Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “molekulyar- kinetik nazariya asoslari” boʻlimini innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻqitish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana06.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#484792
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
4. Hikmatova Nigara BMI

Tаrbiyaviy mаqsаd
. O‘quvchilаrga jismoniy tarbiyani, inson xavfsizligini 
ta’minlash choralarini o‘rgatib, ularda onglilikni tarbiyalash, o‘quvchilarni Vatan 
himoyachilari qilib tarbiyalashda kasbga yo‘naltirish. 
Rivоjlаntiruvchi mаqsаd:
O‘quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib 
xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, 
o‘quvchilarda texnikaga bo‘lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish. Mustaqil 
bilim olish qobiliyatini rivojlantirish. Masala yechish malakasini qaror toptirish. 


41 
Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi:
Mаtеmаtikа fаni bilаn fаnlаrаrо аlоqаni аmаlgа 
оshirish. 
Darsning materiallari va jihozlari: 
1. 9-sinf «Fizika» darsligi va uning elektron versiyasi.
2. Doska, bo‘r, ko‘rgazmali qurollar. 
3. electron darslik.
Asosiy tushuncha va atamalar: 
- modda;
- molekula;
- molekulyar kinetic nazariya;
Darsning blok-chizmasi
N
Dars bosqichlari
Vaqti
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
Tashkiliy qism
Kirish suhbati
Tajriba namoyish etish
Yangi mavzu ustida ishlash
Darsni yakunlash va uyga topshiriqlar
8 minut
15 minut
12 minut
12 minut
3 minut
 
Darsning borishi:
VII sinf fizika kursida jismlarning harakatini boshqaruvchi qonunlarni 
o‘rganayotganimizda biz bu jismlarning qanday tuzilganligi, ularning qanday 
xossalarga ega ekanligi bilan qiziqmadik.
Jismlarning xossalari esa ularning qanday tuzilganligiga, qanday qismlardan 
tashkil topganiga va boshqalarga bogʻliq. Moddalarning bu xossalarini molekulyar 
fizika o‘rganadi.
Molekulyar fizika har xil agregat holatdagi moddalarning xususiyatlarini, 
ularning molekulyar (makroskopik) tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning bir 


42 
bo‘limidir. Bunda jismni tashkil qilgan atomlar, molekulalar va ularning o‘zaro 
ta'sir kuchi hamda ularning harakati hisobga olinadi.
Moddaning tuzilishi haqidagi dastlabki tasavvurlar qadim zamonlardayoq 
paydo bo‘lgan edi. Qadimgi yunon olimi Demokrit (er.av. 460—370-yillar) 
tabiatdagi hamma narsa bo‘linmaydigan juda kichik zarra — atomlardan tashkil 
topgan deb tasavvur qilgan.
IX-X asrda Beruniy 152 dan ortiq asar yaratgan. U o‘zining asarlarida 
moddalar mayda zarrachalardan tuzilgan, ular orasida tortishish kuchi mavjud, 
konveksiya, atmosfera bosimi kabi fizik hodisalarning kelib chiqishini, 
qiymatlarini hisoblab, tushuntirib berishga harakat qildi.
XVIII asrda M. V. Lomonosov o‘z zamonasida ma'lum bo‘lgan barcha fizik 
va kimyoviy hodisalarning yagona manzarasini modda molekulalarining harakati 
va o‘zaro ta'siri asosida tushuntirishga urindi.
Siz kimyo kursidan bilasizki, XIX asr boshida kimyogar olimlarning tadqiqoti 
bilan atom-molekulyar ta'limot yana rivojlana boshladi (J. Dalton).
Fizikada molekulyar-kinetik nazariyaning ilmiy rivojlanishi taxminan XIX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Nemis fizigi R. Klauzius, ingliz fizigi J. 
Maksvell va avstriya fizigi L. Bolsman atom-molekulyar nazariyaga asos soldilar.
1905-1906-yillarda A. Eynshteyn zarralarning tartibsiz harakati gipotezasiga 
tayanib, Broun harakatining qat'iy miqdoriy nazariyasini ishlab chiqdi. Buni 1908-
1913-yillarda fransuz fizigi J. Perren tajribada tekshirdi. Perren tajribasining 
natijalari Eynshteyn hisoblarining to‘gʻriligini tasdiqladi. 
Molekulyar fizika — molekulalar va atomlar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchini va 
issiqlik harakati ta'sirida mexanik hamda issiqlik xususiyatlarining o‘zgarishi 
haqida fikr-mulohaza yuritadi.
O‘zbekistonda issiqlik fizikasini o‘rganish asosan akademik P. Q. 
Habibullayev yaratgan xalqaro miqyosda tanilgan ilmiy maktabda olib borilmoqda. 
Bu ilmiy maktab markazi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 
Issiqlik fizikasi bo‘limi hisoblanadi. Unda suyuqlik molekulalarining xususiy 
tebranish chastotalari, undagi kichik o‘lchamdagi mikrostrukturalarning yashash 


43 
vaqti, aralashmaydigan suyuqliklar chegarasidagi fizik hodisalar, suyuqliklarda 
o‘ta yuqori chastotali mexanik to‘lqinlar tarqalish hodisalari va h. k. 
o‘rganilmoqda. Tadqiqot natijalari bevosita xalq xo‘jaligining ko‘pgina sohalarida 
ishlatilmoqda.
Molekulyar-kinetik 
nazariya 
moddalarning 
tuzilishini, 
ularning 
xususiyatlarini, gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jjsmlarda ro‘y beradigan barcha 
hodisalarni molekulalar harakatining natijasi deb qaraydi va ularni shu nuqtai 
nazarga tayanib o‘rganadi. Mazkur nazariya asosida yotgan fikrlar tajribalarda 
tasdiqlangan. Ular quyidagilardan iborat:
a) moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan zarralar — molekulalardan tashkil 
topgan;
b) ular tartibsiz va to‘xtovsiz harakat qiladi;
c) zarralar bir-birlari bilan o‘zaro ta'sirlashadi.
Bu uchta qoida modda tuzilishi 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish