A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Ildizmevalar
Ildizmevalarga 
sabzi, 
lavlagi, 
bryukva 
(sholg„omsimon  sabzavot),  sholg„om,  turp,  rediska,  petrushka,  pasternak, 
selderey  va  xrenlar  kiradi.  Ularning  yo„g„onlashgan  poyali  ildiz  qismi 
eyiladi.  Unda  o„simlik  o„ziga  ozuqa  moddalari:  anchagina  qand,  oqsil, 
mineral  moddalar,  kislota,  A,  V,  S  vitaminlari,  efir  moyi  va  boshqalarni 
to„playdi.  
Sabzi  deyarli  hamma  joyda  tarqalgan.  U  juda  to„yimli,  unda 
taxminan 5 - 8% qand, mineral moddalar, kislotalar, B
1
, B
2
, S vitaminlari 
va  ayniqsa,  karotin  ko„p.  U  tabiiyligicha  iste‟mol  qilinadi  va  sabzavot 
konservalari, sabzi suvi tayyorlashda va har xil issiq ovqatlarga ishlatiladi 
va quritiladi ham. Sabzining shakli yumaloq, tsilindrsimon, konussimon va 
dugsimon, rangiga ko„ra och sariq, sarg„ish-qo„ng„ir va qo„ng„ir (qo„ng„ir 


82 
 
rangli  ildizmevalar  eng  yaxshi  hisoblanadi,  chunki  unda  karotin  ko„p); 
sabzining  sirti  silliq  va  g„adir-budur,  o„zagining  katta-kichikligiga  ko„ra 
kichik,  o„rta  va  katta  o„zakli  bo„ladi  (kichik  o„zakli  nav  yaxshi 
hisoblanadi;  katta  o„zakli  sabzi  to„qimalari  dag„alroq,  suv  va  qandi  kam 
bo„ladi),  sabzining  eng  yaxshi  navlari:  “Karotel”,  “Geranda”  va 
boshqalardir.  
Sara  sabzi  quruq,  so„limagan,  kasallanmagan,  butun,  yorilmagan 
toza,  hasharot  tegmagan,  shakli  va  o„lchami  bir  xil,  kamida  2  sm 
uzunlikdagi  poyali  bo„lishi  lozim;  sabzining  ko„ndalang  kesimi  diametri 
2,5-6,0  sm  keladigan  bo„lishi  kerak.  Ildizmevalarning  standartda 
belgilangan  o„lchamdan  tashqari,  yorilgan,  qirqilgan,  qing„ir-qiyshiq 
shaklli,  noto„g„ri  qirqilgan  poyali  sabzilarni  ishlatishga  yo„l  qo„yiladi, 
biroq  bunday  kamchilikli  sabzi  bir  partiyada  5%  dan  oshmasligi  lozim. 
Chirigan,  dimiqqan,  yaxlagan,  begona  ta‟m  va  hidli  ildiz  mevalarni 
ishlatishga yo„l qo„yilmaydi.  
Lavlagining  uch  turi:  ovqatbop,  qand  lavlagi  va  xashaki  lavlagilar 
ekiladi.  Ovqatbop  lavlagi  karam  sho„rvaga  solinadi  va  o„zidan  lavlagi 
sho„rva qilinadi, sous, salat tayyorlanadi, konserva sanoatida ishlatiladi va 
quritiladi.  Lavlagida  o„rta  hisobda  6%  qand  bor.  Lavlagining  shakli 
yapaloq, 
yumaloq, 
yumaloq 
yassi, 
ovalsimon, 
konussimon 
va 
tsilindrsimon,  rangiga  ko„ra  to„q  qizil,  qizil,  pushti  qizil,  xalqasimonligi 
jihatidan  oq  xalqali  va  xalqasiz  (xalqasiz  navlar  eng  yaxshi  hisoblanadi, 
ular  sersuv  mayin  etli)  bo„ladi;  sirtining  xarakteri  jihatidan  silliq,  g„adir-
budur, to„r-to„r, notekis (silliq navi yaxshi hisoblanadi). Pishish muddatiga 
ko„ra  lavlagi  ertapishar,  o„rtapishar  va  kechpishar  navlarga  bo„linadi. 
Lavlagi,  ayniqsa  kechpishar  navlari,  yaxshi  saqlanadi.  Ovqatbop 
lavlagining  yaxshi  navlari  “Bordo”,  “Misr  lavlagi”  va  “Erfurt  lavlagi” 
navlaridir.  
Savdoga  tushadigan  ovqatbop  lavlagi  yangi  kavlangan,  toza, 
ifloslanmagan, 
shakli 
benuqson, 
yorilmagan, 
zaxa 
emagan 
va 
kasallanmagan,  bargi  ko„pi  bilan  2  sm  uzunlikda  qirqilgan,  turli  tusdagi 
to„q  qizil  rangli,  sersuv,  etli  bo„lishi  lozim.  Ensiz  oq  xalqali  lavlagi  ham 
savdoga chiqariladi. Ildizmevaning eng uzun ko„ndalang diametri kamida 


83 
 
5  sm  va  ko„pi  bilan  14  sm  bo„lishi  lozim.  Ildizmevaning  sal  edirilgan, 
katta-kichikligida  bir  oz  farq  bo„lishi,  bitib  ketgan  yorig„i  bo„lishi,  boshi 
noto„g„ri  kesilgan,  sal  so„ligan  bo„lishi  ham  mumkin,  ammo  bunday 
g„ubori  bor  lavlagi  og„irligiga  nisbatan  5%  dan  oshmasligi  lozim.  Loy 
yopishgan ildizmeva esa 2% dan oshmasligi lozim.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish