Mavzu: Bilimlar tizimi


Ekspert tizimlarni yaratish



Download 482,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana03.03.2022
Hajmi482,77 Kb.
#481359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Bilimlar tizimi

Ekspert tizimlarni yaratish 
• 
ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish 
• 
ET dagi bilimlar tarkibi 
• 
Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.
1970-
yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy 
intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab xulosa 
chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat ETlargina bu 
kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. 
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq 
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan. 
Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq 
firmalar mashg'uldir. 
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini 
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi. 
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. 
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik 
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab 
chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish 
sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni 
xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: 


«tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat — harakat 
apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal 
ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa, evristik qoidalarga 
asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, 
boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa, 
unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga 
qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu 
masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab 
chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi 
maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi. 
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. 
Bu qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi. 
Demak, Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum bir 
ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. 
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z 
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir 
qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu 
holatga keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki 
dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda 
yordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va 
bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari, 
dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi. 
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol» 
vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari 
(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala 
boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina 
oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan dasturlashtirish 
mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri 
vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich 


bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET 
ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak. 
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar 
bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli 
bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash 
usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-
kablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa 
ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni 
mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi. 
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi 
e'tirof etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi 
talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar 
hozirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni 
saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan 
holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi 
kunda bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir. 
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida 
joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga 
ko'maklashadi. 
Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib 
chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan 
kompaniyalar ularni Komp’yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus 
biznes jarayoniga joylashtiradilar. 


Xulosa 
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Ekspert tizimlar uchun 
ishlaydigan ma’lumotlar bazasi. Bilimlar tizimi sun’iy intllektlarda ham mavjud. 
Bilimlar bazasiga asoslangan holda ishlaydi. Bilimlar bazasi qanday tuzuladi? Faraz 
qilaylik, biologiya yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni 
nimadan boshlash kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy
tushunchalarini o'z ichiga oladigan ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter 
xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid 
rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi
bosqichlarda jadvalli va diagrammali axborotlarning qismlari yaratilib,
xotiraga joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar majmui dastlab alohida sektorlarga 
joylashtiriladi, so'ngra ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi
ishchi dastur tuziladi (yoki tayyor dasturdan foydalaniladi). Ishchi dasturning
asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma'lumotlar asosida 
javob topishdan iborat. Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga 
oshiriladi: 1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. 2-bosqich. Bilimlar to'plamini 
yaratish. 3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. 4-bosqich. Materialni shaklan 
tasvirlash.
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish,
tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi 
kerak.
Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash,
modellashtirish, o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat 
ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari” 
2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika 
3. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007 
4. http://Aim.uz 
5. hppt://www.orbita.uz 
6. http://library.ziyonet.uz 

Download 482,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish