Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “molekulyar- kinetik nazariya asoslari” boʻlimini innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻqitish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana06.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#484792
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
4. Hikmatova Nigara BMI

Dars materiallari: 
1. Fizika darsligi. 
2. Olim va allomalarning portretlari. 
Asosiy tushuncha va atamalar: 
― modda; zarrachalar; zarrachalar harakati; 
― atom; bo‘linmas zarracha; 
― ta'limot; alloma. 
Darsning blok-chizmasi 
№ 
Dars bosqichlari
Vaqti
1 Tashkiliy qism
2 minut 
2 Kirish suhbati 
5 minut 
3 Yangi mavzuni "oʻzaro bir-birini oʻqitish usuli"daoʻrganish 
25 minut 
4 Dars yakunlarini chiqarish 
10 minut 
5 Uyga topshiriqlar 
3 minut 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qismdan so‘ng yangi bobni o‘rganishga kirishilganligi va bu bobda 
o‘rganiladigan asosiy muammolar bilan qisqacha suhbat o‘tkaziladi. So‘ngra 
modda tuzilishini o‘rganish tarixi haqida eslatilib, jahon olimlari bilan bir qatorda 
vatandoshlarimizdan ham ko‘pchiligi bu sohada mehnat qilganliklari aytiladi. 
Yangi mavzuni 
"O‘zaro bir-birini o‘qitish usuli"
da o‘rganish mumkin. 
O‘qituvchi aylanib yurib, ularni boshqaradi. Dars yakunida o‘qituvchi o‘quvchilar 
qoldirgan joylarini to‘ldiradi va yo‘l qo‘ygan xatoliklarini tuzatadi. Dars 
jarayonida milliy gʻurur va vatanparvarlik hissiyotlari hamda uning uzviy davomi 
sifatida milliy istiqlol gʻoyasi o‘quvchilar ongiga singdiriladi. 
Siz kundalik turmushda choy qaynatmoqchi bo‘lib, idishga suv solib, uni 
isita boshlasangiz, undan bugʻ chiqa boshlaganini ko‘rasiz. Birozdan so‘ng 
qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Qishda tashqarida qoldirilgan suv muzlab 
qoladi. Suv nima sababdan bugʻlanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar 
bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi 


32 
haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi Demokritga (eramizdan oldingi 460–
370-y.) tegishli edi. Unga ko‘ra hamma narsalar juda mayda zarrachalar 
«atom»lardan tashkil topgan. Moddaning eng kichik zarrachasi atom bo‘laklarga 
bo‘linmaydi deb qaralgan. Atom so‘zi ham yunoncha «bo‘linmas bo‘lakcha» 
degan ma'noni bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha etib 
kelmagan. Uning fikrlari boshqalarning yozgan asarlarida keltiriladi. U o‘zining 
atomlar haqidagi ta'limotini quyidagi tamoyillarda beradi: 
1. Hech narsa yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Bordan esa yo‘q bo‘lmaydi. Barcha 
o‘zgarishlar bo‘laklarning qo‘shilishi va parchalanishi orqali yuzaga keladi. 
2. Tasodifan hech narsa paydo bo‘lmaydi, balki ba'zi bir sabab va 
zaruriyatdan bo‘ladi. 
3. Atomlar va toza bo‘shliqdan tashqari hech narsa mavjud emas. Boshqa 
hamma narsa faqat fikrlardan iborat. 
4. Atomlar son va shakli jihatidan cheksizdir. Ularning o‘zaro to‘qnashuvlari 
tufayli dunyoning paydo bo‘lishi va o‘zgarishi vujudga keladi. 
5. Moddalar orasidagi farqlar atomlar soni, katta-kichikligi, shakli, joylashish 
tartibi tufayli bo‘ladi. Bir atom ikkinchisidan sifat jihatidan farq qilmaydi. 
Atomlarning ichki qismi holatga ega emas. 
Demokritning bu ta'limotini keyinchalik ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. 
Jumladan, o‘rta Osiyolik mutafakkirlardan Ar-Roziy, Beruniy va Ibn Sinoning 
ijodida ham bu sohada ishlar mavjud. 
Abu Bakr Ar-Roziy (865–925) jami 184 ta asar yozib qoldirgan bo‘lib, barcha 
sohalarda ijod qilgan. U yunon olimlarining atom haqidagi qarashlarini 
rivojlantirib, atom ham bo‘linishi mumkinligini aytadi. Atom ichida bo‘shliq va 
bo‘lakchalar bo‘lib, bu bo‘lakchalarning hammasi harakatda bo‘ladi. Bundan 
tashqari bo‘lakchalar orasida o‘zaro ta'sir kuchlari mavjud deb hisoblaydi. 
Ar-Roziyning bunday nazariy qarashlari Abu-Rayhon Beruniy va Ibn Sino 
tomonidan rivojlantirildi. Bu haqda ularning o‘zaro bir-biriga yo‘llagan 
maktublarida so‘z boradi. Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savollaridan birida 
shunday deyilgan: – «Ba'zi faylasuflar atom bo‘linmaydi, undan ham kichikroq 


33 
bo‘lakchalar yo‘q deb aytadilar, bu – nodonlikdir. Ikkinchilari esa, atom bo‘lina 
beradi, bo‘linishga chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu esa o‘taketgan nodonlikdir. 
Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa, moddiyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. 
Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki moddiyat abadiydir. Bu masalada sening fikring 
qanday?» – deb so‘raydi. 
Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida Arastu va Ar-Roziyning 
atomning bo‘linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik kerakligini va 
bo‘linishning chegarasi borligini aytib o‘tadi. 
Hozirgi kunda atomning murakkab tuzilganligi to‘la tasdiqlangan. Atom 
yadrodan va elektron qobiqdan iborat. Yadro ham yanada kichikroq bo‘lgan 
zarrachalar – protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Proton va neytronlar ham 
undan kichik bo‘lgan zarrachalardan tashkil topganligi haqida ma'lumotlar 
to‘planmoqda. Bu bo‘linish chegarasi bormi yoki yo‘qmi degan savolga Siz aziz 
o‘quvchilarimizdan kelajakda javob olamiz degan umiddamiz. 
Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi o‘’yindan foydalanamiz.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish