Umurtqalilar zoologiyasi


-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR-



Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/161
Sana02.03.2022
Hajmi17,68 Mb.
#479206
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

12-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR- 
NING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI 
Ob’ektning sistematik holati 
Tip. 
Xordalilar — Chordata 
Kenja tip. 
Umurtqalilar — Vertebrata yoki 
Bosh skeletlilar 
— Craniata 
Katta sinf. 
To‘rt oyoqlilar — Tetrapoda 
Sinf. 
Sudralib yuruvchilar - Reptiha 
Turkum. 
Tangachalilar - Squamata 
Kenja turkum. 
Kaltakesaklar - Sauria (Lacertilia) 
Vakil. Ildam kaltakesak - Lacerta agilis L. 
Kerakli materiallar va jihozlar: kaltakesak, suv iloni 
yoki toshbaqa (ilo ji bo'lsa mashg'ulot oldidan endigina 
o'ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinset, 
preparo-val ninalar, to'g'nog'ich ninalar, paxta, doka ro'molcha, 
qo'l lupasi. Tayyor fiksatsiya qilingan ho'l va quruq material- 
lar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko'rinishi va 
ichi yorilgan holdagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillari- 
ning tulumlari hamda ulaming tashqi ko'rinishi, ichki tuzili- 
shi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik- tanosil sistemasi 
aks ettirilgan jadvallar. 
M ashg'ulot ning maqsadi: ildam kaltakesak misolida 
sudra-lib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzil- 
ishini o'rganish. 
Ishning mazmuni: dars o'tish uchun ilova qilingan ildam 
kaltakesak bo'lmagan taqdirda kaltakesaklaming boshqa tur- 
laridan ham foydalanish mumkin. 
Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladi- gan 
shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho'llangan paxta 
bo'lagi tashlanadi. 15—20 minut ichida shisha idishdagi 
kaltakesak jonsizlanadi va o'rganishga tayyor bo'ladi. 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali 
hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda 
yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi- 
yatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan 
farq qiladi. 
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv 
sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivoj- 
langan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang 
miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham 
reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. 
Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming ske- 
leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Yer ustida harakat 
qilishi tufayli ulaming tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qism- 
larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez- 
gi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin 
umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqa- 
si — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi 
rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ulaming ko'p- 
chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa reptiliyalar nafas 
olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudra- 
lib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlan- 
gan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ulaming terisi 
quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, leiisi muguz tangachalar yoki 
qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am- 
fibiyalamikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ular- ning 
yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala 
to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, reptiliyalaming arterial oqi- 
mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus- 
taqil qon tomirga bo'lingan. 
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta- 
komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. 
Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida 
otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- 
ka qo‘yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi. Shuning 
uchun ham ulaming rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, ya’ni tu- 
xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o'xshaydi. 
Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug adi. Yuqori 
umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra- 
lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — 
murtak pardasi hosil bo'ladi. Murtak pardalarining biri — am- 
niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv- 
chilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, 
embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmay- 
digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda 
ham quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi. 
Laboratoriya mashg'ulotida o'rganish uchun tayyorlangan 
kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi 
tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo'limlarga bo'linishiga, 
ya’ni bosh, bo'yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqla- 
riga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi- 
laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring. Bo- 
shida ko'zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda 
burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pinset 
bilan kaltakesakning og'zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajral- 
gan yupqa tilini qarab o'rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan 
oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshi- 
gi — xoanalarni, hiqildoqni, orqarog'ida esa qizilo'ngach 
teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida 
joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini 
ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa 
umurtqali hayvonlar oyog'i singari tuzilganligiga, barmoqlari 
uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki 
tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik- 
chalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar — son 
teshiklaridir. 


www.ziyouz.com kutubxonasi 

Download 17,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish