1-rasm.
Bilimlarni tasvirlash
Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha
bo'ladi.
— tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash;
— kuzatish;
— natija interpretatsiyasi;
— yangi informatsiyalarni o'zlashtirish;
— gipoteza va qoidalar yordamida yangi qiymatlar yoki yangi
tahlil natijalari olish. Mana shu jarayon, yetarli axborot yig'ilgunga qadar
davom etadi. Sxematik ko'rinishda quyidagicha ifodalaniladi:
2-rasm. ET ning ishlash sxemasi
Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari
dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda
foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu
javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi.
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI
•
Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari
•
Freymli modellar
•
Semantik modellar
Mahsuliy (produksion) qoidalarining modellari.
Deklarativ bilimlar —
bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir.
haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi.
Protsedurali bilimlar —
dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar,
dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish
natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli
xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham
masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir.
Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash
uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar
ko'rinishida ishlatiladi.
Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert
tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu
umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin,
ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi.
Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa,
qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi.
Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi
murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3
xil bo'ladi ;
1.
To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish.
2.
Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish.
3.
Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar .
Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga
kelganligini tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat
yuzaga kelganligini ko'rsatib berishga imkon beradi.
Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa
chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita
jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita
oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro
munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga
asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi.
Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir
sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini
zaiflashtiradi.
Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning
imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi.
Freymli modellar:
Freym — bu qandaydir standart holat uchun
mo'ljallangan
ma'lumotlarni
deklarativ
keltirilishidir.
Freymlarni
tarmoq
ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish
etadi va har qanday sharoitda chin qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan
informatsiyaga ega bo'lgan slotlar bilan to'ldiriladi.
Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar,
sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa
freymni o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy
xossalarini ko'rib chiqamiz:
a)
bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga
oladigan freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri
keladi.
b)
iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik
strukturaning ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda
joylashgan bo'lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi.
d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish.
Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan
formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura kabi
ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat. Qiymat
ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan
ma'lumotlardan iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin.
Har qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi:
1.
Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan
freym tizimida yagona nomga ega bo'lishi kerak.
2.
Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o'zi tegishli bo'lgan
freymda yagona nomga ega bo'lishi kerak.
Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma'nolarini anglanmaydi va berilgan
slotning identifikatoridir, lekin ba'zi hollarda u maxsus ma'noga ega. Bularga
strukturalashgan
obyektlarni
tasvirlash
uchun
ishlatiladigan
IK-A,
DDEKENDANTA, FINEDBY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu
slotlar tizimli deyiladi va bilimlar bazasini tahrir qilish va chiqarishni boshqarishda
ishlatiladi.
3.
Meros ko'rsatkichi. Bu ko'rsatkichlar faqat «abstraktkonkret»
muomilasiga asoslangan
iyeararxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi
shunday nomli freymlarga ega bo'lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari
haqidagi biror bir informatsiyani ko'rsatadi.
4.Ma'lumotlar tipi ko'rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko'rsatadi
yoki boshqa freymga ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumotlar tipiga quyidagilar
kiradi:
FRAME (ko'rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul
toifa), LIKT (bog'langan protsedura), TEXT (matn), LIKT (ro'yxat), TABLE
Gadval), EXPREKKION (ibora) va boshqalar.
5.
Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot
ma'lumotining ko'rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari
shajara shartlarini bajarishi kerak.
6.
Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va hokazo
demon tiplarini aniqlaydi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik
yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi.
Bundan tashqari demon bog'langan protseduralarning har xilligidir.
7.
Bog'langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi
DASTURni ishlatish mumkin.
Semantik modellar.
Mutaxassislarning fikricha semantik to'rlar boshqa
usullardan ancha avval yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko'p
qo'llaniladigan usuldir. Semantik to'rlar obyektlar to'plami va ular orasidagi
munosabatlarni aks ettiradi.
Ko'riladigan obyektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish
semantik to'rni beradi. Obyektlar to'rning tugunlari bo'lib xizmat qiladi,
munosabatlar yoylar yordamida ifodalanadi. Semantik to'rni tuzishda to'rning
elementlari aloqalari soniga, uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar
qo'yilmaydi. Shuning uchun ko'rsatkich sifatida keltiriladigan funksiyalarni ma'lum
darajada tartiblash maqsadga muvofiqdir.
Semantik to'rlar — ET da bilimni ko'rsatish formalizmidir. Unda uzoq
muddatli xotiraning strukturali modeli sifatida so'z ma'nosini tushunish modeli
ko'rsatiladi. Bu modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so'zlar
orasidagi semantik munosabatlarni ko'rsatish uch maqsadida turli xil struktura
ishlatilgan. Bu model tabiiy bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning
uchun asosiy g'oya obyektga tegishli bo'lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish
va obyekt holatlarini ko'rsatuvchi so'zlar aloqasini o'rnatishdir. Namuna sifatida
«choynak» konseptual namoyishi uchun oddiy semantik to'rni ko'rish mumkin. Bu
to'rda qiymatlar yozilgan sinf, holat va misol deb ataluvchi munosabat operatorlari
aniqlanadi.
3-rasm. Semantik to'rning ko'rinishi
4-rasm. Semantik to'rga misol
Do'stlaringiz bilan baham: |