Subtropik va tropik mevalar. Subtropik - tsitrus mevalarga anjir,
anor, xurmo; tropik mevalarga banan, ananas, xurmo kiradi. Subtropik
mevalar Zakavkaze respublikalari, O„rta Osiyo, Qrimda etishtiriladi, tropik
mevalar esa bizning mamlakatimizda o„smaydi.
Tsitrus ekinlarga apelsin, mandarin, limon va greyfrutlar kiradi.
Ularning hammasi juda mazali bo„lib, qand moddasi (3 dan 9% gacha),
kislota (1 dan 6% gacha), pektin, shuningdek, mineral moddalar (kaltsiy,
fosfor kabi) ko„p, S vitamini va undan birmuncha kamroq V, R va A
vitaminlari bor. Tsitrus mevalar tabiiy holicha iste‟mol qilinadi. Ulardan
sharbat, murabbo, jele, tsukat, konserva (bankada), limon kislotasi, pektin
tayyorlanadi, ular likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ko„p
73
ishlatiladi; po„stidan qandolat va attorlik sanoati uchun qimmatbaho,
xushbo„y efir moyi olinadi.
Apelsin mevasining tuzilishi tekis Pupochniy, Korolyok nav
apelsinlarning eti yumshoq va po„sti qizg„ish
bo„ladi. Barcha turdagi
apelsinlar tuzilishi va po„stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po„stli,
shakliga ko„ra, yumaloq va ovalsimon; urug„ining bor-yo„qligi jihatidan
urug„li va urug„siz; pishish muddatiga qarab, ertagi va kechki; yirik-
maydaligi jihatidan yirik va o„rtacha xillarga bo„linadi. Mevaning eti
sersuv, shirin yoki nordon ta‟mli; 9-13 tilimchadan iborat. Suxumskiy,
Pupochniy, Korolyok, Yaffiyskiy, Vashington-naveli apelsinlari eng
yaxshi navlardir.
Savdoga chiqariladigan apelsin yangi va sog„,
qo„ng„ir yoki och
qo„ng„ir rangli, kasallanmagan bo„lishi lozim; yirik-maydaligi jihatidan
mevaning kundalang diametri kamida 50 mm bo„lishi kerak. Ko„kimtirroq,
sal jigar rang dog„i
bor, tikin kasali tekkan, kulli zamburug„cha
7
izi
bo„lgan va boshqa nuqsonli apelsinlarni ham sotish mumkin, lekin mazkur
g„uborlarning darajasi standart bilan cheklanadi. Apelsin tovar navlariga
bo„linmaydi.
Mandarinning mevasi yassi sharsimon yoki sharsimon shaklda;
qo„ng„ir yoki to„q qo„ng„ir rangli, eti sersuv, 9-12 tilimchadan iborat,
shirin yoki nordon ta‟mli, xushbo„y hidli, urug„lik yoki urug„siz bo„ladi.
Sarxil mandarin bo„lik, o„ziga xos rangli, zaxa emagan va kasallanmagan,
kundalang diametri kamida 38 mm bo„ladi. Bo„shroq, lekin shishmagan,
sal ko„kish, jigar rang dog„li
va ba‟zi boshqa nuqsonli mandarinlarni ham
sotish mumkin. Mandarin tovar navlariga bo„linmaydi.
Limon uch guruhga bo„linadi: nordon (haqiqiy, tipik), nordonroq va
chuchuk. Nordon limon ko„p etishtiriladi. Limonlar: shakliga ko„ra
ovalsimon va tuxumsimon, ba‟zan yumaloq; urug„i bor-yo„qligiga qarab-
urug„li va urug„siz; po„stining tuzilishiga ko„ra silliq va g„adir-budur
bo„ladi. Limonning eti qumoq-qumoq, och sariq rangli, sersuv, 7-13 ta
tilimchadan iborat. Yangi sara limon sog„,
silliq yoki g„adir-budir sirtli,
to„g„ri shaklli, och yashil, och sariq yoki sariq rangli, zaxasiz va
7
Kulli zamburug‘—mevada uchraydigan kasallik bo‟lib, mevaning sirtida qora tus paydo bo‟ladi.
74
kasallanmagan limonlardir. Bunday mevalarning kundalang diametri
kamida 42 mm bo„ladi.
Sal zaxali, shuningdek, to„rlagan, kulli zamburug„ tushgan
limonlarni sotish mumkin. Bunday nuqsonlar standart bilan cheklanadi.
Limon tovar navlariga bo„linmaydi. U mevasining eng yo„g„on qismi
kundalang diametriga qarab besh guruhga bo„linadi:
1) 70 mm va undan ortiq; 2) 70 mm dan 60 mm gacha; 3) 60 mm dan
51 mm gacha; 4) 51 mm dan 45 mm. gacha va 5) 45 mm dan 32 mm gacha.
Anjir seret, yumaloq, yassi yoki noksimon shakllarda bo„ladi.
Mevasining po„sti mayin yoki dag„al, sariq, qizg„ish
yoki to„q binafsha
rangli; anjirning eti sersuv va juda shirin. Yangi anjirda 13% qand,
anchagina miqdorda temir va kaltsiy tuzlari, ko„pgina karotin va S
vitamini bor. Tarkibiga ko„ra, anjir mevasi faqat to„yimligina emas,
shifobaxsh xususiyatga ham ega. Uni me‟da va kamqonlilik kasaliga
uchragan kishilar iste‟mol qilishi tavsiya etiladi. Anjirdan murabbo, povid-
lo, jem tayyorlanadi, lekin u asosan, qoqi qilinadi. Qoqisi maydalanib,
kofeli ichimliklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Anjir tez buziladi, uni bir
kundan ortiq saqlab bo„lmaydi.
Anor sharsimon shaklli, qizil yoki sariq rangli, qattiq po„st bilan
qoplangan. Mevaning ichi uyachalarga bo„lingan bo„lib, unga yoqimli
achchiq-chuchuk ta‟mli sersuv et bilan o„ralgan urug„i joylashgan. Anor
etining tarkibida o„rtacha 10-15% qand, 3-4% kislotalar. S, A vitaminlari
va boshqa moddalar bor. Anor tabiiyligicha eyiladi, shuningdek, sharbat,
sirop, morojniy, spirtsiz ichimliklar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda
ishlatiladi. Anor suvi tashnalikni qondiradi, ovqat hazm bo„lishini
yaxshilaydi va ishtaxani ochadi, shuningdek, shifobaxshlik xususiyatlariga
ham ega. Anor mevasi 0-6°C haroratda 6 oygacha yaxshi saqlanadi.
Xurmo to„yimli va shirin meva. Pishgan xurmoda 14 dan 24% gacha
qand, asosan, glyukoza va fruktoza bor, u kislotasi kamligi va S vitaminiga
boyligi bilan barcha mevalardan farq qiladi. Bu mevaning tarkibida karotin
va temir birikmasi ham bor. Oshlovchi moddalar ko„p bo„lganligi uchun
yaxshi pishmagan xurmoning ta‟mi nordon va tish qamashtiradigan
bo„ladi. Xurmo mevasining og„irligi 100 dan 500 g gacha, shakli xilma-
75
xil; po„sti och sariq, sarg„ish-qizil yoki qizil rangli; sersuv va shirin, eti
sariq, to„q qizil yoki qoramtir rangli, jelesimon konsistentsiyali. Xurmo
tabiiyligicha va konserva holida iste‟mol qilinadi. U uzoq saqlanmaydi,
shu sababli tez iste‟molga chiqariladi, uzoq saqlashga mo„ljallangan
xurmo muzlatiladi.
Banan tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi. Bananning mevasi
15-20 sm uzunlikda, loviyasimon shaklda, qobirg„asimon sirtli, somon
rangli sariq, unsimon mayda, shirin va xushbo„y eti po„stidan oson
ajraladi, mevada 20% gacha qand bo„ladi. Banan tabiiyligicha eyiladi.
Ananas ham banan singari tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi.
Mevasining eti sersuv, sariq qo„ng„ir rangli, nordon ta‟mli, o„ta xushbo„y,
tarkibida qand ko„p (12-15%) hamda 0,6-1,2% kislota bor. A, V, S
vitaminlariga boy. Ananas tabiiyligicha va konserva holida iste‟mol
qilinadi.
Xurmo qoqu-Afrika, Hindiston va Janubiy Amerikada o„sadigan
xurmo palmasining mevasi, cho„ziqroq ovalsimon shaklli, uzunligi 4-5 sm.
Tuzilishiga ko„ra danakli mevalar qatoriga kiradi. Ezilgan mevasida 60-
62% qand (saxaroza, fruktoza, glyukoza), ozroq oqsil (2% gacha) va S
vitamini bo„ladi. Xurmo qoqi savdoga ezib presslangan holda chiqariladi.
U jigar rang-sariq rangli, yaltiroq silliq po„stli; eti danakli xurmoga
qaraganda shirin, sersuv, turib qolgan, ezilgan xurmo qoqining eti
suvsizlanib, sirti burishib, shirasi ham kamayadi. Ezilgan, presslangan
xurmo qoqi bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |