Rezavor mevalar. Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga
bo„linadi. Madaniy rezavorlarga bog„ va mevazorlarda o„stiriladigan
uzum, krijovnik, smorodina, zemlyanika, qulupnay, malina kiradi. yovvoyi
o„simliklardan klyukva, brusnika, maymunjon va chernikalarning iste‟mol
qiymati
eng
yuqori
hisoblanadi.
Bunday
mevalarni
matlubot
kooperatsiyasi tashkilotlari qayta ishlash sanoati uchun tayyorlab beradi.
Rezavor mevalar to„yimli va yuqori ta‟mlilik xususiyatlariga ega.
Ularning tarkibida oson hazm bo„ladigan qand, organik kislotalar,
vitaminlar, mineral moddalar bor. Uzum, qora smorodina, malina,
chernika singari rezavor mevalar shifobaxsh xususiyatga ega.
Uzum ishlatilishiga qarab, xo„raki, mayizbop va vinobop xillarga
bo„linadi. Xo„raki navlarning ta‟mi yaxshi, unda 15 dan 20% gacha qand
(asosan, glyukoza) va 0,7% kislota bor. Mayizbop navda kamida 20%
qand va xo„raki navdagiga nisbatan xiyla kamroq kislota bo„ladi. Keng
71
tarqalgan xo„raki navlarga shasla, shabash, Asma chyornaya, Aleksandriya
muskati, Xusayni, Nimrang, Chaush va boshqalar kiradi. Bu nav
uzumlarning mevasi yirik yoki o„rtacha kattalikda, po„sti yupqa, mayin va
eti sersuv bo„ladi. Sifatiga ko„ra uzum 1-va 2-navlarga bo„linadi. Xo„raki
uzum boshi bo„liq, yaxshi pishgan, bandi mahkam, zaxa emagan va kasal
tegmagan mevali shingillardan iborat bo„lishi lozim.
Krijovnikning mevasi yumaloq yoki cho„ziqroq shaklda bo„ladi,
po„sti yashil yoki kip-qizil, rangli, silliq yoki tukli. Eti sersuv, nordon va
xushbo„y, unda 8-10% qand, 1,5-2,5% kislota, ko„pgina pektin moddalari
va S vitamini bor. Krijovnikdan murabbo, jele qaynatiladi. Undan vino,
marinad tayyorlash va boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi.
Bochyonochniy, Butilochniy, Avenarius, Zelyoniy, Industriya deb
ataladigan krijovniklar eng yaxshi navlardir. Savdoga chiqariladigan
krijovnik mevasi toza, quruq, yirikligi, shakli va rangi bir xil, hasharot
tegmagan va kasallanmagan, dimiqmagan va chirimagan bo„lishi lozim.
Smorodina uch turli bo„ladi: qora, qizil va oq, qora smorodina
boshqalarga ko„ra mazali va eyimlikdir. Unda 6-7% qand, 2-3% kislota,
0,7% gacha pektin modda va ko„p miqdorda S va R vitaminlari bo„ladi.
Smorodinadan qandolat ishlab chiqarishida, sharbat, sirop, nastoyka
tayyorlash
va
boshqa
maqsadlarda
keng
foydalaniladi.
Qora
smorodinaning mevasi yumaloq, ovalsimon va yalpoq shaklda bo„ladi;
yirik-maydaligi jihatidan, yirik, o„rta va mayda, ta‟mi nordon yoki
achchiq-chuchuk; pishish vaqtiga ko„ra: chillaki, o„rta va kechki xillarga
bo„linadi. Liya plodorodniy va Boskopskiy velikan qora smorodinaning
eng yaxshi navlaridir.
Qora smorodina bandli va bandsiz holda savdoga chiqariladi.
Mevasi yangi, toza, quruq, yaxshi pishgan, bir tusli, zaxa emagan, hasharot
tegmagan, kasallanmagan va mog„orlamagan, chirimagan va dimiqmagan,
yot ta‟m va hiddan holi bo„lishi lozim.
Qulupnay kam tarqalgan, kam hosil, parvarish talab rezavor
mevadir. Qulupnay mevasi mayda, konussimon shaklda, bir tomoni oq,
ikkinchi tomoni esa to„q qizil; kosachasidan ajralishi qiyin, o„tkir xushbo„y
va ta‟mi ham juda yaxshi bo„ladi. Unda 4-6% qand, 1-1,8% kislota va
72
boshqa moddalar bo„ladi. Qulupnay tabiiyligicha va qayta ishlagan holda
iste‟mol qilinadi. Uzoq saqlanmaydi, shu sababli tez iste‟molga
chiqariladi.
Malina bog„da o„sadigan va yovvoyi turlarga bo„linadi. Bog„da
o„sadigan malinaning mevasi yirik, o„rta va mayda, xilma-xil (yumaloq,
ovalsimon, konussimon, cho„ziqroq) shaklda, to„q qizil yoki sariq rangli
bo„ladi. Malinada 5-8% qand, 1-2% kislota, xiyla ko„p miqdorda mineral
modda va vitaminlar bo„ladi. U tabiiy holida iste‟mol qilinadi hamda
undan murabbo, jem, jele, sharbat, sirop, nastoyka, nalivka, likyor
tayyorlanadi. Voljanka, Usanka va boshqalar eng yaxshi navlaridir.
Maymunjon issiqsevar o„simlik bo„lganligi sababli janubiy rayonlar
va Povoljeda o„sadi. Mevasi qora rangli bo„lib, unda 3% dan 4% gacha
qand, 2% dan ortiq organik kislotalar, oshlovchi va pektin moddalar bor.
Maymunjon tabiiyligicha, murabbo, sharbat, likyor-aroq mahsulotlari
tayyorlashda ham ishlatiladi. Maymunjonning madaniy navlaridan I. V.
Michurin etishtirgan Texas navi ma‟lum. Uning mevasi juda yirik, to„q
qizil, cho„ziqroq konussimon shaklli, sersuv, nordon ta‟mli. Qayta ishlab
va tabiiyligicha ham iste‟mol qilaverish mumkin. Rezavor mevalarning
(uzumdan tashqari) sifatiga quyidagi talablar qo„yiladi: yirik-maydaligi,
shakli va rangi, bir xil, yangi toza, zaxa emagan va kasallanmagan bo„lishi
shart. Yaxshi pishmagan va o„ta pishib ketgan, ezilgan, shakli va rangi har
xil bo„lgan mevalar standart bo„yicha tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |