Toshkent moliya instituti "dinshunoslik" fanidan



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/191
Sana05.03.2022
Hajmi3,88 Mb.
#483527
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191
Bog'liq
Dinshunoslik oum

 
 
 
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
O‘quv portfoliosi 
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test reyting 
tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi shaxs fan o‘qituvchisi 
hisoblanadi. 
Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir 
qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni 
keltirishimiz mumkin: 

talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi tomonidan 
baholanadi; 

baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi; 

talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi; 

bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq aniqlash 
imkoniyati cheklangan; 

oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball ish 
beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi; 

talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan 
yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam; 

bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari va 
kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi; 

talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, 


rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan 
holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri 
baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash 
maqsadiga muvofiq hisoblanadi. 
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning 
innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu 
texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng 
qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, 
jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan. 
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga 
turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy 
o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi. 
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni 
davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio 
nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali 
shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi: 

ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi; 

ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi; 

kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi; 

o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash 

malakasini rivojlantiradi; 

bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi. 
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning 
qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha 
uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha 
refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi. 
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy, ijtimoiy, 
kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini beradi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish