Mavzu: Bilimlar tizimi



Download 482,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana03.03.2022
Hajmi482,77 Kb.
#481359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Bilimlar tizimi

1-rasm. 
Bilimlarni tasvirlash 
Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha 
bo'ladi. 
— tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash; 
— kuzatish; 
— natija interpretatsiyasi; 
— yangi informatsiyalarni o'zlashtirish; 
— gipoteza va qoidalar yordamida yangi qiymatlar yoki yangi 
tahlil natijalari olish. Mana shu jarayon, yetarli axborot yig'ilgunga qadar 
davom etadi. Sxematik ko'rinishda quyidagicha ifodalaniladi: 


2-rasm. ET ning ishlash sxemasi 
Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari 
dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda 
foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu 
javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi. 
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI 
• 
Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari 
• 
Freymli modellar 
• 
Semantik modellar 
Mahsuliy (produksion) qoidalarining modellari.
Deklarativ bilimlar — 
bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. 
haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi. 
Protsedurali bilimlar — 
dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, 
dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish 
natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli 
xususiyatga ega. 
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham 
masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. 
Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash 


uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar 
ko'rinishida ishlatiladi.
Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert 
tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu 
umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, 
ruf, rl va boshqalar). 
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. 
Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, 
qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. 
Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi 
murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 
xil bo'ladi ; 
1. 
To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish. 
2. 
Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish. 
3. 
Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar . 
Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga 
kelganligini tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat 
yuzaga kelganligini ko'rsatib berishga imkon beradi. 
Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa 
chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita 
jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita 
oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro 
munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga 
asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. 
Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir 
sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini 
zaiflashtiradi. 
Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning 
imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. 


Freymli modellar: 
Freym — bu qandaydir standart holat uchun 
mo'ljallangan 
ma'lumotlarni 
deklarativ 
keltirilishidir. 
Freymlarni 
tarmoq 
ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish 
etadi va har qanday sharoitda chin qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan 
informatsiyaga ega bo'lgan slotlar bilan to'ldiriladi. 
Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar, 
sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa 
freymni o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy 
xossalarini ko'rib chiqamiz: 
a) 
bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga 
oladigan freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri 
keladi. 
b) 
iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik 
strukturaning ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda 
joylashgan bo'lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi. 
d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish. 
Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan 
formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura kabi 
ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat. Qiymat 
ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan 
ma'lumotlardan iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin. 
Har qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi: 
1. 
Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan 
freym tizimida yagona nomga ega bo'lishi kerak. 
2. 
Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o'zi tegishli bo'lgan 
freymda yagona nomga ega bo'lishi kerak. 
Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma'nolarini anglanmaydi va berilgan 
slotning identifikatoridir, lekin ba'zi hollarda u maxsus ma'noga ega. Bularga 
strukturalashgan 
obyektlarni 
tasvirlash 
uchun 
ishlatiladigan 
IK-A, 
DDEKENDANTA, FINEDBY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu 


slotlar tizimli deyiladi va bilimlar bazasini tahrir qilish va chiqarishni boshqarishda 
ishlatiladi. 
3. 
Meros ko'rsatkichi. Bu ko'rsatkichlar faqat «abstraktkonkret» 
muomilasiga asoslangan
iyeararxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi 
shunday nomli freymlarga ega bo'lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari 
haqidagi biror bir informatsiyani ko'rsatadi. 
4.Ma'lumotlar tipi ko'rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko'rsatadi 
yoki boshqa freymga ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumotlar tipiga quyidagilar 
kiradi: 
FRAME (ko'rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul 
toifa), LIKT (bog'langan protsedura), TEXT (matn), LIKT (ro'yxat), TABLE 
Gadval), EXPREKKION (ibora) va boshqalar. 
5. 
Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot 
ma'lumotining ko'rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari 
shajara shartlarini bajarishi kerak. 
6. 
Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va hokazo 
demon tiplarini aniqlaydi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik 
yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. 
Bundan tashqari demon bog'langan protseduralarning har xilligidir. 
7. 
Bog'langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi 
DASTURni ishlatish mumkin. 
Semantik modellar. 
Mutaxassislarning fikricha semantik to'rlar boshqa 
usullardan ancha avval yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko'p 
qo'llaniladigan usuldir. Semantik to'rlar obyektlar to'plami va ular orasidagi 
munosabatlarni aks ettiradi. 
Ko'riladigan obyektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish 
semantik to'rni beradi. Obyektlar to'rning tugunlari bo'lib xizmat qiladi, 


munosabatlar yoylar yordamida ifodalanadi. Semantik to'rni tuzishda to'rning 
elementlari aloqalari soniga, uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar 
qo'yilmaydi. Shuning uchun ko'rsatkich sifatida keltiriladigan funksiyalarni ma'lum 
darajada tartiblash maqsadga muvofiqdir. 
Semantik to'rlar — ET da bilimni ko'rsatish formalizmidir. Unda uzoq 
muddatli xotiraning strukturali modeli sifatida so'z ma'nosini tushunish modeli 
ko'rsatiladi. Bu modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so'zlar 
orasidagi semantik munosabatlarni ko'rsatish uch maqsadida turli xil struktura 
ishlatilgan. Bu model tabiiy bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning 
uchun asosiy g'oya obyektga tegishli bo'lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish 
va obyekt holatlarini ko'rsatuvchi so'zlar aloqasini o'rnatishdir. Namuna sifatida 
«choynak» konseptual namoyishi uchun oddiy semantik to'rni ko'rish mumkin. Bu 
to'rda qiymatlar yozilgan sinf, holat va misol deb ataluvchi munosabat operatorlari 
aniqlanadi.
3-rasm. Semantik to'rning ko'rinishi 
4-rasm. Semantik to'rga misol 



Download 482,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish