ETlarni sanoat korxonalarida qo'llash ish unumini
va mutaxassislarning
malakasini oshirish imkonini beradi.
Bilimlarni to'plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi
hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o'z navbatida
o'tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko'p bilimlarni talab qiladigan
masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.
ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor
foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo'yilishini
bilmaganligidan kelib chiqadi.
Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar
bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o'rnimni egallashi mumkin» degan
asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo'lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik
qilishi mumkin. Lekin, bu qo'rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga
ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko'rsatadi. Keyingi
vaqtlarda mustaqil o'qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo'lgan tizimlar ishlab chiqish
ustida ishlar olib borilmoqda.
Sun'iy intellektning dasturlashtirishga ta'siri.
Biror bir masalani yechishda
inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan,
shu masalaga
taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy
yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham
dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani yechishni
ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida olingan
qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida
xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina
o'zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni
butun strukturasini
o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi,
dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi.
Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson
miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt
mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun
etarli bilimlar mayjud.
Bilimlar bazasi.
Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin
egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti
professori Edvard
Feyganbaum bilimlar asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin
bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq
bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga
asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: