Yong‘oq mevalar. Yong„oq mevalar guruhiga yong„oq, o„rmon va
kedr yong„oqlari, funduk, bodom, pista, er yong„oq va kashtan kiradi.
Mevalardan farqli o„laroq, yong„oqning po„chog„i qalin, oqsil (10-25%) va
yog„ (30-70%) ko„p bo„ladi. yong„oq mag„zi shirin va o„ta to„yimlidir.
yong„oq
O„rta Osiyo, Kavkaz, Qrim va Moldaviyada o„sadi. 1 kg
yong„oqning kaloriyaliligi 8500 kkal Uning mag„zi bevosita ovqatga
ishlatiladi, konfetlarning ustiga sepiladi, shuningdek, xolva, karamel
nachinkasi va turli sharq shirinliklari tayyorlashda ham ishlatiladi. Xom
yong„oqdan (po„chog„i hosil bo„lmasdan) murabbo qaynatiladi.
Yong„oq sentyabr - oqtyabr oylarida pishadi. Bu davrda uning
76
tashqi qobig„i tusha boshlaydi. yong„oqning shakli, po„chog„ining
kattaligi
va qalinligi faqat o„simlikning turiga emas, balki ob-havo sharoitiga ham
bog„liq. Masalan, qurg„oqchilik yillarida yong„oq, odatda, mayda bo„ladi.
yong„oq mevasi yirik, o„rta yoki mayda, qalin yoki yupqa puchoqli
bo„ladi. Yirik va po„chog„i yupqa yong„oq eng yaxshi hisoblanadi, chunki
uning mag„zi barakali bo„ladi. yong„oq
mag„zi oqish-sariq, jigar rang yoki
qoramtir po„st bilan qoplangan bo„ladi. Po„sti oqish yong„oq yaxshi
sanaladi.
Yong„oq
sifatiga ko„ra, oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi, navlar
quyidagi ko„rsatkichlarga: tashqi ko„rinishi, po„chog„ining rangi va
tuzilishi; mag„zining rangi, ta‟mi va hidi; yong„oqning katta-kichikligi,
quruq po„choqli va dog„li
qobiqli yong„oqlarning bor-yo„qligi, taxir,
hasharotlar tekkan-tegmagani va puch yong„oqlar bor-yo„qligi, begona
aralashmalar qanchalik qo„shilganligiga qarab belgilanadi.
Funduk o„rmon yong„og„ining madaniy shaklidir. U Ozarbayjon,
Gruziya, Qrim va Krasnodar o„lkasida ko„p o„stiriladi. Bu yong„oq o„rmon
yong„og„iga qaraganda yirikroq, puchog„i xiyla yupqa, deyarli mag„zi
bilan to„da bo„ladi. Fundukning mag„zi yuqori kaloriyalidir. Qandolat
sanoatida va tabiiyligicha ishlatiladi. Sifatiga ko„ra funduk oliy, 1-va 2-
navlarga bo„linadi. Krimskiy funduk yoki Trapezund, Badem, Kerasund,
Kudryavchik va Abxazskiy nav funduklar keng tarqalgan.
Bodom O„rta Osiyo, Zakavkaze, Qrimda o„sadi. U ikki xil: shirin va
achchiq bo„ladi; shirin xili bevosita oziq-ovqatga va bodomli pechene, tort,
pirojniy tayyorlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bodom cho„ziqroq
yoki yalpoq shaklli, yirik va mayda, yupqa po„choqli va qalin po„choqli
bo„ladi. Uning mag„zi oq, ta‟mi yoqimli, salgina xushbo„ydir. Bodom
savdoga po„chog„i bilan va po„chog„i tozalangan holda chiqariladi.
Sifatiga ko„ra bodom 1-va 2-navlarga bo„linadi. Achchiq bodom ovqatga
ishlatilmaydi, chunki unda zaharlovchi modda - omigdamin bor. Undan
attorlik va ximiya sanoatida foydalaniladi.
Pista yovvoyi holda O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Qrim va
Moldaviyada o„sadi. Ozarbayjonda ham bir oz o„stirilmoqda. Pistaning
qattiq, ikki pallali po„chog„i bo„lib, ichiga yashil-binafsha rang shirin
77
ta‟mli mag„zi joylashgan. Yaxshi pishgan pistaning po„chog„i zehidan
yorilib, mag„zining bir uchi ochiladi. Pishgan-u ochilmagan xillari ham
bo„ladi, bu xili sifatli hisoblanmaydi, chunki uning mag„zini ajratish qiyin.
Pista mag„zi qandolat sanoati va kolbasa ishlab chiqarishda ko„p
ishlatiladi. Sara pista yirik, toza, hasharot tegmagan sal achchiq po„choqli
bo„ladi.
Araxis (er yong„oq) O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Ukraina,
Uzoq sharqda o„stiriladi. yong„oq
tuproq ostida pishib etiladi, keyin kavlab
olinadi, yuviladi va quritiladi. Er yong„oq mevasi burchoq (dukkak) dan
iborat bo„lib, bir yoki bir necha bog„lamli, bittadan to„rttagacha urug„i
bo„ladi. Mevaning qobig„i mo„rt, sariq rangli, sirti to„rsimon, doni oson
ajraladigan jigarrang qobiq bilan qoplangan bo„ladi. Er yong„oqda 27-28%
azot, 44-45% yog„ va boshqa qimmatli moddalar bor. Qovrilgan er
yong„oq iste‟mol qilinadi, shuningdek, yog„, xolva va ba‟zi bir qandolat
mahsulotlari (tort, pirojniy) tayyorlashda foydalaniladi. Er yong„oq
navlarga ajratilmaydi.
Kedr yong‗og‗i - kedr bujurining urug„i (yong„oqchasi)dir. Sibir,
Uzoq sharq va Uralda ko„plab tayyorlanadi. Mag„zida yog„ ko„p (62-
63%), oqsil ham (16-18%), u xomligicha, ovqat yog„i va texnika moyi
hamda o„simlik suti ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Mevalar quruq, toza va hidsiz yashik, g„alvir va savatlarga
joylanadi. Uzoq saqlashga mo„ljallangan mevalar pomologik va tovarlik
navlari hamda yirik-maydaligi va pishib etilish darajasiga qarab, navlarga
ajratilgan bo„lishi lozim. Olma solinadigan yashikning sig„imi18-30 kg,
nokniki 8-15 kg, g„alvirning sig„imi
10 kg bo„ladi. Har turli idishga po-
mologik va tovarlik navi bir xil va bir o„lchamdagi mevalar diagonal
bo„yicha qatorlab, shaxmat tartibida yoki to„kib solinadi. Olma va nokning
yaxshi navlari ko„pincha yupqa qog„ozga o„raladi, qolgan navlar uchun
kogoz
to„shaladi, osti va ustiga yupqa qatlam qilib, yog„och qirindisi yoki
boshqa shu kabi material solinadi. Olcha va gilos 6 kg lik g„alvir yoki
savatlarga joylanadi. /alvir juft-juft qilib bog„lanadi. shaftoli sig„imi
12 kg
va o„rik sig„imi
8 kg gacha bo„lgan yog„och yashiklar va 6 kg lik g„alvirga
solinadi; yirik o„rik yashik yoki g„alvirga qator qilib teriladi.
78
Saqlanish davomida mevalarda pishib etilish, o„ziga havo singdirish
va bug„lanish jarayonlari yuz beradi. Bu jarayon qanchalik tez o„tsa, meva
shunchalik tez buziladi. Bu jarayonlar, ularning intensivligini susaytirish,
mikroorganizmlarning
rivojlanishini
sekinlatish
uchun
mevalar
saqlanadigan binodagi haroratni 0 dan 3°C gacha va havoning nisbiy
namligini 85 dan 95% gacha saqlash kerak.
Rezavor mevalarni quyosh nuri bevosita tushmaydigan salqin
binolarda 1 dan 8
0
C gacha bo„lgan haroratda saqlash maqsadga
muvofiqdir. Mevalar maxsus binolarda, muzlatgich, erto„la va yarim
erto„lalarda saqlanadi. Barcha turdagi meva saqlash binolari yaxshi
jihozlangan,
vaqtida
remont
qilingan,
yaxshilab
tozalangan,
dezinfektsiyalangan bo„lishi lozim. Ularda o„zgarmas, harorat va zarur
nisbiy namlik saqlanishi zarur. Urug„li mevalar (olma, nok, behi kabilar)
va xurmo uchun tabiiy kamayish me‟yori yil fasliga shu joyning iqlim
sharoitiga qarab, 0,5-1,2%, danakli mevalar uchun 0,7-1,3%, rezavor
mevalar (zemlyanika, malina) uchun 1,4-2,4%, ho„l va muzlatilgan
yovvoyi rezavorlar (klyukva, brusnika kabilar) uchun 0,7-0,8%
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |