rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan
holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga
yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri
baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning
innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu
texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng
qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida,
jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini
tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga
turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy
o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni
davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio
nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali
shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning
qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha
uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha
refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy, ijtimoiy,
kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: