sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
talabaga «portfolio»ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo‘yicha
topshiriqlar,
ko‘rsatmalar;
talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga joylashtirilgan
faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;
portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhi anketasi.
Bunday «portfolio»ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi saytida, oddiy
Word formatida yaratish mumkin.
Talaba o‘z xohishiga ko‘ra yoki o‘qituvchi topshirig‘i asosida o‘zining turli ijodiy
sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o‘z portfoliosiga joylashtiradi.
Materiallar bir semestr bo‘yicha, o‘quv yili bo‘yicha yoki butun o‘quv yillari bo‘yicha olinishi
mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar talaba
tomonidan oldindan izohlanadi, ya’ni
nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo‘yicha u qanday natijalarga
erishdi yoki erisha olmadi, o‘qituvchining ushbu ish bo‘yicha bergan bahosidan rozimi, ushbu
ish natijalari bo‘yicha qanday xulosalarga ega. Albatta har qanday bunday ish yo‘l qo‘yilgan
xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. Uqituvchi alohida talabaga yoki talabalar
guruhiga o‘z fani bo‘yicha shunday «portfolio» yaratishni taklif
qilishi va uning tarkibini
ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning asosiy maqsadi talabaning o‘z faoliyatini
fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Belgilangan vaqt o‘tgach (semestr yoki o‘quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach,
talabaning xohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo‘yicha talaba o‘z portfoliosini taqdimot
qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhda, keyin esa katta
auditoriyada tashkil etish
lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga (talabalarga)
yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat beradi
va taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini
baholash uchun o‘qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot davrida
muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv
soati ajratilmagan
bo‘lsa off-line telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti
forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki o‘qituvchi
tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini berganligini, uning o‘z faoliyatiga
bergan bahosi o‘qituvchi va ekspetlar guruhi tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos
emasligini isbotlashi zarur. U baholarni qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini
ko‘rsatishi va o‘zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan
xulosalashi lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga
nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda
ekanliklarini his qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish natijalari bilan
o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z ijodiy mehnati natijalari bo‘yicha
boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu yo‘l bilangina
shaxsni kamol toptirish,
o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi.
Talaba yuqorida ko‘rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan
davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir
qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham
yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol
ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z
farzandlari
faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan
taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash
mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi omillar
bilan asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv
dasturiga mos kelishi;
bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z qarorlarining
oqibatlarini bilish darajasi;
talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o‘z
qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo‘yicha o‘z
yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo‘yicha muhim deb hisoblagan
bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni
diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o‘zgartirishlar
kiritish, unga tushuntirishlar berish, o‘z-
o‘zini baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni
o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi
lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan
qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.
3.
«Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va
aniqligi.
4.
«Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan tugallanganligi.
5.
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: