A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Danakli  mevalar.  Danakli  mevalarga  gilos,  olcha,  olxo„ri,  o„rik, 
shaftoli, qizil, zaytun, jiyda kiradi. Danakli o„simliklar mevasi po„stdor va 
sersuv,  mayin  kemirchaksimon  etli:  mevaning  o„rtasida  juda  qattiq  qobiq 
bilan  qoplangan  urug„i  bo„ladi.  Danakli  mevalar  tabiiyligicha  iste‟mol 
qilinadi yoki uzoq saqlanmasligini nazarda tutib, ulardan o„sha zaxotiyoq 
konserva mahsulotlari tayyorlanadi.  
Gilos  eng  ertapishar  danakli  mevadir.  Uning  mevasi  mayin,  sersuv 
yoki donador etli, ovalsimon yoki yumaloq shaklli, turli kattalikda va har 
xil  (sariq,  qizil,  xira,  nimrang,  qora)  rangli  shirin  yoki  chuchuk  ta‟mli 
bo„ladi. Unda 9- 7% qand, 0,3 - 0,9% kislota, oshlovchi, pektin va boshqa 
moddalar  bor.  Gilos  tabiiy  holida  va  ishlov  berilib  iste‟mol  qilinadi. 
Gilosning  Drogana-jyoltaya,  Zolotaya,  Jebule,  Chernaya,  Elton  singari 
pomologik navlari sotiladi.  
Olcha  mamlakatimizning  ko„pgina  zonalarida  mavjud  bo„lib, 
ko„plab  tovar  mahsuloti  beradi.  Olchada  ko„p  miqdorda  qand  va  boshqa 
moddalar bor. Olcha tabiiy holida iste‟mol qilinishidan tashqari, murabbo, 


69 
 
sharbat,  vino,  likyor-aroq  mahsulotlari,  qoqi  qilishda  va  boshqa 
maqsadlarga ham ishlatiladi.  
Olcha  mevasi  yumaloq,  ovalsimon,  yapaloq,  sholg„omsimon
 
va 
noksimon shaklda, po„stining rangi-pushti, qizil, to„q qizil va qariyb qora 
bo„ladi, sharbati rangsiz va och qizil, qizil, to„q qizil, danagi yirik, o„rta va 
maydadir.  Eng  keng  tarqalgan  rangli  sharbatli  navlarga  Vladimirskiy 
(Roditeleva),  Lyubskiy,  Lotoviy  va  boshqa  ayrim  turlari;  sharbati  rangsiz 
navlarga Krasa Severa, Sklyanka rozoviy kabilar kiradi.  
O‗rik  janubiy  rayonlarda  o„stiriladi.  Uning  pishish  davri  taxminan 
bir  yarim  oy  (mayning  oxiridan  iyulgacha)  davom  etadi.  O„rikning  turli 
navlarida  5  dan  17%  gacha  qand,  0,3  dan  2,6%  gacha  kislota,  vitamin, 
mineral,  pektin  va  boshqa  moddalar  mavjud.  O„rikning  mevasi  yumaloq 
yoki  tuxumsimon  shaklli,  sariq,  qo„ng„ir  yoki  qizg„ish
 
rangli,  silliq  yoki 
botiqroq po„stli, qumoq-qumoq yoki sersuv etli bo„ladi.  
Nimaga mo„ljallanganligiga qarab, o„rik navlari xo„raki, qoqibop va 
konservabop  turlarga  bo„linadi.  Xo„raki  va  konservabop  o„riklarning 
Ananas,  Ambroziya,  Krasnoshchekiy  navlari  eng  yaxshi  hisoblanadi. 
Qoqibop  navlarga  Biboy,  Xurmai,  Isfarak,  Mirsanjeli,  Qandak  o„riklar 
kiradi.  
Shaftoli  O„rta  Osiyo  respublikalarida,  Ozarbayjon,  Armaniston, 
Gruziya,  Moldaviya,  Ukrainaning  janubiy  rayonlarida  o„sadi.  shaftolida 
o„rta hisobda 7 - 9% qand, 0,5 - 1% organik kislotalar, pektin, oshlovchi 
va boshqa moddalar bor; mevasi g„oyat
 
xushta‟m bo„ladi. U tabiiy holida 
iste‟mol  qilinadi.  Kompot,  qandolat  mahsulotlari  tayyorlashda  ishlatiladi, 
shuningdek, qoqi qilinadi.  
shaftoli mevasi sersuv etli, danagi juda qattiq va qalin po„stli, ilonizi 
bujurli  bo„ladi.  Mevasi  yumaloq  yoki  ovalsimon  shaklli  va  palla  izli 
bo„ladi. shaftolining po„sti naviga qarab, tukli yoki silliq (luchchak), rangi 
sariq-yashildan  qonsimon  qizilgacha,  etining  rangi  sarg„ishdan  qizilgacha 
bo„lib,  odatda,  danagiga  tomon  qizillik  orta  boradi.  Tukli  va  luchchak 
shaftolining  turli  navlari  danagining  etidan  ajralgan-ajralmaganligi  bilan 
ham  farq  qilinadi.  Ba‟zi  nav  shaftolilarning  danagi  oson  ajraladi, 
ayrimlariniki esa aksincha. Ananas, Omsden, Salvey, Sovetskiy, Elberta va 


70 
 
Nikitinskiy navlari mashhur navlardir.  
Jiyda  Janubiy  Evropa,  Osiyo,  Amerikada  o„sadigan  daraxtlar 
(butalar)  mevasidir.  O„rta  Osiyo  respublikalarida,  asosan,  O„zbekiston 
bilan Qirgiziston, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyada keng 
tarqalgan.  Jiydaning  bir  necha  o„nlab  turi  bor;  vostochniy  serebristiy, 
xo„raki  navlar  shular  jumlasidandir.  O„zbekistonda  non  jiyda  ko„p 
tarqalgan bo„lib, uning mevasi seret, juda shirin bo„ladi. Jiyda mevasining 
danagi  qalin,  quruq  unsimon  shirin  et  bilan  qoplangan.  Mevasi  oval  yoki 
tsilindrsimon shaklda, o„lchami  1  -  4  sm,  mevaning rangi sariq, qo„ng„ir, 
qizil,  och  jigar  rang.  Danagi  ovalsimon  yoki  cho„ziqroq  o„tkir  uchli 
bo„ladi.  
 Jiydaning  eti  juda  to„yimli  bo„lib,  unda  10  -  0,5%  suv,  50  -  5% 
qand,  10%  ga  yaqin  azot  moddalar,  1%  ga  yaqin  yog„,  2-2,5%  mineral 
moddalar,  11-12%  kletchatka,  1-1,5%  kraxmal,  1,4-3,3%  kislota,  S 
vitamini  va  boshqalar  bor.  Yaxshi  pishgan  jiyda  mevasi  daraxtning 
o„zidayoq quriydi, shu sababli u yaxshi saqlanadi. Yaxshi jiydaning po„sti 
silliq,  yaltiroq,  unsimon,  eti  shirin  bo„ladi.  Jiyda  quruq  xonada  saqlanadi, 
chunki  zax  xona  yoki  nam  idishda  saqlangan  jiydaning  po„sti  qurishib, 
yaltiroqligi yo„qoladi, eti dimiqib, ko„pincha mog„orlaydi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish