat qilish, fizika oʻqitish mazmunini yangilanishi ta’limda pedagogik
texnologik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga erishish dolzarb
vazifadir
Demak, ta’lim-tarbiya sohasida o‘tkaziladigan chuqur o‘ylangan islohotlar,
avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochsa,
pirovardida xalq
ma’naviyati takomilida hal etuvchi ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi fikrlar shuni tasdiqlaydiki, o‘qitilayotgan fan zamon talabiga mos
kelishi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishi dolzarb masalalardan biridir.
Shuning uchun berilayotgan axborotlarning muhimlarini saralab, o‘quvchilarga
5
yetkazish muhim ahamiyatga ega. Umumiy o‘rta ta’lim maktablariida
«Molekulyar-kinetik nazariya asoslari» boʻlimini innovatsion texnologiyalar
asosida o‘qitish metodikasi o‘rganish va takomillashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: