Tuzlangan pomidor. Pishib etilish darajasiga qarab, pomidor ham
sut mahali, nimrang, pushti va qizil, yirik-maydaligiga qarab, yirik, o„rta
va mayda xillarga ajratilib yuviladi va idishga solinib, dorivorlar (ukrop,
sarimsoq piyoz, xren va boshqalar) qo„shiladi va namakob quyiladi.
Tuzlangan pomidor sifatiga qarab, 1-va 2-navlarga bo„linadi, bunda
sabzavotning tashqi ko„rinishi va konsistentsiyasi, yirik-maydaligi va
shaklining bir xilligi, pishganlik darajasi, namakob sifati nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |