Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “molekulyar- kinetik nazariya asoslari” boʻlimini innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻqitish


Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlari



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana06.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#484792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
4. Hikmatova Nigara BMI

Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlari 
Toshkent viloyati 
Zangiota tumani XTB tassarufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi. 
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. 
Bitiruv malakaviy ishi, kirish, 
uch bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda izohli 
lugʻatdan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi
. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
«Molekulyar-kinetik nazariya asoslari» boʻlimini innovatsion texnologiyalardan 
foydalanib oʻqitish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 



I bob. FIZIKAGA MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYANING 
KIRIB KELISHI RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
1.1.
 
Fizikada qoʻllaniladigan asosiy molekulyar-kinetik 
tushunchalar va ularni rivojlanishiga xissa qoʻshgan olimlar
Barcha jismlarning eng mayda zarralar-atomlardan iborat ekanligi haqidagi 
tasavvurlar eng qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. Grek faylasufi Demokrit 
eramizdan avvalgi V asrda «Barcha jismlar mayda zarralardan tuzilgan, ular 
atomlar deyiladi» degan fikrni ilgari surgan. Keyinchalik bunday atomistik 
dunyoqarash unutilib yuborildi. Rus olimi M.N Lomonosov moddalarning tuzilishi 
va xossalarini molekulalarning harakati vaoʻzaro ta’siri asosida tushintirgan. Turli 
davrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari asosida ingliz 
olimi J.Maksvellning 1859-yildagi,avstriyalik olim L.Bolsmanning 1868-1871-
yillardagi, amerikalik olim J.Gibbsning 1901-yildagi kashfiyotlari natijasida 
bosqichma-bosqich modda tuzilishining 
molekulyar-kinetik nazariyasi
yaratildi. 
XVII asr oxirlarida va XIX asr boshlarida Boyl-Mariott, Gey-Lyussak, 
Dalton, Avogadro tomonidan eksperimental ravishda ochilgan gaz qonunlari 
modda tuzilishining Molekulyar nazariyasiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi. XVII 
asrning ikkinchi yarmiga kelib Joul, Klauzius, Maksvell, Bolsman, Gibbs kabi 
olimlarning qo‘shgan hissasi bilan Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy 
qonunlari hozirgi ko‘rinishga keldi. Shunga asosan:
1. Barcha moddalar juda mayda alohida zarralar-molekulalardan iborat. Ayni 
moddani tashkil qiluvchi molekulalar mutlaqo bir xildir: turli moddalar esa turli 
molekulalardan iborat. Bir necha atom birikib molekulani tashkil etadi. Atomlar 
turi tabiatda mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlar soniga teng. Gaz ham qattiq 
jismlar va suyuqliklar kabi o‘z massasiga ega. Lekin gaz qonunlarini o‘rganishda 
molar massa tushunchasidan foydalanish qulaydir. Moddaning bir molining 
massasi uning molar massasi deyiladi va m bilan belgilanadi. Uglerod-12 (C) ning 
0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (atom, 
molekula)lardan tashkil topgan moddaning miqdori bir mol deb ataladi. Bu birlik 



shu bilan qulayki, 1 mol gazdagi molekulalar soni gazning turiga bogʻliq 
bo‘lmagan 
o‘zgarmas kattalik bo‘lib, ushbu qiymat Avogadro soni 
(
1
23
10
*
022
.
6




mol
) deb ataladi. Bitta molekulaning massasi m bo‘lsa, 
Avogadro soni orqali molar massa quyidagi ifodaga ega bo‘ladi: 
Mos ravishda N ta molekuladan tashkil topgan gazning massasi: 


*
m
M
Bu ikki massaning nisbatidan V hajmdagi molekulalarning sonini aniqlaymiz: 
Biror hajmdagi molekulalarning sonini aniqlashda gaz massasining 
nisbiy, ya’ni mollar sonini bilish kifoyadir. Bundan ko‘rishimiz mumkin, N ta gaz 
molekulasi egallangan hajm ma’lum bo‘lsa, birlik hajmdagi molekulalar soni uning 
konsentratsiyasi deyiladi va N bu kattalik 
ifoda orqali aniqlanadi. 
Avogadro soni yordamida molekulalarning kattaligini va absolut massalarini 
hisoblash mumkin. Masalan, 
suvni olaylik. Uning massasi lg bo‘lib, bir mol 
suvning 1/18 qismini tashkil qiladi. 
Demak 
suvda 
dona suv molekulasi bo‘ladi.
Shunday qilib, suyuq suv bitta molekulasining hajmi 
= 3*
chiziqli o‘lcham (radiusi) taxminan 
ga teng. 
1. Atom va molekulalarning radiusini aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagi 
misolni keltiraylik. 1 
mis (Cu) tarkibidagi hamma atomlarni bir qator qilib 
tersak, uzunligi 14 milliard kilometr bo‘lgan zanjir hosil bo‘ladi. Bu uzunlik 
yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadan qariyb 90 marta ortiq. Zamonaviy elektron 
mikroskoplar radiusi mikrondan bir necha yuz marta kichik bo‘lgan 



mikrokristallarni kuzatish imkoniyatini beradi. Bunday mikrokristall bir necha yuz 
ming atomdan iboratdir. Atomlarning shu qadar kichik bo‘lishiga qaramay, hozirgi 
zamon fizikasi modda tuzilishining diskretik, ya’ni alohida zarralardan iboratligini 
kuzatish metodlari asosida isbotladi. Atomlar yetarli darajada katta energiyaga ega 
bo‘lgan, ya’ni juda katta tezliklar bilan harakat qilayotgan hollardagina ularni 
bevosita kuzatish mumkin. Bir molekulaning yoki atomning massasi m ni quyidagi 
tenglikdan topish mumkin:
(1) 
- molar massa bo‘lib berilgan modda molekulasi; - massasining; 
-
Avogadro doimiysiga bo‘lgan ko‘paytmaga teng:
(1) formuladan uglerod uchun 
)
(
12
6
C
molar massa aniq 0,012 kg/mol ga teng 
va uning atomining bir atomli molekulalardan tashkil topgan moddalarning molar 
massasi bir sonli atomlarga ega va u mazkur holda atom massasi deb ataladi. 
=
Qator kuzatishlar har qanday moddada uzluksiz ichki harakat mavjudligi 
to‘gʻrisida bizga ishonch hosil qiladi. Bu ichki harakat shu moddani tashkil 
qiluvchi molekulalarning harakatidan iboratdir.
Molekulalarning bu harakati tartibsiz va hech qachon to‘xtamaydi, bu harakat 
faqat modda temperaturasigagina bogʻliqdir. Quyidagi tajriba yordamida moddalar 
molekulalarining uzluksiz va tartibsizligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. 
Bizda A va B idishda har xil gazlar, masalan, birida vodorod, ikkinchisida esa azot 
bo‘lsin. Agar C jo‘mrak ochilsa, biroz vaqt o‘tgach ikki idishda ham shu 
gazlarning tamomila bir xil aralashmasi hosil bo‘ladi. Gazlar o‘z-o‘zidan butunlay 
aralashib ketadi. 1826-yilda ingliz botanigi Broun suyuqlikda muallaq holda 
bo‘lgan juda mayda zarralarning mikroskopda uzluksiz ravishda tartibsiz harakat 
qilib turishlarini ko‘rdi. Broun nomi bilan ataladigan bu harakat hech qachon 


10 
to‘xtab qolmaydi, hech qanday tashqi sabablarga bogʻliq bo‘lmaydi va moddadagi 
ichki harakatning namoyon bo‘lishidan iboratdir. Broun zarralarining massasi 
ayrim molekulalar massasidan bir necha milliard marta katta, ulaming tezliklari 
molekulalaming tezliklaridan juda ham kichik. Shuning uchun ham Broun 
zarralarining harakatini mikroskopda ko‘rish mumkin. Demak, modda faqat dona-
dona tuzilishgagina, ya’ni bir-biridan ajralgan ayrim zarralardan iboratgina bo‘lib 
qolmay, u uzluksiz ravishda harakat qilib turadigan zarralardan tashkil topgandir. 
Shuning uchun ham modda tuzilishi haqidagi nazariya Molekulyar- kinetik 
nazariya deb ataladi. Birinchi marta bu nazariyani M.V.Lomonosov moddaning 
turli agregat holatlardagi xususiyatlarini tushuntirish maqsadida rivojlantirgan edi. 
Hozirgi vaqtda atomlarda harakatlanuvchi zaryadlangan zarralarning borligigagina 
emas, balki atomlar tuzilishi ham aniq ifodalab berilgan. Ammo atom tuzilishi 
qonunlarini mumtoz (klassik) mexanika yordamida to‘la tushuntirish mumkin 
emasligi ravshan bo‘lib qoldi. Shuningdek, atomni tashkil etgan zaryadli zarralarni 
harakat hulati uchun odatdagi mumtoz mexanika tasavvurlarini qo‘llab bo‘lmas 
ekan. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki mumtoz mexanika biz ko‘ra oladigan va 
seza oladigan katta masshtabdagi jismlarning harakatiga doir kuzatishlar asosida 
yaratilgan. Atomlami tashkil qilgan zarralarning o‘lchamlari atomlarning o‘zidan 
ham kichik, ularning o‘lchamlari 
tartibda, ya’ni optikaviy mikroskopda 
ko‘rinadigan zarradan yuz million marta kichik. Bu zarraning massasi esa 
gacha bo‘ladi.
Atomni tashkil qilgan zarralarning alohida xossalari-kvant xossalari bo‘ladi 
va ular kvant mexanikasi qonunlariga bo‘ysunadi. Ammo, atom tuzilishini 
tavsiflashda “Mexanikalashtirilgan” modeldan foydalanish lozim deb hisoblaymiz. 
Bu modelni planetalar sistemasi modeliga o‘xshatish mumkin, ya’ni bu sistemada 
markazda quyosh va uning atrofidagi 8 ta planetalar ellepsoid trayektoriya 
bo‘yicha harakatlanadi. Atomda esa markazda atom yadrosi joylashgan (bu planeta 
sistemasida quyosh), u musbat zaryadlangan, uning atrofida (planetalar sistemasi) 
manfiy zaryadlangan elektronlar aylanadi. Uning zaryadi 


11 
massasi 
ga teng. Yadro va elektronlar orasida ta’sir qiluvchi 
elektr tortish kuchlari elektronlarni yadro atrofida ushlab turadi va “haqiqiy” 
planetalar sistemasida butun olam tortishish kuchlari qanday rol o‘ynasa, bu 
kuchlar atomda shunday rol o‘ynaydi. Turli kimyoviy elementlarning atomlarida 
elektronlar soni turlicha bo‘ladi, ular bir-biridan ana shu bilan farq qiladi. Biroq 
ularning farqi shu emas. Normal sharoitlarda atomlar elektr jihatdan neytraldir, 
shuning uchun biror elementning atomida qancha elektron bo‘lmasin, bu 
elektronlarning umumiy zaryadi son jihatdan atom yadrosining musbat zaryadiga 
teng bo‘lishi kerak. Turli elementlarning atomlari faqat yadroni o‘rab turgan 
elektronlarning soni bilangina emas, balki yadro zaryadning kattaligi bilan ham 
bir-biridan farq qiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish