2. Termodinamik metod.
«Termodinamika» so‘zi «termo» — «issiqlik» va
«dinamika» — «kuch», «harakat» so‘zlaridan olingan. Termodinamik metodda
o‘rganilayotgan moddaning holati temperatura, bosim, hajm kabi termodinamik
parametrlar bilan aniqlanadi. Molekulyar fizikani o‘rganishda har ikkala statistik
va termodinamik metodlar bir-birini to‘ldiradi. Bu metodlar gaz, suyuq va qattiq
holatdagi moddalarning tuzilishi va ularda bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishda
foydalaniladi. Fizikaning ushbu bo‘limida avvaliga statistik metodga asoslangan
«Modda tuzilishining Molekulyar-kinetik nazariyasi asoslari»ni (I bob) va
termodinamik metodga asoslangan «Termodinamika elementlari»ni (II bob)
o‘rganasiz. So‘ngra esa har ikkala metod qo‘llanilgan «Suyuqliklardagi sirt
hodisalari»ni (III bob), «Qattiq jismlarning xossalari»ni (IV bob) va «Modda
agregat holatining o‘zgarishi»ni (V bob) o‘qitiladi. Fizik hodisalarga termodinamik
usulni qo‘llash imkoniyati ularda energiyaning bir turdan boshqa turiga aylanish
jarayonlari bilan bogʻliqdir. Jismlarning fizik xususiyatlarini termodinamik usul
bilan
o‘rganadigan fizikaning bo‘limiga termodinamika deb ataladi.
Termodinamika tajribalaridan aniqlangan juda ko‘p ma’lumotlarni umumlashtirgan
ikki fundamental qonunga tayanadi. Shunday qilib, mikroskopik zarrachalaridan
tashkil topgan sistemaga oid tadqiqotlarda har ikkala usul ham statistik va
termodinamik usullar keng qo‘llaniladi va ular o‘zaro bir-birini to‘ldiradi.
17
1.3. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “Molekulyar-kinetik nazariya”
boʻlimining mazmuni
Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish maqsadida “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘gʻrisida” gi qonun qabul qilindi. Bu qonunning
ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 6 arelda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy
o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to’gʻrisida” gi 187-sonli qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida umumiy o‘rta
ta’lim maktablari uchun fizika kursidan davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi.
Bu hujjatlarga asosan respublikamizda ta’lim bir nechta bosqichda amalga
oshirilmoqda. Shu turlaridan umumiyoʻrta ta`lim maktablarining 6-11 sinflarida
ham fizika fani maxsus oʻqitiladi. Endi bu ta`lim turlarining har birida fizikaning
boʻlimlaridan biri boʻlmish “Molekulyar fizika va termodinamika” asoslarini
oʻqitishningoʻziga xos jihatlarini qarab chiqamiz. Umumiyoʻrta ta’lim
maktablarida fizika fani 6-sinfdan boshlaboʻrganiladi. 6-sinfga kelgan oʻquvchini
tabiiy yoʻnalishdagi bir qator fanlarni hamda matematika fanini quyi sinflarda
oʻqigan va bu fanlar boʻyicha ma`lum bilimga, amaliy koʻnikma va malakalarga
ega boʻlganligini inobatga olgan holda, fizika fanini oʻqitish tashkil etiladi.
Dasturga asosan 6-sinfda fizika kursi mazmunioʻzgartirmagan holda‚ fizik
hodisalar va kattaliklaroʻrganish ketma-ketligi ulardan birini tanlab olish
imkoniyatiga ega. Ulardan birinchisida fizika an’anaviy boʻlgan usulda avval
jismlarning harakati, bosiboʻtgan yoʻli, unga ketgan vaqti, tekis va notekis
harakatda tezlik, massa, zichlik kabi fizik kattaliklaroʻrganiladi. Soʻngra modda
tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 6-sinf fizikasining 1-bobida berilgan, 6-
sinfda modda tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga 6 soat ajratilgan boʻlib, bu bobda
modda tuzilishi haqida antik davr olimlari va yurtdoshlarimiz boʻlgan Roziy,
Beruniy, Ibn Sino ta`limotlari‚ molekulalarning tartibsiz harakati‚ qattiq jism‚
suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi‚ diffuziya hodisasi haqidagi
boshlangʻich bilimlarni oʻquvchilarga berib boriladi. Mavzuga tegishli elementar
18
mavzularning oʻqitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek 4t a demonstratsion, tajriba
1 ta laboratoriya ishi suyuqliklarda diffuziya hodisasini oʻrgatiladi.
Yangi ta’lim tizimi asosida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi
Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv reja bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limda
fizika fani 6-sinfdan 11-sinfga qadar hamda ixtiyoriy ravishda o‘quvchilar 9-
sinfdan keyin akademik litseylarda o‘qishni davom ettirish mumkin. Shuni hisobga
olgan holatda akademik litseylar, kasb hunar maktablari uchun ham alohida o‘quv
dasturi ishlab chiqiladi va u maktab dasturini davomi sifatida o‘qitiladi. O‘quv
rejaga asosan o‘quv dasturi, fan dasturi, ishchi reja va yillik taqvim mavzu rejasi
tuziladi.
Fizika dasturi bo‘yicha fizika kursi alohida o‘quv predmeti sifatida VI sinfda
haftasiga 2 soatdan jami 68 soat ajratilgan bo‘lib, maktab fizika ta’limining
birinchi yilida o‘quvchilarga fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy
ma’lumot beriladi va shu bilan birga fizika fani rivojiga hissa qo‘shgan
allomalarimiz bilan tanishtiriladi.
AL XORAZMIY
AL FAROBIY
ABU RAYHON
BERUNIY
ABU ALI IBN
SINO
Shu bilan birga o‘quvchilar modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma`lumotlarni
qay darajadaoʻzlashtirganini bilish maqsadida 1-bobni yakunlash boʻyicha nazorat
savollari ham berilgan. Mexanika boʻlimi jismlarni harakati va muvozanat holati
haqidagi boʻlimdir. Bu boʻlimdan keyingi boʻlimlarida qoʻllaniladigan koʻplab
tayanch tushunchalar oʻrganiladi. Ma`lumki jismlarning oʻlchamlari va massalarini
bilish‚ ularni barcha xossalarini tushuntirib berish uchun yetarli emas. Atrofdagi
19
jismlar bir – biridan faqat oʻlchamlari va massalari jihatdangina emas‚ boshqa bir
qator tomonlari bilan ham farq qiladi. Jismlarni xossalari ularni qanday
tuzilganligiga hamda uning qismlari qanday kuchlar bilan ta`sirlashishiga
bogʻliqdir. Shuning uchun‚ moddaning tuzilishi haqidagi masala, fizikaning asosiy
masalalaridan biridir. Bu masala fizikaning molekulyar fizika va issiqlik hodisalari
boʻlimida batafsil o‘rgatiladi. Boʻlimning oʻziga xos tomoni ham ana shundadir.
9-sinf o‘quv dasturi: 68 soat, xaftasiga 2 soatdan ajratilgandir. Molekulyar
fizika - fizikani turli agregat holatlardagi jismlarni xossalarini‚ ularning molekulyar
tuzilishlari asosida qarab chiqadigan boʻlimdir. Molekulyar fizikanioʻrganish‚
tabiatshunoslik fanlari nuqtai nazaridan olamni bugungi tasviriga boʻlgan ilmiy
qarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mexanikanioʻrgangandan keyin
molekulyar
fizikanioʻrganishgaoʻtish‚
oʻquvchilarni ilmiy dunyoqarashini
shakllanishida butunlay yangi bosqichdir. Mexanik hususiyatlardan farqlioʻlaroq‚
issiqlik hodisalaridagi yangi hususiyatlari 2 omil‚ ya`ni moddani uzlukli tuzilishi
hamda‚oʻzaro tasirlashuvchi‚ zarralar atom‚ molekula‚ ionlar sonining kattaligi
bilan izohlanadi. Shu sababli‚ issiqlik hodisalarini tushuntirish uchun mexanikada
koʻrilmagan yangi temperatura‚ molekulalarning oʻrtacha kvadratik tezligi‚ ideal
gaz‚ gazni hajmi va bosimi‚ ichki energiyasi‚ issiqlik muvozanati‚ issiqlik
jarayonlarini‚ yoʻnalganligi hamda termodinamikaning qonunlari oʻrganiladi.
Molekulyar fizikani oʻrganishdagi yangi bosqich 3 asosiy xususiyati bilan
harakterlanadi:
-
qat`iy mantiqiy bogʻliqlikda berilgan yanada kengroq ilmiy tushuncha va
hodisalar qamrab olinganligi;
-
ularning molekulyar hususiyatlarini miqdoriy tavsiflanishi;
-
termodinamik hamda statistik metodlar kabi ilmiy bilish metodlarining
izohlanishi va qoʻllanilishi.
Maktab fizika kursini boʻlimi sifatida molekulyar fizika va issiqlik hodisalari
jismlarni mexanik va issiqlik hususiyatlarini‚ shuningdek moddalarning tuzilishi
hamda zarralarni oʻzaro ta‘sirlashuvlariga bogʻliq ravishda ularni agregat
oʻtishlarini oʻrganadi. Bunda makroskopik moddiy sestema parametrlari P,V,T‚ sirt
20
tarangligi va boshqalar bilan zarrachalar parametrlari harakat tezligi‚
konsentratsiyasi‚ oʻzaro ta`sir qiluvchi kuchlar va boshqalar aniqlanadi. Bunday
oʻrganishdan soʻng makrohodisalar va jarayonlar molekulyar-kinetik nuqtai
nazardan izohlanadi. Natijada‚ fizik metodlarni mikroolamni oʻrganishdagi qudrati
namoyon boʻladi‚ mikroolamnioʻrganish‚ moddalarni ichiga kirib borish
imkoniyatlarini aniqlaydi. Bilimlarni uzatishda qotib qolgan tasavvurlardan
ogohlantiradi. Molekulyar fizika va issiqlik hodisalarinioʻrganish katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega‚ hamda issiqlik texnikasini va ma`lum texnik xususiyatlarga ega
boʻlgan materiallarni yaratish sohasidagi fan va texnikaning quyidagi ulkan
yutuqlarini namoyon qiladi:
- issiqlik hodisalarini bilish mumkinligi va ularni xos hususiyatlari haqidagi
ilmiy tasavvurlarni solishtirish;
- makro va mikro kattaliklar orasidagi sabab va oqibatli bogʻliqliklarni
ehtimoli statistik harakterini ochib berish;
- oʻrganilayotgan nazariya qonun va tushunchalarini tadbiq etish chegaralarni
aniqlash;
- olamni hozirgi zamon tabiiy ilmiy manbalarini vujudga kelish va
rivojlanishda molekulyar kinetik nazariyani ulkan rolini koʻrsatib berishni oʻz
ichiga oladi.
Fizika darslarida har bir bo‘limda labaratoriya mashgʻulotlari, bo‘lim
yuzasidan masalalar yechish va nazorat ishlari o‘tkazish yuzasidan ham yillik
mavzu rejada ko‘rsatiladi.
Fizika fani ham aniq, ham tabiiy fan hisoblangani uchun dars jarayonini
qiziqarli va samarali, mazmunli o‘tilishi katta ahamiyat kasb etadi. Har bir dars
jarayoni o‘qituvchi tomonidan alohida tayyorgarlik, chuqur bilim va ijodkorlik
bilan yondoshish talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |