Mavzu: Bilimlar tizimi.
1. Kirish
2. Nazariy qisim
2.1
Bilimlar tizimini boshqarish, bilimlar bazasi.
2.2 Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlash modellari.
2.3 Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir
dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy
madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot»
asrida
yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar
bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar
bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga
asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning
ikkita jihatiga mos
keladi: ma’lumotlarni shaxsiy kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan
jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan
mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi
eng umumiy tasavvur
quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuterning tashki
xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir.
Shunday
qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadigan va
muammo
soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro
bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim
foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy
intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida
qayd etildi. Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan
bilishlarga doir har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.
Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo
va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish
va hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi. Sun’iy
intellekt deyilganda, odatda
kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar
bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi.
Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda
tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi.
Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish,
o’qish - o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar,
tizimlar yaratishni ham
oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi.
Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha
muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar
paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert
tizimlari texnologiyasidan
foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter
xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan
iboratdir.