O'zbekiston Respublikasi Oliy va о'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
2018 yil 23 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari
Samarqand- 2018 y
“Ogohlik va hushyorlik davr talabi” haftaligi “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 1-bosqichi materiallari.*
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MA’LUMOTLAR
2019 YILDA RASMIY SANALARNI NISHONLASH DAVRIDA QO‘SHIMCHA ISHLANMAYDIGAN KUNLARNI BELGILASH VA DAM OLISH KUNLARINI KO‘CHIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
http://www.uza.uz/oz/documents/2019-yilda-rasmiya-sanalarni-nishonlash-davrida-shimcha-ishla-12-11-2018
PARRANDACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
http://www.uza.uz/oz/documents/parrandachilaikni-yanada-rivozhlanastirish-b-yicha-shimcha-chor-14-11-2018
O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA
13 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda davlat rahbarlari keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
*Eslatma: Mazkur haftada o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 2-bosqichi – Talaba-yoshlarga 1 dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” bo‘yicha ma’lumotlar tushuntiriladi.
Haftalikning 3-bosqichida talaba-yoshlarga vafodorlik fazilati haqida tushuncha beriladi, 4-bosqichda – talabalarning qaysi bosqichdaligiga qarab oyning boshida berilgan kitoblarning biri haqida fikr-mulohaza yuritiladi.
Prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Tomonlar hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozitsiyalari mushtarak ekanini qayd etdilar.
Ikki va ko‘p tomonlama keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, xalqaro maydonda tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining farovonligi yo‘lida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarni izchil kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |